167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang. a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
(167-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
(167-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda bojxona ko‘rigi Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona ko‘zdan kechiruvini hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlariga bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona ko‘rigi dalolatnomasini imzolaydi.
(168-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona ko‘zdan kechiruvi yoki bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalanadi.