Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantirib, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intila oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: Mehnat qonunchiligida o‘z haq huquqlarini biladi, jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘la oladi.
IV.Darsning turi.
О‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.
VI.Darsda foydalaniladigan jihozlar: Kо‘rgazmali qurollar va plakatlar.
VII.Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism -2 m. 2.Kirish sо‘zi- 2 m 3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m 4.Yangi mavzu bayoni -20 m. 9.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi – 4 m. 7.Uyga vazifa – 2 m
Do'stlaringiz bilan baham: |