MAHORAT KO`CHASI.
Bu yerda har bir guruh huquqiy mavzudagi she’r, qo‘shiq ijro etib berishlari kerak (mazkur Shartda axloqiy mavzudagi, xususan, adolat, haqiqat, odillik, vatanparvarlik, insonparvarlik, diyonat, vijdon kabi tuyg‘ular haqidagi badiiy asar namunalaridan ham foydalanish mumkin).
Rolli o‘yinlar asosida tashkil etilgan bellashuvlar tahsil oluvchilarda nazariy huquqiy bilimlarni puxta egallash, huquqiy faoliyatni tashkil etish ehtiyojining yuzaga kelishiga turtki beradi.
Demak, o‘yin texnologiyalarining shakllari turlichadir. Biroq, ularning barchasi o‘z mazmuniga ko‘ra yagona maqsad sari yo‘naltiriladi. YA’ni, ular tahsil oluvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, egallangan nazariy bilimlaridan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash, ijtimoiy faollikni shakllantirish, etuk axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, teran va sog‘lom fikr, keng dunyoqarash egasi bo‘lgan komil shaxsni kamol topishiga xizmat qiladi.
O`yin o’ynagan vaqtimizda biz ba`zi bir funktsiyalarni bajaramiz:
-ko`ngil ko`tariladi (qiziquvchanglikni uyg`otadi);
-kommunikativlik munosabatning dialektikasini o`zlashtiradi;
- o`yinli, terapevtik, xar xil qiyinchiliklarni yengadi;
- o`yin jarayonida xulk-atvorini o`zgartiradi;
- millatlararo kommunikatsiya: xamma insonlar birgalikda ijtimoiy
madaniyat qadriyatlarini o`zlashtiradi.
Pedagogic o`yinlarning funksiyalari va klassifikatsiyasi
O‘yin texnologiyalari ta’lim jarayonida talabalarni kasbiy faoliyatga keng qamrovda tayyorlash imkonini beradi. O‘yin texnologiyalari asosini talabalarning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlar, voqea-hodisalar tashkil qiladi.
O‘yin texnologiyalari muayyan fanning katta bir bo‘limi o‘rganilgandan keyin talabalarning bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida qo‘llaniladi. Ushbu texnologiya darsning maqsad va vazifalari, mutaxassislik mazmunidan kelib chiqqan holda faoliyatga tatbiq qilinadi. Bunday mashg‘ulotlarda talabalarda ta’limga nisbatan kuchli motivatsiya yuzaga keladi, ular faolligi ta’minlanadi. Ssenariy bo‘yicha rollarni ijro qilish davomida ular nazariy mashg‘ulotlar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalaridan foydalangan holda kasbiy soha bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga harakat qiladilar, o‘zlarining tayyorgarlik darajalarini, imkoniyatlarini baholaydilar.
Boshqaruvchanlik o‘yinlari talabalarda kasbiy faoliyatni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish, muvofiqlashtirish, nazorat va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ularda liderlik, qat’iyyatlilik, mas’uliyatlilik, tashkilotchilik, ishbilarmonlik sifatlarini tarbiyalaydi.
Tadqiqotchilik o‘yinlari orqali talabalar nazariyalar, qoidalar, konsepsiyalar mazmunini amaliy jihatdan mustahkam o‘rganadilar, ularda nazariy ma’lumotlarga nisbatan shaxsiy fikr, xulosalar tarkib topadi. Ilmiy konsepsiyalarning asosligini tekshirish maqsadida ular tadqiqot ishlarini olib boradilar, fikrlarini shakllantiradilar. Talablarda ilmiy tafakkur rivojlanadi.
Talabalar ta’lim jarayonida o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmlarini real hayot voqea-hodisalarini modellashtirish orqali puxta egallaydilar, rollarni ijro qilish davomida o‘zlarining imkoniyatlarini sinab ko‘radilar, o‘zlariga baho beradilar, kasbiy shakllanishdagi kamchiliklarni aniqlaydilar. Bir so‘z bilan ifodalaganda talabalar o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini bilib oladilar.
O‘yin texnologiyalari talabalarni faollashtiradi. Talabalar bilimlarni faoliyat negizida o‘zlashtiradilar. Hatto sust o‘zlashtiruvchi talaba ham o‘zini namoyon qilishga ehtiyoj sezadi. Talabalar o‘yinda ishtirok qilish davomida o‘zlarining ilmiy-amaliy tayyorgarliklariga asoslanib xulosalar chiqaradilar, ma’naviy-intellektual va kasbiy rivojlanish darajalarini namoyon qiladilar.
Talabalarda xulq-atvor me’yorlari tarkib topadi. Ular ssenariy bo‘yicha rollarni ijro qilishlari davomida o‘zlarining shaxsiy mazmundagi ma’naviy, emotsional, xulqiy, ijtimoiy tajribalariga tayanadalar. Bu o‘z navbatida boshqa talabalar tomonidan baholanadi. Ma’lum ma’noda talabalar ijtimoiy-kasbiy sohada faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilish to‘g‘risida shaxsiy fikr va xulosalarni bildiradilar.
O’yin o`ynagan vaqtimizda biz ba`zi bir FUNKTSIYALARNI bajaramiz:
-ko`ngil ko`tariladi (qiziquvchanglikni uyg’otadi);
-kommunikativlik munosabatning dialektikasini o`zlashtiradi;
- o`yinli, terapevtik, xar xil kiyinchiliklarni yengadi;
- o`yin jarayonida xulk-atvorini o`zgartiradi;
- millatlararo kommunikatsiya: xamma insonlar birgalikda ijtimoiy
madaniyat qadriyatlarini o`zlashtiradi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular:
didaktik,
tarbiyaviy,
faoliyatni rivojlantiruvchi
ijtimoiylashuv maqsadlarda ko’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |