Bog'liq DARSGA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 28.01.2020-YIL
Ko’rsatkichlar
Moddalarning agregat holati
gaz
suyuqlik
qattiq
Yonuvchanlik guruhi
+
+
+
Chaqnash harorati
-
+
+
Alangalanish harorati
-
+
+
O’z-o’zidan alangalanish harorati
+
+
+
AQKCH
+
+
+
AYUKCH
+
+
-
AHCH
-
+
-
O’z-o’zidan qizish harorati
-
-
+
Issiqlik o’z-o’zidan qizish harorat shartlari
-
-
+
Minimal yoqish energiyasi
+
-
+ (changlar)
Kislorod indeksi
-
-
+
Yonib tugash tezligi
-
+
+
Tutun hosil bo’lish koeffitsiyenti
-
-
+
Tutun hosil bo’lish solishtirma tezligi
-
-
+
Yonish mahsulotlarining zaharliligi
+
+
+
Kislorodning minimal portlash xavfiga ega
+
+
+ (changlar)
miqdori
Flegmatizatsiyalovchi konsentratsiya
+
+
+
Hajmiy o’chirish vositalarining minimal o’t
+
+
+
o’chirish konsentratsiyasi
Suv ko’pikli o’chirish vositalari bilan o’zaro
+
+
+
ta’sir tavsifi
Portlash xavfiga ega aralashma toifasi
+
+
-
Portlashning ortiqcha bosimi
+
+
+ (muallaq)
Portlashda bosim oshish tezligi
+
+
+ (muallaq)
Moddalarning yong’in xavfi xususiyatlarini baholash uchun barcha ko’rsatkichlarni yonishning rivojlanishi va o’chishining turli bosqich va tomonlarini tavsiflovchi bir nechta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh hisob yoki tajribaga asoslangan holda yonuvchanlik bo’yicha savollarni yechadi: yonmaydigan, qiyin yonuvchan yoki yonuvchan modda. Ikkinchi ko’rsatkichlar guruhi moddani o’z-o’zidan alangalanish va tashqi manbalardan yoqish xususiyatlarini tavsiflaydi: o’z-o’zidan alangalanish, chaqnash haroratlari, yoqish energiyasi, o’z-o’zidan yonishning harorat sharoitlari, kislorod indeksi, kislorodning minimal portlash xavfiga ega miqdori, yonishning (alangalanishning) konsentratsion va harorat chegaralari qiymatlari, kritik so’ndiruvchi diametr va b. Uchinchi guruhga moddaning alanga tarqalishiga bo’lgan xususiyatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi: yonib tugash tezligi va alanga tarqalish tezligi va yonish jarayonini bilvosita tavsiflovchi ko’rsatkichlar; tutun hosil qilish koeffitsiyenti, tutun hosil qilish solishtirma tezligi, yonish mahsulotlarining zaharliligi. To’rtinchi ko’rsatkichlar guruhi o’chirish vositalariga tegishlidir: flegmatizator konsentratsiyasi, hajmiy o’chirish vositalarining minimal konsentratsiyasi, suv ko’pikli o’chirish vositalari bilan o’zaro aloqasi tavsifi. Yong’in xavfi ko’rsatkichlarini bunday toifalanishi kompleks ko’rsatkichlardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda va modda va materiallarning yong’in xavfini baholashga jiddiy va ilmiy asoslangan holda yondashishni keltirib chiqarmoqda. 2. Yonuvchan suyuqliklarni saqlash va foydalanishda yong’in xavfsizligi talablari. Yuqori bosim ostidagi gaz ballonlarini ishlatishda yong’in xavfsizligi talablari. Modda va materiallarni saqlash hamda yong’in xavfi bo’lgan ishlarni bajarishda yong’in xavfsizligi choralari.
Modda va materiallarning yong’in xavfi ГОСТ 12.1.044 "Модда ва материалларнинг ёниш портлаш хавфи. Курсаткичлар номенклатураси ва уларни аниклаш усуллари"ga muvofiq aniqlanadi. Yonuvchanlik guruhi - modda va materiallarning yonishga moyilligini (qobiliyatini) belgilovchi tavsifi. Yonish - progressiv o’z-o’zidan tezlashish sharoitlarida oqib o’tadigan ekzotermik reaksiyadir. Chaqnash harorati yopiq tigelda 61oC, ochiq tigelda 66oC dan katta bo’lmagan, flegmatizatsiya qilingan aralashmalari yopiq idishda chaqnashi mumkin bo’lmagan yonuvchi suyuqliklar yengil alangalanuvchi suyuqliklarga kiradi. Chaqnash harorati 28oC gacha bo’lgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar o’ta xavfli deb ataladi. Chaqnash harorati deb - maxsus sinov (tajriba) sharoitida kondensatsiyalangan moddaning yuzasidagi bug’lar yondirish manbaidan chaqnashga (alangalanishga) qodir bo’ladigan minimal haroratga aytiladi; bunda turg’un (barqaror) yonish kuzatilmaydi. Chaqnash - yonuvchi modda yuzasidagi gaz-bug’-havo aralashmasining qisqa muddatda nurlanish (nur sochish) bilan kuzatiladigan yonishi. Alangalanish harorati - maxsus sinov sharoitida moddaning shunday tezlikda yonuvchan gaz va bug’ ajratadigan va yondirish manbai ta’sir qilganida ularning alangalanishi kuzatiladigan minimal harorati. Alangalanish - moddaning yondirish manbai ta’sirida alangalanib, u olinganidan so’ng ham davom etadigan yonishga aytiladi. O’z-o’zidan alangalanish harorati - maxsus sinov sharoitida moddalarning o’z-o’zidan alangalanishi sodir bo’ladigan atrof-muhitning minimal haroratidir. O’z-o’zidan alangalanish - hajmiy ekzotermik reaksiyalar tezligining alangalanib yonish yoki portlash bilan kuzatiladigan keskinlikda oshib ketishidir. Alanga tarqalishining quyi (yuqori) konsentratsiya chegarasi - alanganing yondirish manbaidan fazoning istalgan nuqtasigacha tarqalishi mumkin bo’lgan yonuvchi moddaning oksidlovchi bilan mavjud bir jinsli aralashmasidagi minimal (maksimal) miqdori. Alanga tarqalishining harorat chegaralari - modda to’yingan bug’larining oksidlovchi muhitida muvofiq ravishda yong’in tarqalishining quyi va yuqori konsentratsiya chegarasiga teng bo’lgan konsentratsiya hosil qiladigan haroratlardir. Tutab yonish harorati - moddaning tutab yonish bilan yakunlanadigan oksidlanish ekzotermik reaksiyasi tezligining keskin oshishi kuzatiladigan haroratidir. Tutab yonish - qattiq moddaning (material) nisbatan past haroratlarda (400-600oC) ko’p hollarda tutun ajralishi bilan davom etadigan alangasiz yonishidir. Issiqlikdan o’z-o’zidan yonish sharoiti - atrof-muhit harorati, modda (material) miqdori va uning o’z-o’zidan yonib ketishi uchun sarflanadigan vaqt orasidagi tajriba (sinov) yo’li bilan aniqlangan bog’liqlik. O’z-o’zidan yonish - ekzotermik jarayon tezligining yonish o’chog’i hosil bo’lishiga olib keladigan keskin oshishi. Yondirishning minimal energiyasi - yonuvchi moddaning havo bilan o’ta yengil alangalanuvchi aralashmasining yondirishga qodir bo’lgan elektr razryadining minimal energiyasi. Omborxonalarda (binolarda) modda va materiallarni ularning yong’inga xavfli fizik-kimyoviy xususiyatlariga (oksidlanish qobiliyati, nam tortganda o’z-o’zidan qizishi va o’t olishi, havo bilan aloqasi va boshqalar), bir-biriga mosligi va yong’in o’chirish moddalarining bir xilligiga ko’ra saqlanishi lozim. Yonilg’i gaz quyilgan ballonlar, oson alangalanuvchi suyuqliklar hamda yonuvchan suyuqliklar solingan sig’imlar (butilka, butil va boshqa idishlar), shuningdek aerozol ballonlar quyosh va boshqa issiqlik ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Sig’imi 10 l va undan yuqori bo’lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar hamda yonuvchan suyuqliklar solingan shisha idishlarini to’qima savatlarda yoki yog’ochli to’siqlarda o’rnatish, sig’imi 10 l gacha bo’lgan shisha idishlarni esa yog’ochdan zichlangan qistirma materialli yashiklarda o’rnatish lozim. Idishlar bir biriga urilishini yumshatuvchi ushbu materiallar, idishlar sinib, suyuqlik oqib chiqqanda, uni shimib olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Materialli omborlarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash man etiladi. Birgalikda saqlash zarurati tug’ilganda, moddiy boyliklarni birgalikda saqlash qoidalariga amal qilinishi lozim (yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni boshqa materiallardan alohida, azot va sulfat kislotasini uglerod va organik moddalardan alohida va h.k.). Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarning ochiq omborlaridan foydalanishda yong’in xavfsizligi "Uzneftmahsulot korxonalaridan foydalanishda yong’in xavfsizligi qoidalari", KMK 2.09.19 "Нефт ва нефт махсулотлари омбори. Лойихалаштириш меъёрлари" qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga hamda loyihalashtirish hujjatlariga muvofiq ta’minlanishi shart.