Asosiy tushunchalar
Jahon iqtisodiyoti
— xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali o‘zaro alo-
qada bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi.
Jahon xo‘jaligi
— bir-biri bilan harakatchan ishlab chiqarish omillari
orqali
bog‘liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi.
Jahon bozori
— xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga asos
langan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi.
Eksport
— tovarlarni xorijga olib chiqib ketishni ko‘zda tutuvchi tovarlar savdosi.
Import
— tovarlarni xorijdan olib kirishni ko‘zda tutuvchi tovarlar savdosi.
25