181-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish xususiyatlari Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish sud tomonidan hay’at tarkibida ko‘riladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish nizolashilayotgan hujjatni qabul qilgan organ vakillarining majburiy ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Sud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda uning to‘laligicha yoki muayyan qismi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatiga muvofiqligini, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatlarini hamda uning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ruyxatidan o‘tganligini tekshiradi.
(181-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 182-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalar bo‘yicha sud tomonidan qabul qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 19-bobi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha sud arizani qanoatlantirish haqida yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi, hujjatning nomi, raqami va qabul qilingan sanasi;
2) idoraviy normativ-huquqiy hujjat to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi;
3) sud xarajatlarini taqsimlash.
Sudning idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilgan hal qiluv qarori u qabul qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang. Sud tomonidan to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran qo‘llanilmaydi va ular hujjatni qabul qilgan organ tomonidan nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatiga muvofiqlashtirilishi kerak.
(182-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)