1.2 Sinfdan tashqari o’qishda og’zaki nutqni o’stirish yo’li va vositalari.
Nutq ikki ko’rinishga ega –og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovuchlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak.
Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoko etolmagan o’quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o’zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqasli odamzot o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi.
Ba’zi bolalar tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay hamolmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o’zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug’diradi. Bunday hollarda logoped mashg’ulotlar yordamiga muxtoj bo’ladilar.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to’ldirilib, qaysi tovushlar to’g’ri yoki noto’g’ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirish-ongli o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat uyg’otishni ko’zda tutadi.
Og’zaki nutiqqa o’rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo’l alifbosi) dan foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o’zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang/ich sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning yetakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Bu darslarda ko’proq amaliy maqsadlarni ko’zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakillantirish, ijodiy fikrlash, o’quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og’zaki nutqini muntazam o’stirib boorish bog’anishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi.
Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo’llari xilma-xildir.
Savod o’rgatish darslarida amaliy mashg’ulatlarga keng o’rin berish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o’yin va o’yin turidagi mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, she’r va maqollardagi notanish so’zlar o’qib yoki eshittirb tushuntiriladi. Masalan, “Kim sezgir” , “Bu nima” , “Nomini ayt” o’yinlari3.
Mashqning bu turlari o’quvchilarga yangi harf o’rgatilgandan keyin uni qay darajada o’zlashtirilganliklarini sinash va mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
O’qituvchi doskaga o’rnatilgan harflarni ma’lum bir tartibda teradi va uni o’qigach, oquvchilarga ham navbat bilan o’qitadi. So’ngra bolalarga sezdirmay ayrum harflar almashtirib qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning sezgirligi, topgirligi baholanib, rag’batlantiriladi.
Mehnat ta’limi darslarida ham o’quvchilarning nutqini o’stirishga katta e’tibor berilib, o’rgatuvchi xarakterdagi o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Masalan: “Mehmon kutamiz”, “sabzavotlar va me’valar do’koni”, “Shar shaklidan kim ko’p narsa yasaydi?”.
O’yinlar orqali milliy qadriyatlarimizdan, o’zbekona me’rosimizdan foydalanib, qadr-qimmat, mehir-oqibat, odob-axloq, ota-ona va kattalarni hurmat qilish kabi xislatlarni bola qalbiga singdirish mumkin. Masalan: “Odobli bola”, o’yinida sinf guruhga bo’linib, har guruhdan bir o’quvchi ishtirok etadi.
O’qituvchi: -Xo’sh bolalar, odobli bola ertalab, o’rnidan turib nima qiladi”.
O’qituvchi: -Odobli bola erta barvaqt turib, badan tarbiya qiladi, ota- onasiga va oila a’zolariga salom beradi.
O’quvchi: -Odobli bola qanday salom beradi?
O’qituvchi: -“Assalomu alaykum” deb salom beradi, keyin nonushta qiladi.
O’qituvchi: -Odobli bola dasturxon atrofida qanday o’tiradi.
O’qituvchi: -Odobli bola kattalardan pastda o’tiradi, “Bismillohir rahmonir rahim”, deb dasturxonga kattalardan keyin qo’l uzatadi, og’zida ovqat bilan gapirmaydi.
Shu kabi savol-javoblardan keyin guruhlar javobi izohlanib, to’plagan ballar e’lon qilinadi va rag’batlantiriladi.
Bu xildagi dars-o’yin turdagi mashg’ulotlar bolalarni mehnatsevarlikka tayyorlaydi, ularning mustaqil, ijodiy faoliyatini, lug’at boyligini oshirib, nutqini rivojlantirishga yordam beradi va darslarning uzviy bog’liqligini mustahkamlaydi.
Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo’lishidan qat’iy – nazar, birinchi galdagi vazifamiz o’quvchilarning ongli, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishiga erishishimiz, nutqini o’stirishga harakat qilmog’imiz lozim.
Bu tadbirlar o’quvchilarning yil davomoda olgan bilimlarini namoyish qilishga, tahlil etishga va mustahkamlashga, og’zaki nutqini o’stirishga, eslash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, echim). Masalan, bolalar O’.Usmonovning “Chumchuq bola” hikoyasida qatnashuvchi shaxslar sifatida Boboxonni, chumchuq bolani, Tal’atni aytadilar; “Laqma it” ertagida qatnashuvchilarni: laqma it, echki, mushuk, xo’roz, olaqashqani aytadi. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin. Ammo, o’qituvchi ularni asarda qatnashgan tartibda aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida hikoyaning jadvali tuziladi. O’qituvchi bergan savoli yordamida bolalar Boboxon chumchuq bolani bug’doyzordan tutib olgani, uni qiynagani, ko’chada o’rtog’i Tal’atni ko’rib qolgani, Boboxonning ishidan Tal’atning xafa bo’lgani, chumchuq bolani qizil qalam va o’chirg’ichga almashib olgani va uchirib yuborgani (qutqargani), Boboxon esa uyalganidan dovdirab qolganini aytib beradilar. Hikoyaning mazmuni shunday aniqlanadi. Shunday qilib, hikoya mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar sostavini analiz qilishni talab qiladi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan bunday logik ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o’zaro bog’liqlikni yoritishga yo’naltirilishi lozim. O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o’zaro bog’laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko’pincha boshang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |