Bog'liq o\'zbekistonda kichik tadbirkorlik berilgan soliq va kredit imtiyozlari
Karantin vaqtida kechiktirilgan kredit to‘lovlarining to‘lash tartibi
Pandemiya davrida jismoniy shaxslar uchun ham kreditlar 1 oktyabrga qadar uzaytirilgan edi. Lekin bankdan hozirgi oydagi kredit to‘loviga qo‘shib, o‘tgan oylar uchun ham to‘lovni qo‘shib to‘lash so‘ralmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri, degan savolga Markaziy bank matbuot xizmati javob berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmoni asosida moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlar 2020 yil 1 oktyabrga qadar kechiktirilishi hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarining berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirilishi belgilangan.
Shuningdek, qarzdorlar pul oqimlari foiz to‘lovlarini qoplash uchun yetmagan taqdirda, foiz to‘lovlarini ham kechiktirish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga tavsiyalar berildi.
Biroq bu kechiktirish davridan (ya’ni 2020 yil 1 oktyabrdan) keyin yig‘ilgan to‘lovlar bir martada to‘lanishi kerakligini anglatmaydi. Ya’ni, karantin vaqtida kechiktirilgan kredit to‘lovlari yakuniy to‘lovlar muddatlarining uzaytirilganligini hisobga olgan holda, to‘lov jadvalining qolgan davriga teng ravishda taqsimlanadi.
Bundan tashqari, qat’iy karantin cheklovlarining dastlabki (aprel-may) oylarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, ijtimoiy masofalanishni ta’minlash maqsadida qarzdor-jismoniy shaxslardan arizalarni qabul qilib olishga hamda ular bankka tashrif buyurishiga imkoniyat bo‘lmagani sababli aksariyat banklar, ya’ni 24 ta tijorat banki o‘z tashabbusiga ko‘ra jismoniy shaxslarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni 2-3 oyga avtomatik tarzda kechiktirishi haqida ma’lum qilgan edi.
Bunda ba’zi banklar tomonidan avtomatik tarzda kechiktirilgan kredit to‘lovlarini qolgan davrlarga teng taqsimlagan bo‘lsa, ayrim banklar yakuniy to‘lov davridan keyingi oylarga taqsimlagan.
Shu bilan birga, ushbu berilgan 2-3 oylik davr yakunlanganidan so‘ng qarzdor-jismoniy shaxsning moliyaviy holati va pul oqimlari tiklanmagan taqdirda, tijorat banklari kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni yana qo‘shimcha davrga (ya’ni 2020 yil 1 oktyabrga qadar) kechiktirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar.
Avval xabar berganimizdek Prezident qaroriga asosan yurtimizda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan mazkur dastur doirasida kreditlarni ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit ajratish tartibi haqida tushuncha berib o‘tdi.