Mahalliy qirqim. Detallarning ba’zi bir joylarida teshik, chuqurcha va o‘yiqlar uchraydi. Ularning shaklini ko‘rsatishda mahalliy qirqimlardan foydalaniladi. 9.2- chizmada gayka kalitining olti yoqli prizmatik teshigini ochib ko‘rsatish uchun mahalliy qirqim qo‘llanilgan. Mahalliy qirqim hosil qilish uchun teshikning simmetriya o‘qi bo‘yicha kesuvchi tekislik o‘tkaziladi. Teshikdan biroz o‘tgandan keyin detaining qirqilgan qismi fikran sindirib olinadi. Detal ko'rinishida bu kesuvchi tekislik fikran o‘tkaziladi. Mahalliy qirqim chegarasi ingichka toiqinsimon chiziqda ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |