I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Jarohatlanish va baxtsiz xodisa 3 turga bo’lib baxolanadi



Download 26,51 Mb.
bet32/404
Sana05.04.2022
Hajmi26,51 Mb.
#530549
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   404
Bog'liq
DARSGA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 28.01.2020-YIL

Jarohatlanish va baxtsiz xodisa 3 turga bo’lib baxolanadi
1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish.
2. Ish bilan bog’liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bog’lanmagan.
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog’lanmagan jarohatlanish.
Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi.
Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma’muriyati topshirig’i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masa­lan, ishga borib-kelish vaqtida. xizmat safari vaqtida, boshqa obvektlar-dagi faoliyatda). Birinchi va ikkinchi turdagi jarohatlanishlarga (baxtsiz xodisalarga) ishab chiqarish bilan bog’liq bo’lsa, ma’muriyat javobgar hisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo’qotilgan ish kunlari uchun haq to’lanadi. Agar jarohatlanish ishning mehnat xavfsizligi qoida va normalariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqqan bo’lsa, u xolda ishchi ma’muriyat xodimi bilan javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to’lov ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi.
Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy xolatlarda, mast bo’lishi natijasida, davlat mulkini o’g’irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi.
Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natija­sida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa, u o’tkir zaharlanish deyiladi. Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig’ilsa, u surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlarning sodir bo’lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo’l qo’yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz xodisalar har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish natijalariga qarab, kelajakda jarohatlanish, kasb kasalligini qaytarilmasligi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar ko’riladi. Tekshirish, hisobga olish ishlarini kasaba uyushma federatsiyasining nizomiga asosan sex boshlig’i texnika xavfsizligi muhandisi, jamoat inspektori va bosh muhandis ish’tirokida tuzilgan komissiya olib boradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishni tekshirish va hisobga olish» to’g’risidagi Nizomda O’zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan ayrim fuqarolar bilan mehnat faoliyatiga bog’liq xolda yuz bergan xodisalarni hamda xodimlar salomat­ligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibi belgilangan. Ushbu Nizomda ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisani va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish va hisobga olish umumiy qoidalari va tartibi ko’rsatilgan. Bir kundan kam bo’lgan ish kuni yo’qotilgan baxtsiz xodisalarda 3 kun davomida tekshirilib maxsus forma (N-l) bo’yicha 4 nushada akt tuziladi. Aktda baxtsiz xodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari aniqlangan baxtsiz xodisaning sabablari, bunday xodisalar takrorlanmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko’rilish kerakligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Aktni bosh muhandis tasdiqlaydi. Aktning bir nushasi sex boshlig’iga, ikkinchi nushasi kasaba uyushmasi qo’mitasiga, uchinchi nushasi tarmoq kasaba uyushmasi markaziy qo’mitasiga - texnik nazoratchiga, to’rtinchi nusha­si korxona mehnatni muxofaza qilish bo’limiga nazorat o’rnatish uchun beriladi. Baxtsiz xodisaning asoratlarining ketishini ham, kelib chiqishini ham hisobga olib tuzilgan aktlarni 45 yilgacha saqlash tavsiya etiladi. Tekshirishdan so’ng korxona ma’muriyati yo’l qo’yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruqni e’lon qiladi baxtsiz xodisaning kelib chiqishida aybdor kishilarning javobgarligi aniqlanadi. Agar baxtsiz xodisa ikki va undan ortiq ishchilar bilan yoki o’lim bilan tugagan bo’lsa, u xolda maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi. yuqori tashkilotning vakili, davlat nazorat organlari xodimlari va boshqalar kiradi. Tekshiruv materiallari 15 kunda tayyor bo’lishi kerak. Bunday baxtsiz xodisalar korxona kasaba uyushmasi qo’mitasida, yuqori tashkilot kasaba uyushmasi qo’mitalarida batafsil ko’rib chiqiladi.

Download 26,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish