-modda. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish
160-modda. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida o‘zlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini xorijiy davlatda vaqtincha bo‘lish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi.
Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash ularni bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan bo‘lsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxsining so‘roviga ko‘ra identifikatsiyalashi mumkin.
161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi Temir yo‘l transportida bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarga bojxona nazorati qoidalariga rioya etish sharti bilan, transport vositasidan chiqmagan holda bojxona operatsiyalaridan o‘tish imkoniyati beriladi.
Jismoniy shaxs tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlarda olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan tovarlarga bojxona maqsadlarida tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoki eksport bojxona rejimida olib chiqilgan deb qaraladi.
162-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalash Jismoniy shaxslar qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib o‘tayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan ular bojxona chegarasi orqali o‘tayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib o‘tilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishi mumkin.
Ikki yo‘lakli tizimning qo‘llanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakning bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang. “Yashil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar og‘zaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno.
(162-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi bojxona maqsadlari uchun ushbu shaxsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga ma’lum qilish deb qaraladi.
“Qizil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang. “Yashil” yo‘lakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qo‘llanilmasligi jismoniy shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini anglatmaydi.
(162-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bojxona chegarasidan o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishining talablari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlari ularni olib o‘tayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga ma’lum qilinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida bo‘ladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-onasi, vasiylari yoki homiylari tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak.
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda (bundan pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno) ushbu Kodeksda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi.