213-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish Agar apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(213-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 61, 171, 200, 201-moddalari. 214-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
2) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
3) apellatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida ariza kelib tushgan va voz kechish apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
5) apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa;
6) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
7) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Agar apellatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar arz qilingan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatining (protestining) shu talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 171-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(214-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son) Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 38, 39, 43-moddalari, 210-moddasi birinchi qismining 6-bandi, 216-moddasi.