Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O’zbekistonning ishtiroki.
Xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham dahldor masaladir. Chunki Terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan xokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun xalqaro terrorizmning xavfli 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda Qirg’izistonning Botken, O’zbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida, 2004 yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan Terrorchilik harakatlari misolida o’zini namoyon etdi.
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi xavfli ekanligidan jaxon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jaxonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma’ruzasida jaxon hamjamiyatining Afg’oniston muammosini izchil o’rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afg’oniston Terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu guruh Afg’oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy, O’zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta’sir ko’rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan adi.
Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo’lib o’tgan sammitda 2000 yilning 7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yo’rkda bo’lib o’tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo’mitasi tuzildi.
O’zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afg’onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (Xonabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi.
O’zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, xalqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko’plab xalqaro shartnomalardan xozirgaHa BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta xalqaro shartnomalarini imzoladi.
Bulardan tashqari O’zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo’lmoqda. Jumladan, O’zbekiston Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O’zbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatimizning tutgan o’rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.
2000 yildagi "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari aniq ko’rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |