3-sinf
Ona tili
I chorak I variant
1. Nutq nimalardan tuzilgan?
a) so`zlardan b) gaplardan d) bo`g`inlardan
2. Matn nima?
a) Kim? Nima? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar b) gaplar orqali bildirilgan fikr d) bir necha alohida gaplar
3. Tartib berilgan gaplar nima deb ataladi?
a) tovushlar b) harf birikmasi d) alifbo
4. Nuqta o`rniga qanday harf qo`yiladi? Obo..
a) t b) d d) harf qo`yilmaydi
5. Darak gap oxiriga qaysi tinish belgisi qo`yiladi?
a) nuqta b) so`roq belgisi d) undov belgisi
6. Nuqtalar o`rniga qaysi so`z qo`yiladi? Kuz … oyidan boshlanadi.
a) sentabr b) avgust d) noyabr
7. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gap qanday gap deyiladi?
a) undov gap b) darak gap d) so`roq gap
8. Ozbek tilida nechta unli harf bor?
a) 10 ta b) 6 ta d) 8 ta
9. Qaysi so`zda harf tushib qolgan?
a) tilla b) yeti d) achchiq
10. 1-oktabr qanday kun?
a) Mustaqillik kuni b) hosil bayrami d) o`qituvchilar va murabiylar kuni
3-sinf
Ona tili
I chorak II variant
1. Gap nimalardan tuziladi?
a) so`zlardan b) gaplardan d) bo`g`inlardan
2. Matn nima?
a) mazmun jihatdan o`zaro bog`langan gaplar
b) Kim? Nima? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar
d) nutqning yozma shakli
3. Tartib bilan berilgan harflar nima deb ataladi?
a) tovushlar b) alifbo d) haf birikmasi
4. Nuqtalar o`rniga qanday harf qo`yiladi? Ozo….
a) t b) s d) d
5. So`roq gap oxirida qaysi tinish elgisi qo`yiladi?
a) nuqta b) so`roq d) undov belgisi
6. Nuqtalar o`rniga qaysi so`z qo`yiladi? Qish……oyidan boshlanadi.
a) sentabr b) dekabr d) yanvar
7. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gap qanday gap deyiladi?
a) undov gap b) darak gap d) so`roq gap
8. O`zbek tilida nehta unli harf bor?
a) 10 ta b) 8 ta d) 6 ta
9. Qaysi so`zda harf tushib qolgan?
a) ara b) achchiq d) arqon
10. 1-sentabr qanday kun?
a) Mustaqillik kuni b) hosil bayrami d) Xotira kuni
3-sinf
Ona tili
II chorak I variant
1. Gapning bosh bo`laklari qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
a) Kim? Nima? Nima qiladi? Nima qilyapti? b) qanday? Qanaqa? d) kimni? Nimani? Kimga? Nimaga?
2. “Ulkan daraxtlar qattiq silkindi” gapidagi qattiq so`zi qaysi gap bo`lagi?
a) ega b) kesim d) ikkinchi darajali bo`lak
3. Gapda so`zlarning bog`lanishi qanday aniqlanadi?
a) qo`shimchalarning qo`llanilishiga qarab b) so`roqlar yordamida
d) ohangiga qarab
4. Nay ovozi mayin yangradi. Gapdagi mayin so`zi qaysi so`zga bog`lanib kelyapti?
a) nay b) ovozi d) yangradi
5. … kuy odamni allalaydi. Gapdagi nuqtalar o`rniga qaysi so`z qo`yiladi?
a) yoqimli b) sho`x d) quvnoq
6. Gapning ikkinchi darajali bo`laklari tagiga qanday chiziq chiziladi?
a) bir chiziq b) to`lqinli chiziq d) ikki chiziq
7. O`zakdosh so`zlar qatorini aniqlang.
a) arqon, armon, azon b) yo`lbars, yo`tal, yomg`ir d) boshla, boshsiz, boshga
8. Topishmoqning javobini toping. Gulsiz bo`lar mevasi, shirin-shakar donasi.
a) anjir b) olma d) shaftoli
9. “Onam bahor …ipak qurti boqadi” gapidagi nuqtalar o`rniga qaysi qo`shimchalar qo`yiladi?
a) -da b) -ga d) ning
10. Topishmoqning javobini toping. Qo`lsiz, oyoqsiz uy poylar.
a) it b) shamol d) qulf
3-sinf
Ona tili
II chorak II variant
1. Gapning bosh bo`laklari nima?
a) ega, kesim b) kesim, ikkinchi darajali bo`laklar d) ega, ikkinchi darajali bo`laklar
2. Quyosh zarrin nurini sochdi. Gapdagi zarrin so`zi qaysi so`zga bog`langan?
a) sochdi b) nurini d) quyosh
3. Gapda so`zlarning bog`lanishi qanday aniqlanadi?
a) so`roqlar yordamida b) qo`shimchalarning qo`llanilishiga qarab
d) ohangiga qarab
4. Bog`da shirin olmalar pishdi. Gapdagi gapning bosh bo`laklari qaysilar?
a) shirin olmalar b) olmalar pishdi d) bog`da pishdi
5. O`zakdosh so`zlar qatorini belgilang.
a) tuz, izla, qor b) olma, orom, ochiq d) sinf, sinfdosh, sinfli
6. “…..ming yashar” gapidagi nuqtalar o`rniga qaysi so`z qo`yiladi?
a) ilmli b) ilmsiz d) dono
7. Gapning ikkinchi darajali bo`laklari tagiga qanday chiziq chiziladi?
a) ikki chiziq b) bir chiziq d) to`lqinli
8. Topishmoqning javobini toping. Oqib kelar shildirab, oynadayin yaltirab.
a) suv b) muz d) qor
9. “Bolalar yozda… dam oladilar”. Nuqtalar o`rniga kerakli so`zni qo`ying.
a) oromgohda b) ko`chada d) maktabda
10. Ot qanday savollarga javob bo`ladi?
a) Nima? Qachon? b) Kim? Nima? d) Nima qildi?
3-sinf
Ona tili
III chorak I variant
1. Qaysi so`z ko`plikda berilgan?
a) oftob b) o`qituvchilar d) bulbul
2. Birlikdagi otlar qanday qo`shimcha oladi?
a) -lar b) -on d) –qo`shimcha olmaydi
3. Qaysi so`zda ot yasovchi qo`shimchasi bor?
a) qancha b) beshinchi d) ishchi
4. Bino…. Nuqtalar o`rniga qaysi qo`shimcha qo`yiladi?
a) -zor b) -kor d) -loq
5. Sifat deb nimaga aytiladi?
a) predmetni bildirgan so`z b) belgini bildirgan so`z d) sanoqni bildirgan so`z
6. Topishmoqning javobini toping. Ikki aka-uka yashaydi, bir-birini ko`rmaydi.
a) ko`z b) qosh d) burun
7. “Yigit kishiga …. hunar oz”. Nuqtalar o`rniga kerakli so`zni qo`ying.
a) yetmish b) qirq d) ellik
8. Belgini bildirgan so`z qatorini toping.
a) chiroyli, nafis b) go`zal, ikki, besh d) tiniq, ishchi
9. Sanoq sonni toping.
a) olti, yetti b) beshinchi, sakkizinchi d) uchinchi, oltita
10. Topishmoqning javobini toping. Dum-damaloq, jajji oy, chaqib yesang g`ij-g`ij moy.
a) archa b) yong`oq d) tuxum
3-sinf
Ona tili
III chorak II variant
1. Qaysi so`z birlikda berilgan?
a) oftob b) gullar d) do`stlar
2. Ko`plikdagi otlar qanday qo`shimchalar oladi?
a) -ning b) -lar d) -ga
3. O`t ….Nuqtalar o`rniga qaysi qo`shimcha qo`yiladi?
a) -loq b) -zor d) -kor
4. Fe`l deb nimaga aytiladi?
a) belgini bildirgan so`zlar b) sanoqni bildirgan so`zlar
d) harakatni bildirgan so`zlar
5. Yer haydasang ….hayda, … haydamasang yuz hayda. Nuqtalar o`rniga kerakli so`zni qo`ying.
a) yoz b) qish d) kuz
6. Belgini bildirgan so`zlar qatorini toping.
a) chiroyli, mazali b) shirin, bog` d) nozik, olma
7. Tartib sonni toping.
a) yettinchi b) uchta d) sakkiz
8. Ikkinchi darajali bo`laklar tagiga qanday chiziq chiziladi?
a) bir chiziq b) to`lqinli d) ikki chiziq
9. Uch bo`g`inli so`zlar qatorini toping.
a) arava, bino b) archazor, tikonli d) kon, mashinist
10. Topishmoqning javobini toping. Yerda asta unadi, ilk bahorda kuladi.
a) boychechak b) lola d) atirgul
3-sinf
Ona tili
IV chorak I variant
1. O`zak deb nimaga aytiladi?
a) ma`noli so`zlarning o`zgarmas qismi
b) bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan so`zlar qismi
d) bir-biriga o`zakdosh sozlar
2. Gapning bosh bo`laklari qaysilar?
a) ega b) kesim d) ega va kesim
3. O`zakdosh so`zlar qatorini toping.
a) sirli, ma`zali, ma`noli b) do`st, do`stlik, do`stona d) binokor, shifokor, dutorchi
4. O`rganilgan so`z turkumlari nechta?
a) 4 ta b) 3 ta d) 5 ta
5. Sifatlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
a) Kim? Nima? b) Nechta, Qaysi? d) Qanday? Qanaqa?
6. “Traktor haydashga qiziqib qoldim”. Traktor so`zi qaysi so`z turkumiga kiradi?
a) son b) ot d) fe`l
7. Berilgan qoidani to`ldiring. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlar….deyiladi.
a) ot b) sifat d) fe`l
8. Fe`l qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
a) Kim? b) Qancha? d) Nima qildi?
9. Fe`l yasovchi qo`shimchalarni toping.
a) –ning, -ni b) –la, -illa d) –li, -zor, -chi
10. Chizmaga mos gap tanlang. ˜˜˜˜˜˜˜˜˜˜˜˜
a) Mayin shamol esdi. b) Bolalar teatrga bordilar. d) Biz soyda cho`mildik.
3-sinf
Ona tili
IV chorak II variant
1. O`zak deb nimaga aytiladi?
a) bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan so`zlar
b) bir-biriga o`zakdosh bo`lgan so`zlar
d) ma`noli so`zlarning o`zgarmas qismi
2. Gapning bosh bo`laklari qaysilar?
a) ega va kesim b) kesim d) ega
3. O`zakdosh so`zlar qatorini toping.
a) yo`l, yo`lchi, yo`ldosh b) vatandosh, sinfdosh, sirdosh d) ma`zali, nordon, boshsiz
4. O`rganilgan so`z turkumlari nechta?
a) 3 ta b) 4 ta d) 5 ta
5. Sifatlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
a) Kim? Nima? b) Qanday? Qanaqa? d) Nechta? Qancha?
6. Men uchinchi sinfda o`qiyman. Uchinchi so`zi qaysi so`z turkumiga kiradi?
a) ot b) fe`l d) son
7. Berilgan qoidani to`ldiring. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlar …. deyiladi.
a) ot b) sifat d) son
8. Fe`l qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
a) Nima qildi? b) Kim? d) Nima?
9. Chizmaga mos gap tanlang. ˜˜˜˜˜˜˜˜˜˜˜˜
a) Oquvchilar sinfga kirdilar. b) Kuchli shamol qo`zg`aldi.
d) Osmonni qora bulut qopladi.
10. Topishmoqning javobini toping. Yorug` kunni boshlaydi, undan borliq yashnaydi.
a) sham b) lampochka d) quyosh
Do'stlaringiz bilan baham: |