I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Yonish jarayoni, uning turlari va xususiyatlari. Yong’in kelib chiqishi sababi haqida umumiy tushunchalar



Download 26,51 Mb.
bet111/404
Sana05.04.2022
Hajmi26,51 Mb.
#530549
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   404
Bog'liq
DARSGA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 28.01.2020-YIL

3.Yonish jarayoni, uning turlari va xususiyatlari. Yong’in kelib chiqishi sababi haqida umumiy tushunchalar.
Yonish jarayonlari yondirish qurilmalari ichida va yong’inlarda bir xil fizik- kimyoviy tabiatga ega bo’lib, ko’lami, issiqlik va massa almashinuv shartlari bilan farqlanadi.
Shuning uchun yonishning vujudga kelishi va rivojlanish qonuniyatlarini ko’rib chiqa turib, tavsiflanayotgan holatlar birinchi navbatda bino va inshootlardagi yong’inlarga taalluqli ekanligini inobatga olamiz.
Yonish jarayonining asosiy o’ziga xosligi ularning o’zini-o’zi saqlab turish va o’zini-o’zi rivojlantirish imkoniyatidadir. Yonish jarayonlari o’zi yuqori haroratda yuzaga kelib, o’zi mazkur haroratni ta’minlab turadi.
Boshqacha qilib aytganda yonish - yonuvchi aralashmaning reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega bo’lgan boshlang’ich komponentlarining oksidlovchi bilan yonish mahsulotlariga ekzotermik aylanish (o’zgarish) murakkab fizik- kimyoviy jarayoni hisoblanadi. Issiqlik ajralishi bevosita yonuvchi aralashma boshlang’ich komponentlarining yonish mahsulotlariga aylanish kimyoviy reaksiyasi hududida kechadi. Kimyoviy reaksiya kechish hududi odatda muhitning nisbatan katta bo’lmagan qismi bilan chegaralanadi. U yonish jarayoni kechish shartlariga bog’liq holda muhitda qo’zg’almas bo’lishi yoki bir joydan ikkinchisiga ko’chishi mumkin. Ko’pgina kimyoviy jarayonlarda bo’lgani kabi yonishga ham o’ziga xos ikki bosqich tegishli: yonuvchi va oksidlovchi molekulalari orasidagi molekulyar aloqani yaratish (fizik) va yonish mahsulotlarining yuzaga kelishi bilan molekulalarning o’zaro ta’sirlashuvi (kimyoviy). Bunda ikkinchi bosqich faqat ayrim qo’shimcha shartlarning bajarilishida yuzaga keladi.
Yonish jarayonlari asosida oksidlanish kimyoviy reaksiyalari, ya’ni boshlang’ich yonuvchi moddalarning kislorod bilan birikmasi yotadi. Yong’indagi yonishda oksidlovchi sifatidagi vazifani aksariyat hollarda kimyoviy reaksiya kechayotgan hududni o’rab turgan havo kislorodi bajaradi. Bunday holda yonish jadalligi kimyoviy reaksiyaning o’zining kechish tezligi bilan emas, balki atrof muhitdan yonish hududiga (ya’ni bevosita kimyoviy reaksiya kechayotgan hududga) kislorodning kirish tezligi bilan belgilanadi.
Yonish fizikasidan bizga ma’lumki yonuvchi aralashmalarning alangalanish chegara konsentratsiyalari (bevosita kimyoviy reaksiya tenglamasidan kelib chiqmaydigan, faqatgina yonish jarayonlarining kimyoviy kinetika va energetik sharoitlar qonunlari bilan aniqlanadigan) mavjud.
Yong’inlar sabablari (yondirish manbalari): uchqun, ochiq olov, chekish, elektr jihozining nosozligini, asboblardan va elektr isitish qurilmalaridan foydalanish qoidalarini, amaldagi yo’riqnomalarni va texnologik reglament me’yorlarini va h.k. buzish.
Elektr qurilmalaridan yong’inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablar bo’lib asosan quyidagilar hisoblanadi:

  • Elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida uchqun chiqishi (bunga asosan, elektr simlari va kabellarining izolyatsiya qismining eskirishi, mexanik jarohatlanishi, atrof muhitning ta’siri va h.z. sababdir);

  • Elektr qurilmalarini ortiqcha yuklanishi oqibatida ustki qismlarining qizishi (bunga asosan, sim tolalari kesim yuzalarini iste’molchi quvvatiga qarab to’g’ri tanlanmaganligi, bir tarmoqqa mo’ljallangandan ziyod iste’molchilarni ulash va h.z. sababdir);

  • Elektr qurilmalarining ulash (kontakt) joylarida qarshilikning ortishi oqibatida uchqun chiqishi va qizishi (ulash, kontakt) joylarining mustahkam bajarilmaganligi, izolyatsiya qilinmaganligi, kontakt joyi materiallarining to’g’ri tanlanmaganligi va h.z.

Bundan tashqari nosoz yoki qo’lbola elektr qurilmalaridan foydalanish (isitish, qaynatish) elektr moslamalarini nazoratsiz qoldirish, vaqtinchalik tortilgan elektr simlaridan foydalanish, insonlarni bilar-bilmas elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatishi (ta’mirlash, o’rnatish va ishlatish), himoya apparatlari o’rnida (saqlagichlarda) har xil yasama yoki vaqtinchalik simchalarni "juchok" qo’llash, profilaktika va sinov ishlarini vaqtida o’tkazmaslik oqibatida ko’plab yong’inlar elektr moslamalaridan kelib chiqmoqda.
Ushbu holatlarning, ya’ni elektr qurilmalaridan yong’in chiqishini va undan kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldini olish uchun bir qancha profilaktik ishlarni olib borish zarur, jumladan:

Download 26,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish