I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash



Download 0,89 Mb.
bet53/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

120-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash
Bojxona tranziti bojxona rejimi olib kirilgan tovarni bojxona hududidan olib chiqish bilan yoki O‘zbekiston tovarini bojxona hududiga olib kirish bilan tugallanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarni jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha bojxona tranzitining muddati tovarlarni tashishning odatiy muddatlariga muvofiq, transportning turi va transport vositasining imkoniyatlari, yo‘nalishi, boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda va (yoki) deklarantning yoki, agar tashuvchi bojxona tranziti bojxona rejimi deklaranti sifatida ish yuritmagan bo‘lsa, tashuvchining arizasidan kelib chiqqan holda, shuningdek haydovchining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq mehnat qilish hamda dam olish rejimi talablari inobatga olingan holda, jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat bojxona tranzitining eng ko‘p muddatidan oshmasligi kerak.
(120-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona tranziti bojxona rejimining eng ko‘p muddati bojxona tranziti uchun xabarnoma berilgan kundan e’tiboran belgilanadigan quyidagi hisob-kitob muddatidan oshmasligi lozim:
havo transporti uchun — uch kalendar kun;
er usti va suv transporti uchun — o‘n besh kalendar kunda bir ming kilometr.
Vakolatli shaxs tovarni va ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etishi shart.
Tovar kelib tushadigan bojxona organi bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash uchun zarur operatsiyalarni bajaradi.
Vakolatli shaxsning arizasiga ko‘ra bojxona tranziti bojxona rejimini oraliq bojxona organida quyidagi yo‘llar bilan tugallashga yo‘l qo‘yiladi:
tovarni alohida turkumlar bilan va (yoki) jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan ilgari belgilanganidan boshqa tovar kelib tushadigan bojxona organlari orqali olib chiqish yo‘li bilan. Tovarlar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda tovarning oxirgi turkumi bojxona hududidan olib chiqilganidan keyin bojxona tranziti bojxona rejimi tugallangan hisoblanadi;
ushbu Kodeksning talablari va shartlariga rioya etilgan holda tovarni boshqa bojxona rejimlariga joylashtirish yo‘li bilan.
Zarur bo‘lgan hollarda, oraliq bojxona organi vakolatli shaxsning arizasida ko‘rsatilgan muddatga muvofiq bojxona tranziti bojxona rejimini tugallashning boshqa muddatini belgilaydi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish