6 mavzu Vizantiya: G‘arb va Sharq orasida
#Vasilevsga davlat amaldorlaridan tashqari qaysi muassasalar bo’ysungan?
A)Moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig’i
B)Mahalliy hokimlar va ruhoniylar C)Yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari +D)Sud, harbiy va soliq muassasalari, senat
#.Vizantiya hayotida ellinlik mustahkam o’rin olganligini ko’rsatadigan jihatlarini qayd eting.
1)Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, mimlar
chiqishlarini tomosha qilganlar
2)Shahar aholisi ilgarigidek ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan
3)Shahar aholisi jamoa hammomlariga borib turishgan
4)Vizantiya antic davr ilmini saqlab qolgan
5)Aholi shaxsan ozod kishilar hisoblansada, Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar
6)Maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o’rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi
A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,2,3,4 +D)1,2,3,4,5,6
#.Yustinian I qanday tadbirlarni amalga oshiradi?
+A)Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkinligini ta’minlaydi
B)U butun xristian dunyosi hukmdori sanalishini ta’minlashi natijasida boshqa xristian davlatlari hukmdorlari uzoq payt o’zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblashgan
C)Imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat xazinasini to’ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi
D)Vizantiyaliklar hayotida ellinlik hayot mustahkam o’rin olishini ta’minlaydi
#.Yustinian I ning maqsadi nima edi?
A)Xristian davlatlari hukmdorlari o’zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblash
B)Vizantiya imperatori saroyi o’zining boyligi, hashami va tantanavorligi bilan ajralib turish
C)Xalqaro savdoni jonlantirish +D)Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash*
#.Sharqiy Rim imperiyasi poytaxti qaysi shahar edi?
A)Aleksandriya B)Antioxiya +C)Konstantinopol D)Edessa
#.Sharqiy Rim imperiyasida qaysi til lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi?
A)Ingliz tili B)Slavyan tili C)Fransuz tili +D)Yunon tili
#.Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini qaysi nom bilan atashgan?
+A)Yunonlar B)Slavyanlar C)Varvarlar D)Germanlar
#.Sharqiy Rim imperiyasi fuqarolari o’zlarini va davlatlarini qanday nom bilan atashgan?
A)Ellinlar va Ellada +B)Rimliklar va Rim imperiyasi C)Yunonlar va Muqaddas Rim imperiyasi
D)Germanlar va Yangi Rim imperiyasi
#. VI asrda Sharqiy Rim imperiyasida qaysi shaharlar yirik savdo va hunarmandchilik markazlari
sifatida gullab –yashnagan?
A)Varna, Kosovo, Konstantinopol B)Mansikert, Edessa va Tripoli
+C)Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa D)Ko’nyo, Suvas, Qaysariya
#.Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog’laydigan “Oltin ko’prik”ka aylanadi?
A)Edessa B)Aleksandriya C)Antioxiya +D)Konstantinopol
#.Vizantiyaning qaysi oltin puli eng ishochli xalqaro pul hisoblangan?
+A)Numisma B)Dirham C)Dinor D)Zlata
#.Vizantiya imperiyasini kim boshqargan?
A)Qirol B)Sinklit C)Markgraf +D)Vasilevs
#.Yunoncha “podsho” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A)Qirol B)Sinklit C)Markgraf +D)Vasilevs
#.Vizantiyada imperatorning maslahat organiga aylangan lotincha “senat” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A)Congress +B)Sinklit C)Parlament D)Konung
#.Vizantiyada amaldor va senatorlar kimlardan iborat bo’lgan?
A)Zodagonlarning oliy vakillaridan B)Harbiy yo’lboshchilardan, zodagonlarning oliy vakillaridan
C)Eng boy, obro’-etiborli kishilardan +D)Zodagonlar, iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari
#.Mimlar kimlar bo’lgan?
A)Feodal yerida ishlovchilar B)O’rta maktablar C)Zodagonlarning oliy vakili +D)Aktyorlar
#.Vizantiya imperiyasi o’z qudrati cho’qqisiga kimning imperatorligi davrida erishadi?
+A)Yustinian I B)Yustin C)Feodesiy D)Konstantin I
#.527-565-yillarda Vizantiya imperiyasida kim hukmronlik qilgan?
+A)Yustinian I B)Yustin C)Feodesiy D)Konstantin I
#.Yustinian I qanday oilada tug’ilgan?
A)Zodagon B)Harbiy yo’lboshchi +C)Kambag’al dehqon D)Feodal
Do'stlaringiz bilan baham: |