I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lash



Download 0,89 Mb.
bet74/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

163-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish normasidan ortiq bo‘lsa, ortiq qismiga nisbatan bojxona to‘lovlari to‘lanadi.
(163-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona to‘lovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish normasi qo‘llanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno.
Bojxona to‘lovlari notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va to‘ldirilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona to‘lovlarini to‘lagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlarga bojxona kirim orderini to‘ldirish va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
164-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymati
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarning qiymati ularni deklaratsiyalashda ma’lum qilinadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, ma’lum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shaxs tomonidan ma’lum qilingan tovarlarning bojxona qiymati to‘g‘ri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin.
Tovarlar bojxona hududiga alohida kelayotgan bagajda olib kirilgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborilgan taqdirda ularning bojxona qiymatiga tovarlarni aeroportgacha, daryo portigacha yoki tovarlar bojxona hududiga olib kiriladigan boshqa joygacha yetkazib berish xarajatlari qo‘shiladi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish