Biologik antiseptiklar jumlasiga jaroxat infeksiyasining profilaktikasi va davosi uchun ishlatiladigan antibiotiklar kiradi.
Bog’lam va bog’lashlar to’g’risida tushuncha. Bog’lamlarning turlari. Bog’lam jaroxatni berkitib, bog’lab qo’yish uchun ishlatiladigan materialdir. Bog’lamlarni qo’yish paytida ortiqcha ogo’riq bo’lmasligiga harakat qilish zarur. Qon aylanishiga xalal bermaslik uchun bogo’larnni uncha qattiq bosmaydigan qilib (bosib turadigan maxsus bog’lam qo’yish kerak bo’ladigan xollardan boshqa paytlarda) va jaroxatdan tushib ketmasligi uchun uncha bo’sh qilmasdan qo’yiladi. Birinchi bcg’larn qo’yishdan ao’al jaroxatga ifios tekkizmasdan va shikastlangan odamga ozor bermasdan turib jaroxatni ochib, yalongo’ochlash zarur, ustki kiyim esa yechib olinadi yoki qirqib rashlanadi. Jaroxatga yopishib qolgan kiyimni uzib olish yaramaydi, uni qaychi bilan ohista kesib olish, so’ngra bog’lam qo’yish kerak. Shaxsiy bog’lovchi paket ikkita paxta-dokali yostiqcha va hintdan iborat. Teshib o’tgan jaroxatlarni bogo’lash mahalida jaroxatning kirish va chiqish teshigini berkitishga imkon beradi.
17-AMALIYOT
MAVZU: BOSH, KO’KRAK QAFASI JAROXATLARIGA KO’RSATILADIGAN
BIRINCHI TIBBIY YORDAM.
Reja:
1. Bosh va ko’krak jarohatlari haqida ma’lumot.
2. Bosh qismga steril bog’lamlar qo’yish qoidalari.
3. Ko’krak qismga steril bog’lamlar qo’yish qoidalari.
Bosh va ko’krak qismga steril bog’lamlar qo’yish qoidalari. Bosh shikastlangan paytda har xil tipdagi bint bog’larn, durracha (kosinka), steril salfetka va yopishqoq plastir bog’lab qo’yish mumkin. Boshning sochli qismi jaroxat iga «Chepets» deb ataladigan bog’lam qo’yiladi. Bu-ning uchun bintdan 1 metrcha qirqib olinib, o’rtasi jaroxatni yopib turgan steri! salfetka ustiga, bosh tepasi sohasiga qo’yiladi, uning uchlari quloqlar oldidan tik pastga tushirilib, tarang qilib tortiladi. Boshdan g’ir aylantirib ushlab turgan bint o’tkaziladi, so’ngra tugiladigan joyga yetgandan keyin bintni shu joydan qaytarib, qiyshiq xolda ensaga qarab olib boriladi. Bint ikkinchi tomonda ham tugiladigan joy atrofidan qaytarilib, qiyshiq xolda peshanaga qarab yurgiziladi. Shu tariqa bintni bir safar ensadan va bir safar peshanadan o’tkazib, har safar tikroq yurgizib borib, boshning butun sochli qismi bekitib chiqiladi. Shundan keyin bintni 2-3 marta g’ir aylantirib o’rab. mahkam bog’lab qo’yiladi. Tugunning uchlari engak tagidan kapalak nusha qilib bog’lanadi.
Odamning bo’yni, tomog’i yoki engagi
jaroxatlangan bo’lsa, «Butsimon» bog’lam qo’yiladi
(21-rasm). Bunda avval bintni boshga g’ir aylantirib
o’rab bog’lanadi. keyin chap quloqning
yuqorirog’i va orqasidan uni qiyshiq vo’nalishda
bo’yinga tomon pastga tushirilib, bo’yinning
o’ng yon yuzasi bo’ylab ensaga qaytariladi, so’ngra o’ng va chap quloqning yuqorirog’idan
o’tkazilib, oldingi o’ramlar takrorlanadi (21-rasm). Ensa sohasini, burun, peshana va ensaga (lunj qism) butsimon qilib bog’lash «Sopkonsimon»bog’lam qo’yiladi. Bunda bog’lam tagidan jaroxat yuzasiga steril salfetka yoki bint qo’yib qo’yiladi.
Ko’krak jaroxatlariga esa, odatda, spiral yoki butsimon bog’lamlar qo’yiladi. Spiral bog’lam qo’yish uchun bintdan 1.5 metrcha kesib olinib. uni sog’lom kiftga solinadi va ko’krakda qiyshiq qilib osiltirib qo’yiladi. Bintni spiral xolda yurgizib, ko’krak qafasi orqa tomonining pastidan boshlab bintlab chiqiladi va uning uchlari bog’lanadi. Ko’krakka butsimon bog’lamni bintni ushlab turadigan qilib 2-3 marta g’ir aylantirib o’rash yo’li bilan pastdan solib boriladi, so’ngra orqaning o’ng tomonidan chap kiftga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |