5610301 – Turizm (Xalqaro va ichki turizm) mutaxassisligi
I bosqich magistranti Gulinoz Ruziyevaning
“Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fanidan
“O`yin tuzilmasi, pedagogik o`yinlar klassifikatsiyasi” mavzusidagi
Pedagogik o`yinlarning funksiyalari va klassifikatsiyasi
Didaktik o`yinlar texnologiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari bevosita uzluksiz ta`lim tizimi bilan bog`liq. “Ta`lim to’g`risida”gi qonuni asosida yangi turdagi – o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi shakllantirildi. Hozirgi paytda yuqori malakali va madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlash bo’yicha muhim ahamiyatga ega molik ishlar olib borilmoqda.
Zamonaviy ta`lim sharoitida bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlari ham shakllanishi kerak. Bo’lajak mutaxassislarda ushbu xususiyatlarni shakllantirishda ta`lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o’quv biluv faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bugungi kunda ta`lim oluvchilarining o’quv-bilish faoliyatlarini ta`minlovchi va rivojlantiruvchi faol ta`lim metodlarini o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ta`lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy yondoshgan holda muammolarni yyechimini izlash, topish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faol ta`lim metodlaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Respublikamizda bugungi kunda ta`lim tizimiga berilayotgan katta e`tabor bevosita ham ta`lim beruvchi, ham ta`lim oluvchilar bo`yniga katta mas`uliyat yuklamoqda. Buning samarasi o`laroq, pedagogik olim, amaliyotchilari va metodistlari tomonidan ilmiy asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalari va faol metodlarni ta`lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, fanlarni o’qitishda ta`lim oluvchilar o’quv biluv faoliyatini faolligini ta`minlash bo’yicha seminarlar, ilmiy –amaliy anjumanlar o’tkazilsh masalalariga chuqur yondashgan holda ta`lim – tarbiya tizimini shakllantirish eng oily maqsadimizga aylanmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, faqat o`z kuch va salohiyatiga tayanib, o`zligini anglab, boshini baland ko`taradigan xalqni dunyo ahli hurmat qiladi. Bunday martabaga erishish uchun esa, bizdan katta kuch, mehnat va izlanish talab qilinadi. Shunday ekan o`z oldimizga yuksak maqsadlarni qo`yib ular sari odimlashda davom etaylik.