V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.
VI.Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.
VII.Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism -2 m. 2.Kirish so’zi- 2 m 3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m 4.Yangi mavzu bayoni -20 m. 9.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi – 4 m. 7.Uyga vazifa – 2 m
VIII.Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
A)O’quvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash.
IX.Uy vazifasini va o’tilgan darsni umumlashtirish.
X.Yangi dars bayoni:
Biriktirish detallari deyarli barcha mashina va mexanizmlarda qo'llaniladi. Ularning ko'pchiligini aniq chizish uchun ancha vaqt va mablag' kerak bo'ladi. Shu sababli ham bu detallarni chizishda turli xil shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Buyumlarni yig'ish jarayonida, uni tashkil qiluvchi detallarni bir-biri bilan mahkamlash uchun turli ko'rinishdagi biriktirish usullari qo'llaniladi. Ular, umuman olganda, ajraladigan va ajralmaydigan birikma turlariga bo'linadi.
Agar birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilmasa, u holda bunday birikma ajraladigan birikma deyiladi. Ularga boltli, shpilkali, vintli, shtiftli, shponkali, shplintli, shlitsali (tishli) birikmalar kiradi.
Birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilsa, ular ajralmaydigan birikmalar deyiladi. Ularga parchin mixli, payvand chokli, kavsharlangan, tikish, yelimlash va boshqa birikmalar kiradi.
23.1-chizmada suvo'lchagich kamerasining yaqqol tasviri berilgan bo'lib, unda detallarni biriktirish usullarining deyarli barchasi ko'rsatilgan:
a — boltli birikma buyum korpusiga qopqog'ini mahkamlashda eng ko'p qo'llaniladigan birikma. Korpus va qopqoqning quloqlari teshiklaridan bolt o'tkazilib, unga shayba kiydiriladi va gayka bilan burab qotiriladi;
b — shpilkali birikma korpus tanasida boltga moijallangan quloq bo'lmagan taqdirda tatbiq qilinadi. Shpilka uchun korpusda rezbali teshik ochiladi va unga shpilka burab kiritiladi. Shayba tushiriladi va gayka bilan qotiriladi;
c — vintli birikma uncha katta bo'lmagan detallarni o'zaro mahkamlashda turli ko'rinishdagi vintlardan foydalaniladi. Vintlar uchun rezbali teshiklar ochiladi va qopqoq qo'yib teshiklari orqali vintlar burab kiritiladi hamda qotiriladi;
d — payvand chokli birikma ikkita detalni bir-biri bilan ajralmaydigan qilib biriktirishda ishlatiladi;
b — shtiftli birikma vtulkani valga biriktirishda qo'llaniladi. Shtift turiga qarab val va vtulkada teshik ochiladi, so'ngra unga shtift bosim ostida qoqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |