17 -mavzu:
|
HAR XIL TURDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARDA JAROHATLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISHNI TASHKIL ETISH.
|
Reja:
1. Tabiiy ofatlar haqida umumiy tushunchalar.
2. Yer silkinishi ofatida jabrlanganlarga BTYo ko’rsatish.
3. Ommaviy yong’in va suv toshqinlari paytida tibbiy yordamni tashkil etish.
4. Radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va qayta ishlash texnologiyasi buzulgan paytda jabrlanganlarga BTYo.
Yer silkinishi ofatida «Halokatlar tibbiy xizmati»ning hamma tarkibiy qismlarida ofatning birinchi kunidan boshlab, kun-u tun navbatchilik tashkil etiladi, tibbiyot muassasalarining xodimlari uzluksiz ish tartibiga o’tkaziladi va tibbiy xizmatlarning kuch va vositalari harakatga keltiriladi.
Yer silkinishi ro’y bergan hududda birinchi tibbiy yordam axolining o’zi tomonidan, shuningdek, shu hududdagi mavjud bo’lgan tibbiy yordam kuchlari tomonidan amalga oshiriladi. Chunki zarar ko’rgan hududlarga yordam beruvchi bunday kuchlarning kelish imkoniyati yuqori hisoblanadi.
Bulardan tashqari, zarar ko’rganlarga birinchi tibbiy yordam shu hududda tashkil etilgan mintaqaviy tez yordam ko’rsatish markazi kuchlari tomonidan ham olib boriladi. Tibbiy yordam xizmati xodimlari qutqaruvchilar, o’t o’chiruvchilar, avariya-tiklov tizimlari va fuqaro muxofazasining boshqa tizimlari bilan birgalikda buzilgan imoratlar hamda vayronalar ostida qolganlarni qidirib topish va ularga birinchi tibbiy yordam ishlarini tezkorlik bilan amalga oshirishlari kerak. Bunda odamlarni qutqarish qisqa vaqt davomida, uzog’i bilan bir kun mobaynida amalga oshirish maqsadga muvofiq, chunki ularning hayotini saqlab qolish shunchalik yengil bo’ladi.
Yarador va halok bo’lganlar ko’p bo’lgan taqdirda, ularni transport vositalariga ortish, joylarni tayyorlash, yengil talafot korganlarga transportlarga o’z kuchlari bilan borishlari uchun yo’nalish belgilari qo’yish talab etiladi. Talafot olganlar transport vositalarida eng yaqin bo’lgan tibbiyot shoxobchalariga tibbiy saralanib evakuatsiya qilinadi. Bunda albatta, favqulodda vaziyatlar shtablari va halokatlar tibbiy xizmati tizimlari talafot ko’rganlarni statsionar davolash muassasalariga tibbiy evakuatsiya qilish uchun yetarliligini ko’zda tutib transport vositalarini ajratish choralarini ko’rishlari kerak. Talafotlanganlarni tibbiy saralashda jabrlanganlarning umumiy ahvollariga qarab (tibbiy ko’rsatkichiarga qarab) tibbiy yordam ko’rsatish hajmi, turi aniqlanadi va keyingi davolash bosqichlari belgilanadi hamda ulaming har biriga saralash birkasi beriladi. Aynan shikastlanganlarni evakuatsiya qilishda tibbiy saralash birinchi shifokor yordami asosida amalga oshiriladi. Bunday tibbiy yordamni umumiy shifokorlik tayyorgarligi va jarrohlik ixtisosligi bo’lgan shifokorlar ko’rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |