I-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish



Download 258,51 Kb.
bet7/13
Sana25.02.2022
Hajmi258,51 Kb.
#462788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
o\'zbekistonda kichik tadbirkorlik berilgan soliq va kredit imtiyozlari

2.1.O’zbekistonda ishbilarmonlik muxitini yaxshilashga qaratilgan imtiyozlar

Ishbilarmonlik muhiti.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi 233-sonli qaroriga asosan Sirdaryo viloyatida kichik tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko'rsatuvchi zamonaviy infratuzilmani tashkil qilish bo'yicha 2015 yil oxiriga qadar quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan: -Guliston shahri hokimligi binosining bo'sh turgan qismi va Yangier shahri hokimligining sobiq binolari belgilangan tartibda mukammal ta'mirlangan holda, ularda tadbirkorlik sub'ektlariga kompleks xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan “Biznes markaz”lar joylashtirilishi ta'minlanadi; -ushbu “Biznes markaz”larda tadbirkorlik sub'ektlariga buxgalteriya, auditorlik, baholash, sug'urta, lizing xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi, soliqqa oid va huquqiy maslahatlar beruvchi hamda tadbirkorlik sub'ektlari uchun taqdimotlar va uchrashuvlar o'tkazishga mo'ljallangan maxsus maydonlar va zamonaviy aloqa xizmatlaridan foydalanish joylari tashkil etiladi; Sirdaryo viloyati hokimligi tashkil etilishi rejalashtirilgan “Biznes markaz”lar binolarini mukammal ta'mirlash ishlarini 2015 yil oxiriga qadar tugatilishini ta'minlaydi.Sirdaryo viloyati hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi, “O'zbekenergo” DAK, “O'ztransgaz” AK va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda bo'sh turgan er maydonlari hududida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub'ektlarini barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma ob'ektlari bilan birgalikda joylashtirishni nazarda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqadi. “O'zbekenergo” DAK va “O'ztransgaz” AK mazkur kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirish bo'yicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq 2015 yil oxiriga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma ob'ektlari qurilishini modernizatsiya qilish dasturi asosida o'z mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Ushbu qaror bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan, shu jumladan viloyat hududidan o'tuvchi magistralь avtomobilь yo'llari, Sirdaryo va mavjud suv havzalari bo'yida zamonaviy xizmat ko'rsatish ob'ektlarini barpo qilish va ekoturizm zonalarini tashkil etish loyihalariga er maydonlarini ajratish choralari ko'riladi. Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan er uchastkalari barcha huquqlarni belgilovchi, ruxsat beruvchi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga doir hujjatlar to'plamlari tayyorlangan holda tanlovga qo'yilishi belgilab qo'yilgan. Sirdaryo viloyati hududiy tanlov komissiyasi ob'ektlarning tadbirkorlik sub'ektlariga belgilangan tartibda investitsiya kiritish va yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan “nolь” xarid qiymatida berilishini ta'minlaydi.loyatimiz taraqqiyoti yo'lida shuni hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirmasdan, unga tegishli ko'mak va rag'bat bermasdan, zarur imkoniyat, imtiyoz va preferensiyalar yaratmasdan turib, biz iqtisodiyotimizning kelajagini ta'minlay olmaymiz. Ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to'ldirishda, bugungi kunda biz uchun eng dolzarb masalalardan biri bo'lmish aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish bilan ta'minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda aynan shu sohani tez va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish eng asosiy omillardan biridir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali biz jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo'lgan o'rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo'lib borishiga erishmoqdamiz. Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam – ya'ni o'rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko'p manfaatdordir. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo'lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2015 yil 6 oy mobaynida viloyat bo'yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi 29,4 % ni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 bandga o'sib, 333,7 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (111,1%); qurilishda kichik biznesning ulushi 87,9 %ni tashkil etib, 166,9 mlrd. so'mlik qurilish pudrat ishlari amalga oshirildi; chakana tovar aylanmasida kichik biznesning ulushi 51,2 %ni tashkil etib, 319,7 mlrd. so'mlik chakana tovar aylanmasi amalga oshirildi; xizmat ko'rsatish va servis sohasida kichik biznesning ulushi 61,6 % ni tashkil etib, 343,8 mlrd. so'mlik xizmatlar ko'rsatildi; Natijada, viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmida kichik biznesning ulushi 65%ni (2014 yil 6 oyda 64,3%), xizmat ko'rsatish va servis sohasining ulushi 41,3 %ni tashkil etib, (2014 yil 6 oyda 40,9%) mos ravishda 0,7 va 0,4 bandga o'sishga erishildi. Kichik biznes sub'ektlari - bozorga tez moslashuvchan, iqtisodiyotdagi o'zgarishlarni tez ilg'ab oladigan, o'z faoliyatini yo'lga qo'yishda ko'p mablag' talab etmaydigan va yuqori ishbilarmonlikni talab etishi - kabi sifatlari bilan butun jahon iqtisodiyotida tan olingan. Ayniqsa, aholini ish bilan ta'minlash, ishsizlikni kamaytirish va aholi daromadlarini ko'paytirish hisobiga turmush farovonligini oshirishda kichik biznesni rivojlantirish juda qo'l keladi. Mamlakatimizda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli Farmoni qabul qilinib, ushbu farmon asosida ularga qo'shimcha imkoniyatlar va imtiyozlar yaratildi, jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to'sqinlik qilishda mansabdor shaxslarning javobgarligi oshirildi. Ro'yxatdan o'tish va faoliyatga ruxsat olish bo'yicha “yagona oyna” tizimi joriy etildi va tadbirkorlikka ko'maklashuvchi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Soliq to'lovlari va tekshirishlarni tartibga solish, soliq hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish, soliq qonunchiligiga rioya etishda javobgarlikning yanada liberallashganligi, soliq imtiyozlaridan foydalanishning yangi tartiblarining joriy etilishi, imtiyozlarning samaradorligi yuzasidan tadbirkorlik subьektlariga keng tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar talabi asosida er maydonlarini olish va er ajratish masalalariga, ishlab chiqarish korxonalarining infratuzilmalarga ulanishi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlanishiga, tadbirkorlar talabi asosida tijorat banklarining kredit resurslarining ajratish ko'zda tutilgan. Davlat mulki obьektlarini xususiylashtirish, sotib olish, bino va inshootlarni “nolь” qiymatda sotib olish, biznes rejalar ishlab chiqish va bo'sh turgan davlat obьektlarini ijaraga olishda tadbirkorlarga ko'mak berish belgilandi. Bulardan tashqari, joriy yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug'urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to'lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi. Buning natijasida, viloyatda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyasini ta'minlash, ularning jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishni yanada kuchaytirish hamda viloyatimiz tadbirkorlariga qo'shimcha imtiyozlar va qulayliklar yaratiladi. Viloyatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishda o'z biznesini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan xorijiy va mahalliy investorlarga barcha qulayliklar va imkoniyatlarning yaratilishi natijasida viloyatda keyingi besh yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 64,4 foizdan 67,7 foizgacha, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda 17,5 foizdan 30 foizgacha, aholi bandligidagi ulushi 77,5 foizdan 79,4 foizga o'sdi. Xususan, 2015 yil hisobot davrida kichik biznesning ulushi eksportda 58,1 foizni, aholi bandligini ta'minlashda esa 78,9 foizni tashkil etdi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan eksportda 129,5 foizga bandlikda 100,3 foizga ko'p demakdir. Xususan, hisobot davrida jami 7207 ta kichik tadbirkorlik sub'ektlari davlat ro'yxatga olingan bo'lib, ularning 6150 tasi yoki 85,3 foizi faoliyat ko'rsatmoqda. So'ngi 5 yilda tijorat banklari tomonidan 13158 ta tadbirkorlik sub'ektlariga 661,5 mlrd so'm kredit mablag'lari ajratib berildi va 101 ta tadbirkorlik sub'ektlarining 39,1 mln. AQSh dollariga hamda 7,2 ming EVROga teng bo'lgan mablag'larini belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishida amaliy yordamlar ko'rsatildi. Shuni ta'kidlash lozimki, joriy yilning hisobot davrida viloyat tijorat banklari tomonidan 2828 nafar kichik biznes sub'ektlariga 140,3 mlrd so'm miqdorida kredit mablag'lari ajratildi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 33,7 foizga, prognozga nisbatan 16,0 foizga o'sdi. Kichik biznes sub'ektlariga ajratilgan kredit mablag'larining 16,3 mlrd. so'mi sanoat sohasiga, 28,8 mlrd. so'mi qurilish, 8,4 mlrd. so'mi transport va aloqa, 31,3 mlrd so'mi qishloq xo'jaligi, 28,2 mlrd. so'mi savdo, 17,6 mlrd. so'mi xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish hamda 9,7 mlrd so'mi boshqa sohalarni rivojlantirish maqsadida ajratildi. Davlat soliq organlarida elektron hisobotlar qabul qilish qamrovi 100 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Muhtaram Prezidentimizning qarorlari asosida 1631 ta kichik biznes sub'ektlariga 76,1 mlrd. so'mlik turli soliq imtiyozlari qo'llanildi. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan 72 ta rejali va 57 ta rejadan tashqari jami 129 ta sub'ektlarda tekshirishlar o'tkazilgan va noqonuniy tekshirishlar o'tkazishga yo'l qo'yilmagan. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'lab kelayotgan 34 ta sub'ektlarni tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarish yuzasidan takliflar berildi. Xozirgi kunga qadar tadbirkorlik sub'ektlaridan jami 281 ta murojaat va shikoyatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 264 tasi ijobiy hal etildi, 17 tasi belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklash, shu bilan bir qatorda soliq ma'murchiligini samarali amalga oshirish hamda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash borasida o'tgan 5 yilda qonun hujjatlariga o'zgartirishlar kiritilishi natijasida kichik tadbirkorlik sub'ektlarida har 4 yilda 1 marta va qolgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda 3 yilda 1 marta rejali tekshirish o'tkazish belgilanib, tekshirishlar soni 3 barobarga, soliq hisobotlari esa 3 martaga qisqartirilishga erishildi. Viloyatda nazorat qiluvchi idoralar tomonidan Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan hisobot davrida 37 ta tekshirishlar o'tkazildi. Shuningdek, viloyat hududiy komissiyasining ruxsatiga asosan 62 ta qisqa muddatli tekshirishlar o'tkazildi, shundan savdo qoidalariga rioya qilinishi bo'yicha 57 ta, 4 ta sanitariya qoidalariga rioya qilinishi bo'yicha qisqa muddali tekshirishlar o'tkazildi. Muhtaram Prezidentimizning 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-sonli qarori bilan viloyatda 76 ta davlat mulki ob'ektlari tadbirkorlik sub'ektlariga taklif etilmoqda. Jumladan, 12 ta davlat aktivlarini sotish, 32 ta bo'sh turgan va qurilish tugallanmagan davlat ob'ektalarini “nolь” xarid qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan berish, 9 ta ob'ektni ommaviy savdolarda tadbirkorlik sub'ektlariga sotish, 7 ta samarasiz deb topilgan korxonalarni tugatish, 16 ta foydlanishga yaroqsiz bo'lgan ob'ektlarni buzish va ularning 3,25 gektar bo'sh er maydonlarini tadbirkorlarga berish belgilangan. Joriy yilning hisobot davrida o'tkazilgan tender savdolarida 28 ta davlat ob'ektlari salohiyatli investorlarga “nolь” xarid qiymatida sotildi. Xozirgi kunda ushbu ob'ektlarga jami 19 mlrd. so'm hamda 6 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar kiritilishi rejalashtirilgan bo'lib, natijada 640 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi. Bulardan tashqari, viloyatimizdagi 47 ta kasb-hunar kollejlari mavjud bo'lib, ularda 79 ta yo'nalishlar bo'yicha 2015 yilda jami 11912 nafar bitiruvchi o'qishni tamomlab, ulardan 7174 nafari (60%) ish bilan ta'minlandi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagini bildirgan kollej bitiruvchilari uchun 2015 yil davomida 3101 nafariga 16186 mln. so'm miqdorida kredit ajratish rejalashtirilgan. Xozirgi kunda ularning 289 nafariga jami 1953 mln. so'm miqdorida imtiyozli kredit mablag'lari ajratib berildi. Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasi o'laroq, eng nufuzli xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy markazlarning oxirgi ma'lumoti bo'yicha, O'zbekiston “Butunjahon baxt indeksi”da 158 ta mamlakat o'rtasida 44-pog'onani, MDH mamlakatlari orasida birinchi o'rinni egallaganligiga e'tiborni qaratishimizning joiz.Zero, davlatimiz rahbari tomonidan iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiyalash bo'yicha qabul qilinayotgan qaror va farmonlari viloyatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga, tadbirkorlik sub'ektlarining o'z biznesini yuritishlariga keng yo'l ochilishiga hamda barqaror rivojlanishi uchun g'ov bo'lib turgan turli to'siqlarning bartaraf etilishiga katta zamin yaratmoqda. Ayniqsa, Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan va bugungi kunda jahon miqyosida “o'zbek modeli” deb tan olingan strategik taraqqiyot dasturini barchamiz birgalikda amalga oshirayotganimiz, iqtisodiy islohotlarni birgalikda bir yoqadan bosh chiqarib, suv chiqsa simirib, tog' chiqsa kemirib, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurayotganimiz har bir Sirdaryolik vatandoshlarimiz uchun, faqat oldinga intilishlari uchun yuksak kuch bag'ishlaydi.








Download 258,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish