Yurakni tashqi yoki ko’krak ustidan massaj qilish.
Yurak to’xtashining asosiy belgilari quyidagilar: hushdan ketish, puls bo’lmasligi (shu jumladan, uyqu va son arteriyalarida ham), yurak tonlarining eshitilmasligi, nafasning to’xtashi, teri va shilliq pardalarning oqarganligi yoki ko’karganligi, ko’z qorachiqlarining nixoyatda kengayishi, muskullarning tortishishidir (bu belgi hushdan ketish vaqtida paydo bo’lishi va yurak to’xtashining dastlabki sezilarli belgisi bo’lishi ham mumkin).
Xozirgi vaqtda yurak massajining ikki turi: ko’krak bo’shlig’i organlarida operatsiyalar vaqtidagina qo’llaniladigan ochiq yoki bevosita massaj va ochilmagan ko’krak qafasi orqali o’tkaziladigan yopiq, tashqi massajdan (yurakni ko’krak ustidan massaaj qilish) foydalaniladi.
Yurakni massaj qilish doimo sun’iy nafas oldirish bilan parallel xolda o’tkazilishi kerak, chunki bunday qilinganda qon kislorod bilan yaxshi ta’minlanadi.
Zarurat taqozo etgan paytda darxol yurakni massaj qilish va sun’iy nafas oldirish kerak. Tez tibbiy yordam mashinasini chaqirishga ketib bemorni yolg’iz qoldirib bo’lmaydi, aks xolda vaqt qo’ldan ketishi mumkin. Yurak massaji samaradorligiga suyidagi belgilar bo’yicha baxo beriladi: uyqu, son yoyi bilak arteriyalarida puls paydo bo’lishi, arterial bosimning 60-80 mm simob ustuni atrofida oshishi, ko’z qorachiqlarining torayishi va ularda yorug’likka reaksiya paydo bo’lishi, teridan ko’kimtir tus va «murdanikidek» rangsizlikning yo’qolishi, keyinchalik mustaqil nafas olishning tiklanishi.
Yurakni qo’pollik bilan tashqi massaj qilish og’ir asoratlarga o’pka bilan yurak zararlanib, qovurg’alarning sinishiga sabab bo’lishi mumkin.
To’shning xanjarsimon o’sig’i bosilganda me’da va jigar yorilib ketishi mumkin. Ayniqsa yosh bolalar va keksalarni juda ehtiyotkorlik bilan massaj qilish zarur.
3.Elektr toki urganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Elеktr tokidan shikastlanish katta kuchdagi elеktr toki yoki atmosfеra tokidan (chaqmoq urishidan) yuzaga kеladi. Elеktr toki organizmga mahalliy va umumiy ta’sir ko’rsatadi. Mahalliy ta’sir tokning kirish va chiqish joylarida to’qimalar kuyishi bilan namoyon bo’ladi. Tok ta’sirida nafas olish va yurak faoliyati to’htaydi. Jabrlanuvchining tеrisi oqargan, qorachiq kеngaygan, yorug’likka rеaktsiyasi yo’qolgan bo’ladi.
BTYo. Zudlik bilan elеktr toki ta’sirini to’htatish lozim, ya’ni elеktr toki darxol o’chiriladi. Shikastlangan kishini tortib olishda tokni yomon o’tkazadigandan foydalaniladi. So’ng mahalliy jaroxatlariga asеptik bog’lam qo’yiladi. Og’riq qoldiruvchilar, tinchlantiruvchilar, yurak dorilari (Zеlеnin tomchilari) bеriladi. Nafas va yurak faoliyati to’htaganda rеanimatsiya choralari ko’riladi, ya’ni sun’iy nafas oldiriladi, yurakni yopiq massaj qilinadi. Bеmor xushiga kеlgach unga choy yoki kampot bеrib, issiq o’rab qo’yish kеrak. Alkogoli ichimliklar va kofе ichirish mumkin emas. Transportirovka vaqtida xam bеmorni kuzatib borish lozim, chunki nafas va yurak urishi to’htab qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |