Birinchi shifokor yordami - jarohatning jabrlanganlar hayotiga bevosita xavf soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat infeksiyasining yanada rivoj topishining oldini olish maqsadida shifokorlar bajaradigan davolash - muxofaza omillaridan iborat. Bunday yordamni umum shifokorlik tayyorgarligi bo’lgan va ixtisoslashgan jarroh shifokorlari koTsatadilar. Birinchi shifokor yordamini ko’rsatish vaqti jarohat olgan vaqtdan boshlab 3-6 soat hisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini hamma ixtisoslikdagi shifokorlar bilishlari kerak. Malakali tibbiy yordam - davolash muassasalarida tegishli ixtisoslikdagi shifokoriar amalga oshiradigan jarohat oqibatlarini, birinchi galda hayot uchun xavfli oqibatlami bartaraf qilish, rivojlana boshlagan salbiy oqibatlarga qarshi kurashish, jarohatlanganlarni to’iiq davolashga qaratilgan jarrohlik va terapevtik tadbirlar majmuasi. Ixtisoslashgan tibbiy yordam - ixtisoslashgan davolash muassasalarida odamning bao’zi a’zolari va tizimlaridagi buziiishiarini maksimal darajada tiklash maqsadida maxsus apparatlar va uskunalardan foydalanib. mutaxassis shifokorlar bajaradigan davolash-muxofaza tadbirlari majmuasidan iborat. Shunday qilib, «Halokatlar tibbiyoti» xizmati tizimlari ikki bosqichii tizimda faoliyat ko’rsatadi. Birinchi bosqichda - bevosita o’choqning ichida jabrlanganlarni qidirib topib. ularga birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordami ko’rsatiladi, ularni tibbiy evakuatsiya qilib, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar amaiga oshiriladi Ikkinchi bosqichda esa jarohatlanganlarga shifoxonalarda malakali. ixtisoslashgan tibbiy yordam amalga oshiriladi.Shikastlanganlarni iloji boricha ko’p qutqarishdir. Halokatlar tibbiy xizmati amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samaraii foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qism -boshqaruv tizimi - bu tizim respublika darajasida faoliyat ko’rsatib, U sog’Iiqni saqlash vaziri boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hayatdan iborat. Mahalliy darajadagi bunday hay’atlarga sog’liqni saqlash boshqarmalari va mahalliy bo’limlarning rahbarlari boshchilik qiladi. Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish boshlab to uning oqibatlari to’liq bartaraf etiiguncha faoliyat ko’rsatadilar .Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini - amaldagi tez tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bcsqichni kuchaytirishga mo’ljaliangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga moijallangan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan o’rtacha halokatlar sodir bo’lganda faoliyat ko’rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan ko’chma gospitallar ishga solinadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy yo’nalishlaridan biri axoliga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xatti-harakat qoidalarini oTgatishdan iborat.