I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat (protest) qilish



Download 197,85 Kb.
bet104/113
Sana31.03.2022
Hajmi197,85 Kb.
#520863
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
Bog'liq
Ma\'muriy sud ishlarini yuritish to\'g\'risida

248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat (protest) qilish
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi kassatsiya shikoyatini bergan (protestini keltirgan) shaxsning arizasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yoki uning o‘rinbosarining kassatsiya protestiga asosan ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda qayta ko‘rilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish muddati davomida, ushbu muddat tugagan holda esa ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tkazilgan holda berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
(248-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2481-modda. Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rib chiqish
Ushbu Kodeksning 224-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 224-moddasi.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatida, ushbu muddat tugagan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeksning 244-moddasi birinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 244-moddasi.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(2481-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bob O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-662-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/662/0012-son)

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish