240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
241-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi Oldingi tahrirga qarang. Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida birinchi va apellatsiya instansiyalari sudi tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari bo‘yicha tekshiradi.
(241-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Oldingi tahrirga qarang. Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas.
(241-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 225 — 227-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. 242-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish muddatlari Birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
(242-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Oldingi tahrirga qarang.