28-rasm. Chanoq suyaklari singan (a), umurtqa pog’onasi shikastlangan (b) odamni irmmobilizatsiya qilish.
22- mavzu:
|
UZOQ VAQT BOSILISH SINDROMIDA JAROXATLANGANLARGA KO’RSATILADIGAN BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM.
|
Reja:
1. Yumshoq to’qimalar haqida umumiy ma’lumot.
2. Yopiq shikastlanish haqida umumiy tushuncha.
3. Lat yegan odamga birinchi tibbiy yordam berish.
4. Shikastlanganlar xolati va jarohatning og’irlik darajalari.
5. Ezilish sindromi.
Yumshoq to’qimalarning uzoq bosilishi ro’y berganida va yopiq shikastlanish paytida ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam.
Yadro qurolidan zararlangan joylarda, katta-katta falokatlar va kuchli zilzila ro’y berganda odamlar bino, devor va boshqalaming tagida qolib ketishi mumkin. Tana ayrim qismlarining, qo’l yoki oyoqlarning yumshoq to’qimalari uzoq bosilib qolganida juda og’ir dard boshlanishi mumkin, qo’l yoki oyoqlarning uzoq bosilish sindromi deb shunga ayiiladi. Bosilib qolgan odam topilganida, avvalo o’sha joyni ko’zdan kechirib chiqish va shikastlangan kishini bo’shatib, chiqarib olish choralarini ko’rish kerak. Bosib qolgan joy asta-sekin ochiladi, chunki u qulab tushish: mumkin. Odamning bosilib turgan joylarini batamom bo’shatib olinganidan keyingina uni o’sha joydan chiqarib olish mumkin. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish paytida jarohatiar va tirnalgan joylarga steril bog’lam qo’yib bog’lanadi. Shikastlangan odamning qo’l-oyoqlari muzdek bo’lib, ko’karib ketgan va juda ko’p lat yegan bo’lsa, ularning bosilib qolgan joyidan yuqorirog’iga jg’ut qo’yiladi. Bu chora ezilib qolgan yumshoq to’qimalardan zaharli moddalarning qonga so’rilib o’tishini to’xtatib turadi. Shikastlangan qo’l-oyoqlarga qon kelib turishini batamom to’xtatib qo’ymaslik uchun jgutni uncha tarang tortmasdan qo’yish kerak. Qo’l-oyoqlar ushlab ko’rilganida qo’lga issiq bo’lib unnaydigan va uncha ko’p shikastlanmagan bo’lsa, ularni bint bilan qattiq qilib bog’lab qo’yiladi. Shikastlangan qo’l yoki oyoqlar garchi suyaklari sinmagan bo’lsa ham shinalar yoki qo’lda bor boshqa vositalar (fanera bo’laklari, tayoqchalar, yupqa taxtalar, qattiq karton qog’oz, turli uy-ro’zg’or buyumlari va b.) yordamida taxtakachlanib, qimirlamaydigan qilib bog’lab qo’yiladi. Shundan keyingina shikastlangan odamni bir joydan ikkinchi joyga siljitish yoki ko’chirish mumkin. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning dastlabki daqiqalaridan boshlaboq shikastlangan odamga issiq choy berish, shikastlanib travmatik toksikozga uchragan kishilarni zambilga yotqizilgan xolda imkoni boricha tezroq va mumkin qadar avaylab tibbiyot muassasasiga yetkazish choralari ko’riladi. Badan lat yegan paytda yuza joylashgan to’qimalar va ichki organlar shikastlanishi mumkin. Yuza joylashgan yumshoq to’qimalar lat yeganini ko’rsatadigan alomatlar o’sha joyning ogo’rib, shishib chiqishi va unda qontalash paydo bo’lishidir. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatilganida o’sha joyga bosib turadigan bog’lam qo’yib bog’lanadi, sovuq narsa bosilib tinch qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |