I. Fransiya-Prussiya urushi va uning yakunlari


Samarqandda qo’zg’olon ko’tarildi



Download 54,5 Kb.
bet2/2
Sana12.04.2023
Hajmi54,5 Kb.
#927430
1   2
Bog'liq
3577 Fransiya-Prussi

Samarqandda qo’zg’olon ko’tarildi. Shaxrisabz, Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li Abdumalik To’ra 27 may kuni Samarqandga qo’shin bilan etib kelib, qo’zg’olonchilar bilan birgalikda fon Kaufman tomonidan Samarqandda qoldirilgan polkovnik Nazarov va mayor Shtempel boshliq harbiy qismlar bilan qattiq jang qildilar. Jang 8 kun davom etdi. 500 kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 tasi o’ldirildi va yarador qilindi. Samarqanddagi voqealardan xabar topgan fon Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib keladi va 8 iyun kuni shaharni to’plardan yoppasiga o’qqa tutishga, aholini beomon otish, shaharni yondirishga buyruq beradi. Aholi qirg’in qilindi, masjidlar va tarixiy yodgorliklar
yondirildi, qadimiy noyob moddiy va ma’naviy obidalar Peterburgga olib ketildi.
1868 yil 23 iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga, ya’ni xorijiy mamlakatlar bilan
mustaqil aloqalar qilaolmaydigan davlatga aylantirildi. Sulhga binoan Xo’jand, O’ratepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi, amir oltin hisobida 125 ming tilla (500 ming rubl) tovon to’lash, rus savdogarlari uchun amirlikda qulay sharoit yaratish majburiyatini oldi. Bunday bosqinchilik, talonchilik sulhi aholi yuqori tabaqa vakillarining nafratini kuchaytirdi. Abdumalik, Jo’rabek va Bobobek kuchlari nafaqat bosqinchilarga, shuningdek, amir Muzaffarga qarshi ham qaratiladi. Ular Abdumalikni amir deb e’lon qiladilar. Amir Muzaffar endi bosqinchilarga emas, fon Kaufman yordamida o’z vatandoshlariga qarshi urushga kiradi va 1870 yil avgustda ularni kuch bilan bostirib, o’z taxtini saqlab qoladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari amirlik tarkibida qoladi.


II. 1. XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Bunga sabab—Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha o'z qo'shnilari bo'lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo'ldi.
Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmay qoldi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo'lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro'siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Tabiiyki, Fransiya hukmron doiralari buni also xohlamas edi.
Fransiya hukmron doiralari 1860-yildagi Buyuk Britaniya-Fransiya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlarining Fransiyaga ko'plab kiritilishi fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo'ldoshi bo'lib qolgandi. Bu hodisa ishchilarning keskin noroziligini vujudga keltirdi.
Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g'o-libona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek, Napo-leon III ning ham mavqeyini tiklagan bo'lardi. Buning uchun esa urushda g'alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslik va Germaniyaning ba'zi hududlarini bosib olish zarur edi.
Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi Germaniyada Prussiyaning hukmronligi mustahkamlashga to`siq bo`lgan Fransiyani yengish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. Tomonlarga urushni boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi.

2. Ispaniya taxtiga kimni o'tqizish masalasi urushning boshlanishi uchun bahona bo'ldi. Xo'sh, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? O'zining bir vaqtlardagj qudratini yo'qotgan Ispaniyada 1868-yilda inqilob yuz berdi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib ketishga majbur bo'ldi. Fransiya imperatorining xotini (millati Ispan edi) Izabellga taxtni qaytarib olishida yordam berishga qaror qildi.


Biroq, tez orada, Yevropaning buyuk davlatlarl o'rtasida Ispaniya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadl. Bunga Germaniyaning ham Ispaniya taxtiga o`z nomzodini qo'yishga harakat qilgani sabab bo'ldi. Fransiya hukumati Germaniyadan o'z nomzodidan voz kechishini talab etdi. Imperator Vilgelm I bunga rozi bo'Idi. Bu vaqtda u Ems shahrida (kurort shahar) davolanayotgan edi. Biroq, bu rozilik Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi, Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod ko'rsatmasiligini, hozir ko'rsatgan nomzodidan taxt da'vosidan butunlay voz kechishiga erishshini talab qildi. Imperator Fransiya elchisiga bu masala xususida Berlinga qaytgach javob qaytarishini ma'lum qildi. Urushga shoshilayotgan Prussiya kansleri Bismark esa gazetada imperator va Fransiya elchisi o'rtasidagi suhbat tafsilotini atayin buzib talqin etdi. Gazetadagi xabarga ko'ra, go'yo imperator Fransiya elchisi bilan gaplashishni xohlamagan va elchiga orqasini o'girib olgan (Bu hodisa tarixga „Ems depeshasi” nomi bilan kirgan).
Bu xabarni Fransiya o'z sha'ni uchun haqorat deb hisobladi va Germaniyadagi elchisini chaqirib oldi.
1870-yil 17-iyulda Fransiya Prussiyaga urush e'lon qildi. Shu tariqa Fransiya-Prussiya urushi boshlandi. Biroq, tez orada, Fransiya harbiy kuchlarining urushgatayyor emasligi, Fransiyaning Prussiya qudratini yetarli baholamagani ma'lum bo`lib qoldi.
Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish