I. Bob. XIX asr oxiri-xx asr boshlarida Buxoro va Rossiya munosabatlarining shakillanish jarayonlari



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana07.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#167367
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
buxoro-rossiya iqtisodiy aloqalari tarixi xix asr oxiri-xx asr birinchi choragi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


29 

 

II.Bob  XX asr boshi Buxoro-Rossiya munosabatlarining yangi bosqichga 



o’tilishi va uning o’ziga xos xususiyatlari. 

 

2.1. Buxoroda rus banklari, savdo uylarining tuzilishi va ularning Buxoro-

Rossiya iqtisodiy aloqalardagi roli 

       


XIX  asrning  90-yillariga  kelib,  Chor  Rossiyasi  korchalonlarining  Buxorodagi 

manfaatli faoliyatlari anna kengaydi. Rossiyaning Buxorodagi mustamlakachilik 

siyosati  uch  tomonlama  maqsadga  ega  edi.  Birinchidan,  amirlik  hududlarini 

egallash,  ikkinchidan,  amirlikka  Rossiyaning  tayyor  tovar  mahsulotlari  va  rus 

kapitalini  kiritish,  uchinchidan,  amirlikni  rus  sanoati  uchun  arzon  xom-ashyo 

bazasiga  aylantirish  edi.  Mana  shuning  uchun  ham,  amirlikda  fabrika  va 

zavodlar,  aksionerlik  jamiyatlari,  bank,  savdo  muassasalari  tez  vujudga  keldi. 

Rossiyadan  Buxoroga  tovar  mahsulotlarini  jo’natuvchi  monopolistik  qo’shma 

banklar tashkil topdi. Bu banklar o’z o’rnida yirik firmalar va savdo uylarining 

paydo bo’lishiga olib keldi. Tez orada Buxoro amirligida katta rus aksiyadorlari, 

ya’ni  mulk  egalari  paydo  bo’la  boshladi.  Buxoro  amirligida  aksionerlik 

jamiyatlari  Turkiston  general-gubernatorining  roziligisiz  tuzilmagan.  1886-

yildan  boshlab  Rossiya  imperiyasining  Buxoroda  ish  yuritgan  siyosiy  agentligi 

zimmasiga amirlikning Rossiya bilan aloqalarini yo’lga qo’yish va rus fuqarolari 

manfaatlarini  himoya  qilish  vakolati  berilgan  edi

1

.  Siyosiy  agentlikning 



vakolatiga siyosiy va iqtisodiy masalalarda amirga ta’sir ko’rsatish huquqi kirar 

edi.  Shuningdek,  Turkiston  general-gubernatori  Buxoro  amirligida  aksiyadorlar 

jamiyatini  tashkil  qilishda  agentlikning  fikrlarini  e’tiborga  olgan.  Rus 

kapitalining  amirlik  iqtisodiyotiga  kirib  kelishi  ilk  bor  1889-yilda  “K-

Poznanskiy”  aksiyadorlik  jamiyatining  faoliyati  bilan  boshlanadi.  XIX  asrning 

80-yillarida  “K-Poznanskiy  ip-gazlama  aksionerlik  jamiyati”  o’z  faoliyatini 

                                                             

1

 Rashidov U, Rashidov O’ Buxoroning Rossiya bilan  iqtisodiy va siyosiy munosabatlari tarixidan (1900-



1925y.y).  Buxoro.: Buxoro 2013,  -B. 27. 

 



30 

 

boshlab,  katta  hajmdagi  paxta  savdosi  bilan  shug’ullangan.  Masalan,  u  1890-



1897  yillarda  1  mln.  120  ming  pud  paxtani  sotib  olgan.  Shirkat  1905-yilda 

Buxoro va Xiva xonligi hududlaridagi o’ziga tegishli zavodlarda Xlopok (Paxta) 

aksionerlik  jamiyati  tuzilgan.  1909-1910  yillarga  kelib,  bu  jamiyat  paxta 

bo’yicha pul oboroti 11.5 mln. rublga etdi. Jamiyat dehqonlarga olinadigan hosil 

uchun oldindan pul bergan. Oldindan hosilga pul talab qilish odati “Bo’nak” deb 

yuritilgan

1

.  1868-yilga  kelib  Buxoro  bilan  Rossiya  o’rtasida  imzolangan 



shartnomaga ko’ra soliq to’lash rus fuqarolaridan bekor qilingan. Lekin Rossiya 

savdogarlari savdo qilishlari uchun 2.5% soliq to’langan

2

. Bo’nak bahor faslida 



tilxat  olish  orqali  dehqon  va  yer  egalariga  berilgan.  Buning  evaziga  dehqon  va 

zamindor  o’z  yerini  va  biror  mulkini  garovga  qo’ygan.  Mana  shu  yo’l  bilan 

Rossiya  banklari  mahalliy  aholini  o’zlariga  qaram  qilib  olgan.  1900-yildan 

Vadyaev  va  R.Sh.Potelyaxovning  firmalari  ham  Buxoro  amirligida  faoliyat 

ko’rsata  boshlaydi.  Vadyaev  firmasi  11  ta  xususiy,  20  ta  ijaraga  olingan  paxta 

tozalash  va  yog’  ishlab  chiqaradigan  zavodlarga  ega  bo’lgan.  Buxoroda  tashkil 

etilgan ularning yirik savdo guruhlari esa, tayyor paxta xomashyo mahsulotlarini 

Moskvaga  jo’natish  bilan  shug’ullangan.  Jumladan,  Lure,  Notkin,  Shalman, 

Levin, Stalkin, Epifanov  shuningdek boshqa guruhlar bo’lib shu yo’l orqali o’z 

mablag’ini  300-400%  ko’paytirgan.  Har  birining  yillik  o’rtacha  daromadi  30 

ming  rublni  tashkil  qilgan.  Rossiya  kapitalining  Buxoroga  kirib  kelishi  va  bu 

yerdagi  paxta  savdosi  mahalliy  sarmoyadorlarning  paydo  bo’lishiga  sabab 

bo’ladi.  Masalan,  amirlikdagi  mahalliy  aksiyadorlardan  Mirzamuhiddin 

Mansurov  va  Mirhikmat  Mirsolihovlar  yirik  vakillar  bo’lib,  katta  foizga  kredit 

berish bilan shug’ullangan. Bular 1911-yil noyabrda Azov banki orqali 20 vagon 

paxtani  Moskvaga  jo’natgani  haqida  ma’lumotlar  bor.  Buxoro  amirligida 

ochilgan  ilk  rus  banklaridan  biri  Rossiya  imperiyasi  davlat  bankining  filiali 

bo’lib,  u  1890-yilda  Samarqand  shahrida  ish  boshlaydi.”  Oradan  bir  yil  o’tib, 

                                                             

1

 Amonova F. Buxoro-Rossiya iqtisodiy aloqalari tarixiga bir nazar. T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston 



Milliy kutubxonasi nashriyoti.  2011.  -B.13. 

2

 Amir Said Olimxon. Buxoro xalqining hasratli tarixi.  T. “Fan” nashriyot.1991. –B.18. 



 


31 

 

1891-yilda Moskva — Ryazansk  va Moskva Xalqaro Savdo bankining filiallari 



amirlik  hududlarida  vujudga  kela  boshladi.  1894-yilida  esa,  Yangi  Buxoro 

(Kogon)  shahrida  90  mln.  rubl  mablag’  bilan  Rossiya  imperiyasi  davlat 

bankining filiali ochiladi.

 

1898-yilda bu bankning umumiy pul aylanmasi 89498 



mln. rublga etdi, 1899-yilda esa bu mablag’ 97666 mln. rublni, 1902- yilga kelib 

esa  111,4  mln.  rublni,  1903  yilda  123,5  mln.  rublni,  1910-yilga  kelib  esa  3458 

mln.  rublni  tashkil  etdi

1

.  Buxoro  amirligining  tashqi  savdoda  asosiy  mahsulot 



turlariga  teri,  yung,  shoyi  gilamlar  tashkil  etgan

2

.  XX  asrning  boshlariga  kelib 



Rossiya tijorat banklarining tarmog’i yana o’sdi. Bu davrda mazkur banklarning 

bo’limlari  O’rta  Osiyoning  40  ta  shaharida  faoliyat  yurita  boshladi.  Xususan, 

Buxoroda  Rus-Osiyo,  Rus  tashqi  savdo,  Azov-Don,  Sibir  savdo,  Moskva  uyi 

qo’shma  banklar  kabi  bir  qator  banklarning  bo’limlari  shular  jumlasidandir. 

Amirlikda  ochilgan  Moskva  tijorat  davlat  banki  asosan  savdo  shahobchalari  va 

idoralarini  ochish  uchun  kredit  bersa,  Peterburg  tijorat  banki  savdodan  tashqari 

sanoatni  rivojlantirishga  ham  kredit  berishda  xizmat  ko’rsatgan.  Ammo  bu 

davrda  ushbu  banklardan  xonlikdagi  kambag’al  dehqonlar  kredit  olish 

huquqidan  mahrum  edi.  Rossiya  banklaridan  biri  Sibir  savdo  bankidir.  Uning 

O’rta Osiyodagi bo’limlari Qo’qon, Andijon va Buxoroda ish olib bordi. 1912- 

yil  1-fevraldan  1913-yil  1-sentabrgacha  bu  bankning  Buxorodagi  bo’limi  paxta 

uchun  1220  ming  rubl,  qorako’l  teri  uchun  1800  ming  rubl  kredit  bergan. 

Birinchi jahon urushi yillarida bank har xil firmalarga paxta sotib olish uchun 40 

mln.  rublgacha  kredit  bergan.  Paxta  bilan  savdo  qiluvchi  firmalarga  mahalliy 

millat vakillari kirgan edi. Masalan, Guljon Qobul Ashir Muhammedov, Asfiya 

xo’ja  Burxonxo’jaev,  X.Isahorov,  D.Mirzaev,  A.Yunusov  kabi  boylar  shular 

jumlasiga kiradi. Buxorodan Rossiyaga 19,5 ming so’mlik paxta chiqarilgan  va 

                                                             

1

 Amonova F. Buxoro-Rossiya iqtisodiy aloqalari tarixiga bir nazar. T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston 



Milliy kutubxonasi nashriyoti.  2011.  -B.14. 

2

 Amir Said Olimxon. Buxoro xalqining hasratli tarixi.  T. “Fan” nashriyot. 1991. –B.18. 



 

 



32 

 

bu umumiy savdoning 2%ini tashkil etilgan



1

. Paxtani sotib olish va sotish uchun 

Buxoroda  Rus-Buxoro  savdo-sanoat  jamiyati  tashkil  topgan.  U  keyinchalik 

bankka  aylantirilgan.  Ma’lum  bo’lishicha,  amir  Sayyid  Olimxon  o’z  davrida 

bank  masalalarida  mutaasiblik  kuchli  bo’lishiga  qaramay,  bank  ishiga  jiddiy 

e’tibor  bergan  va  unga  to’g’ri  maqsadda  katta  mablag’  qo’ygan.  XIX  asrda 

Buxorodan  Rossiyaga  chiqarilgan  yigirilgan  ip  va  paxta  umumiy  mahsulotning 

70%ni  tashkil  etgan

2

.  Shuningdek,  Rus  -  Buxoro  banki  ochilib,  faoliyat 



yuritishida  uning  hissasi  katta  oo’lgan.  Rasmiy  ma’lumotlarga  ko’ra,  bu  rus 

banki  faqat  paxta  savdosi  va  paxta  tayyorlashga  mablag’  berish  bilan 

cheklanmagan,  balki  paxta  va  yog’  sanoagi  uchun  ham  kapital  qo’yib  katta 

foyda olib turgan. Rus-Osiyo banki kichik savdo bilan shug’ullanuvchilar uchun 

Eski Buxoroda, Voljsko-Kamskiy va Sibir tijorat banklarining bo’limlari tashkil 

etilgan.  Azov-Don  banki  asosan  paxta  savdosi  bilan  shug’ullandi.  Bank  o’z 

umumiy  mablag’ining  93,6  %  ini  paxta  ishi  uchun  ajratadi.  Bankning  Eski 

Buxorodagi  bo’limi  firmalarga  paxta  sotib  olishlari  uchun  kredit  ajratgan. 

Jumladan,  1912  yilda  aka-uka  Haydarovlar  shirkatiga  1  mln.  rubl,  aka-uka 

Mirzayevlar  shirkatiga  esa,  500  ming  rubl  foizli  qarz  bergan.Ushbu  jadvalda 

amirlikdagi  rus  banklarning  nomlari  va  uning  yillari  bilan  ko’rsatib  berilgan

1



 

Banklarning nomlari 

Tashkil topgan yili 

1. Rossiya davlat banki 

1890-yil 

2. Moskva-Ryazansk banki 

1891-yil 

3. Savdogar banki 

1866-yil 

4. Volga-Kama banki 

1870-yil 

5. Xalqaro bank 

1873-yil 

                                                             

1

 Muhammadjonov.A.  Ne’matov. T.   –T. Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tizimiga doir bazi 



manbalar. O’z. CCR fanlar akademiyasi nashriyoti. 1957. –B.12. 

2

 Ko’rsatilgan asar. –B.13. 



 


33 

 

6. Azov Don banki 



1871-yil 

7. O’rta Osiya Tijorat banki 

1881-yil 

 

          Ba’zi  manbalarda  keltirilishicha,  «Amir  million-million  so’mlik 



mablag’larni  savdo  sohasida,  temir  yo’l  kompaniyalarida,  rus  va  chet  el 

firmalarining  sanoat  korxonalarida  ishga  solgan».  Hujjatlarga  asoslanib  shuni 

aytish  mumkinki,  Rossiyada  ishlab  chiqarish  va  sanoat  hamda  savdo 

rivojlanishida  amirlik  xazinasining  hissasi  katta  bo’lgan.  Yozma  manbalarning 

guvohlik  berishicha,  Rossiyadagi  o’nlab  yirik  temir  yo’llar  qurilishi, 

manafakturalarning  ishga  tushirilishi  hamda  banklarning  faoliyat  yuritishiga 

amir Sayid Olimxon kattadan-katta investistiyalar kiritgan. Bular Neva va Staro-

Gorkin  manufakturalari,  Staxeev  firmasi,  Shuya  va  Shibanov  korxonalari, 

Volga-Bugulma va Rus-Buxoro temir yo’llari, Rus-Osiyo, Rus-Buxoro banklari 

va  boshqalardan  iborat  bo’lgan

1

.  Shuningdek,  S.Xolboevning  "Buxoro 



amirligining  oltin  xazinasi  (tarixi,  taqdiri,  tahlili)”  nomli  monografiyasida 

Rossiya  podsho  hukumatining  Buxorodagi  vakolatli  amaldori  P.  Vvedenskiy 

tomonidan 1920-yil 26-fevralda amir hukumatining talabi bilan yozilgan amir va 

rus  hukumati  iqtisodiy  aloqalariga  oid  to’la  bo’lmagan  hisobot  keltirilgan.  Bu 

hisobotda  amir  tomonidan  rus  savdo  va  sanoatiga  kiritilgan  mablag’larning 

miqdori quyidagicha bo’lgan 

Rus  banklari  bilan  rus  shirkatlari  o’rtasida  yaqin  aloqada  bo’lgan 

shirkatlardan  biri  I.Staxeev  shirkati  edi.  S.  Xolboyevning  yuqoridagi 

monografiyasida keltirilishicha, Sayyid Olimxon o’z boyligini Rossiyadagi katta 

tadbirkorlarga berib, oltin va boshqa qimmatbaho toshlardan iborat maxsus fond 

tashkil  etadi,  hatto  Gollandiyada  qimmatbaho  toshlar  savdosini  yo’lga  qo’yadi. 

Rossiyadan  asosan  metall  keltirilgan.  Inqilobdan  oldin  Rossiyada  uning 

boyligidan  foydalanuvchi  katta  bir  fond  ham  paydo  bo’ladi.  Bunga  taxminan 

1914-yilda Rossiya Tashqi ishlari vaziri do’stining akasi oxirgi yillarda Rossiya 

                                                             

1

 Amonova F. Buxoro-Rossiya iqtisodiy aloqalari tarixiga bir nazar. T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston 



Milliy kutubxonasi nashriyoti.  2011.  -B.17. 


34 

 

moliya sarmoyasi (kapitali) rivojlanishiga katta hissa qo’shgan taniqli tadbirkor 



A.A.  Neratov  vositachilik  qiladi.  U  orqali  Buxoro  amiri  Sayyid  Olimxon 

o’zining shaxsiy boyligini hissadorlik asosida Staxeevning firmasi korxonalariga 

uch  bosqichda  o’tkazgan».  1917-yilga  kelib,  Rossiyaga  Buxoro  amiri  kiritgan 

investitsiyalarning  umumiy  miqdori  oltin  hisobida  42,5  million  so’mga  etgan. 

I.Staxeev  esa,  amirdan  olgan  pullarga  Rossiya  to’qimachilik  sanoatining  bir 

necha  yirik  korxonalarini  sotib  olgan.  Bularning  qatorida  gigant  Neva 

manifakturasi  ham  bo’lgan.  Amir  bilan  I.Staxeevning  oldi-  berdi  muomalasi 

Rus-Osiyo banki hamda Birlashgan bank orqali amalga oshirilgan. 1916-yilning 

kuzida  I.Staxeev  shirkati  Buxoro  hukumatiga  konsern  (kapitalistik  sanoat 

transport  savdo  korxonalari  va  banklarning  umumiy  rahbarlik  ostidagi 

monopolistik  birlashmasi  -  A.F.)  tuzish,  ya’ni  Buxoro  yerlarda  sanoatning 

foydali  tarmoqlarini  rivojlantirish  va  savdoni  yanada  yaxshilash  bilan 

shug’ullanishiga imkon berish taklifini kiritdi. 

Shirkat  amirlikda  o’z  faoliyatini  mahalliy  va  texnik  xom  ashyoni  qayta 

ishlash uchun sanoat korxonalarini qurishdan boshlashni mo’ljallagan. Har yili 2 

mln.  pud  atrofida  bug’doyni  tortadigan  bir  necha  tegirmon,  yog’-moy  zavodi, 

jun  to’qish  fabrikasini  qurishni  mo’ljallaydi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki, 

I.Staxeev firmasi uchun nihoyatda qulay sharoit yaratilgan

1



Tilga  olingan  yuqoridagi  hujjatlarda  I.Staxeev  korxonasi  1928  yilgacha 



saqlanib  qolgan.  Rus-Osiyo  banki  boyligining  katta  qismi,  butun  o’z 

boshqarmasi  bilan  birga  I.Staxeevning  tasarrufida  bo’lgan».  Bu  yirik  rus 

korchaloni  korxonalarining  Markaziy  boshqarmasi  Parij  shahri  (Fransiya)da 

bo’lgan  ekan.  Yuqoridagi  hujjatlarda  qayd  etilishicha,  amir  Sayyid  Olimxon 

tomonidan  Rossiyaga  kiritilgan  sarmoyalardan  tushgan  foyda  (dividend)ning 

ma’lum  bir  katta  qismi  Parijdagi  bankka  ham  oqib  o’tib  turgan.  Shuni  ham 

aytish  kerakki,  Rossiya  banklari  amirning  sarmoyasini  muomalaga  kiritib  katta 

foyda olganlar. 

                                                             

1

 Muhammadjonov.A.  Ne’matov. T.   –T. Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tizimiga doir bazi 



manbalar. O’z. CCR fanlar akademiyasi nashriyoti. 1957. –B.13. 


35 

 

Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari asosan 2 ta yo’l bilan olib 



borilgan. Ular Orenburg va Sibir yo’nalishi sanaladi. Shundan Orenburg ayniqsa 

ahamiyatli sanaladi

1

. Katta tadbirkor A. A. Neratov Volga-Bugulma temir  yo’li 



qurilishi  boshqarmasi  raisi  bo’lgan.  U  biznesmen  sifatida  Buxoroda  bir  necha 

marta  bo’lib,  amir  bilan  yaқindan  aloqa  bog’lagan.  Bevosita  uning 

vositachiligida  amir  Rus-Osiyo  savdo  banki  orqali  Rossiyaning  Katta  Rus 

qog’oz  ishlab  chiqarish  fabrikasiga  33  million,  Rus-Buxoro  banki  tashkil 

topishiga  2,5  million,  Rus-Buxoro  aksionerlik  (hissadorlik)  jamiyatiga  ham  2,5 

million,  Buxoro  temir  yo’li  qurilishiga  esa,  3,5  million  oltin  hisobida  sarmoya 

o’tkazgani  hujjatlarda  qayd  etilgan.    Ikkinchi  katta  korchalon  I.Staxeev  amir 

Sayyid Olimxondan 8 foiz xisobida kreditga olgan 25 million  oltin pulni Neva. 

Shuya,  Shibanov  va  Staro-Gorkin  manufakturalariga  sarflab,  ularni  oyoqqa 

turg’izgan

2

. Bular esa, o’z o’rnida yaxshi faoliyat yuritib, Rossiyaga milliardlab 



moddiy  foyda  keltirgani,  shuning  bilan  birga,  uning  iqtisodi  taraqqiyotiga  katta 

hissa  qo’shgani  ham  aniq  ko’rinib  turibdi.  Boshqacha  qilib  aytsak,  amirlik 

xazinasi  Rossiyada  «kapitalizm»  rivojiga  sezilarli  darajada  madad  bergan. 

Tashkil  etilgan  bunday  shirkatlardan  Buxoro  amirligi  xazinasiga  ham  katga 

daromad  tushadi.  Shuning  bilan  birga,  mahalliy  aholi  ish  bilan  ta’minlanadi 

hamda  xom-ashyo  va  yer  sotishdan  ham  manfaatdor  edi.  Shu  bilan  bir  qatorda, 

1912-yilda  Samarqandda  “Manafaktura  aksiyadorlik  jamiyati”

2

,  “Yasyulinsk 



shirkati  ,  “Albert  Byubnera  chit  manifaktura”  shirkati,  Galkina  va  Sharevsk 

savdo uylari ochilgan. Shu tariqa rus banklari va savdo firmalari paxta sanoatida 

egalik  qila  boshlaydi.  Natijada,  paxta  etishtirishni  ko’paytirish  uchun  aholiga 

mayda  kredit  berish  yo’lga  qo’yiladi.  Rossiya  davlat  bankining  Buxorodagi 

bo’limlari  aholiga  6-8  hatto  10%gacha  kredit  bera  boshlagan.  Rossiyaning 

iqtisodiy  choralari  natijasida  Buxoro  va  O’rta  Osiyo  sanoati  va  tashqi  savdosi 

                                                             

1

 Muhammadjonov.A.  Ne’matov. T.   –T. Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tizimiga doir bazi 



manbalar. O’z. CCR fanlar akademiyasi nashriyoti.1957.  –B.11. 

2

 Amonova F. Buxoro-Rossiya iqtisodiy aloqalari tarixiga bir nazar. T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston 



Milliy kutubxonasi nashriyoti.  2011.  -B.19. 

 

 




36 

 

to’liq Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan bo’lgan. Bu imperiyaning iqtisodiy 



mustamlakachilik  siyosatini  Buxoro  amirligida  batamom  amalga  oshira 

olganligidan  dalolatdir.    1920-yil  2-sentabrda  bolsheviklar  rahbarligidagi 

Turkiston  fronti  qo’shinlari  tomonidan  Buxoro  amirligi  tugatilib,  uning  o’rniga 

Buxoro  Xalq  Sovet  Respublikasi  tuzilgandan  keyin  ham,  o’lkadagi  faoliyat 

ko’rsatib kelayotgan shirkat  va aksionerlik jamiyatlari paxta  yetishtirish va uni 

sotishga  xizmat  qilgan.  Shu  tufayli  Buxoro  paxta  yetishtiriladigan  maydonga 

aylangan.  Buxoro  respublikasi  paxtachilikda  Rossiya  mavqeini  kuchaytirish 

maqsadida  1923-yil  “Rus-Buxoro  davlat  paxta  shirkati”ni  tashkil  etdi

1

.  Bu 


shirkatning  asosiy  vazifasi  Buxoroda  paxta  etishtirish  hamda  paxta  sanoatini 

tiklash,  Buxoro  paxtasini  xususiy  va  yakka  tartibdagi  olib-sotuvchilardan 

himoya  qilish  edi.  Chorvachilikni  tiklash  va  nazorat  qilish  maqsadida  eksport 

bo’yicha  ikki  shirkat  tashkil  qilindi.  Ikki  shirkatning  umumiy  mablag’  fondi  2 

mln. so’m (sovet puli) edi. Bunga ham qanoat hosil qilmagan markaz mintaqada 

O’rta  Osiyo  respublikalari  iqtisodiyoti  boshqaruvini  markazlashtirish  va  uni 

nazorat  qiluvchi  organ  tashkil  etishni  mo’ljalladi.  Shu  maqsadda  1923-yil  5-9-

martda  O’rta  Osiyo  respublikalari  iqtisodiy  konferensiyasida  O’rta  Osiyo 

Iqtisodiy  Kengashi  tuzildi.  Konferensiya  qaroriga  ko’ra,  BXSR  Mehnat  va 

Mudofaa kengashi  Buxoro  Iqtisodiy  Kengashiga aylantirildi. Iqtisodiy Kengash 

Buxorodagi  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishda  Markazning  “ko’z  va 

qulog’i" vazifasini bajardi. Bu kengash iqtisodiyotning barcha sohalarida amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  yuzasidan  hal  qiluvchi  ovozga  ega  edi.  Buxoro 

Iqtisodiy  Kengashi paxta xomashyosining davlat  ixtiyoriga  o’tashini  ta’minlash 

va  yakka  tartibda  olib-sotarlardan  himoya  qilish  lozim  edi.  Misol  tariqasida 

1923-yil 11-iyuldagi kengash majlisida ko’rilgan masalalardan biri BXSR Savdo 

Nozirligi  Turkiston  bosh  paxta  qo’mitasiga  jo’natilgan  paxta  uchun  order 

berishni,  omborlarda  qolgan  paxta  BXSR  Savdo  nozirligi  tomonidan  Turkiston 

                                                             

1

 Amonova F. Buxoro-Rossiya iqtisodiy aloqalari tarixiga bir nazar. T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston 



Milliy kutubxonasi nashriyoti.  2011.  -B.20. 

 



37 

 

paxta  qo’mitasiga  ikki  oy  davomida  zudlik  bilan  jo’natilishi  va  bu  haqda 



Moskvaga  telegramma  orqali  xabar  berish  ta’kidlangan.  1924-yil  10-fevralda 

o’tkazilgan  navbatdagi  kengash  majlisida  paxta  ekiladigan  maydonlarni 

kengaytirish  maqsadida  dehqonlarga  1  mln.  so’m  (sovet  puli)  miqdorida  qarz 

berishga qaror qilindi. Bu vazifa O’rta Osiyo Qishloq Xo’jalik banki zimmasiga 

yuklatildi.

 

  Shu  yilning  21-fevralida  o’tkazilgan  kengash  majlisida  O’rta  Osiyo 



Qishloq  xo’jalik  bankining  Buxorodagi  bo’limi  Sharqiy  Buxoroda  450  ming 

so’m  (sovet  puli)  miqdorida  mablag’ga  egalik  qiluvchi  20  ta  shaxobchasini 

ochish  haqida  qaror  chiqardi.  Sharqiy  Buxoroga  ajratilayotgan  mablag’ni 

kengashning  o’zi  viloyatlarga  taqsimlab  chiqdi.  Buxoro  va  Rossiya  o’rtasida 

bojxona  bitimi  ham  imzolangan.  Bunga  ko’ra  bir  hududdan  boshqa  hududga 

bojsiz savdo qilingan

1



1923-yil 24-oktabrdagi Buxoro Iqtisodiy Kengashi majlisida mavjud Buxoro 



Davlat  tikuv-yigiruv  fabrikasiga  “Qizil  Sharq”  deb  nom  berildi.  Unga 

A.A.Belyakov  direktor  etib  tayinlandi.  A.A.Belyakov  o’zining  ikki  o’rinbosari 

nomzodini Savdo nozirligiga taqdim etishi, 1923-1924 yillar mobaynida fabrika 

faoliyati va rejalari haqida hisobot berishi kerak edi. 

1923-yil  17-18-sentabrdagi  Buxoro  Iqtisodiy  Kengashi  majlisida 

Buxoroda  havo  flotini  qurish  va  O’rta  Osiyo  universiteti  fondiga  pul  o’tkazish 

haqida  to’xtalib  o’tildi.  Majlis  qaroriga  ko’ra,  Buxoro-Xiva-Sharqiy  Buxoro 

yo’nalishida  havo  flotini  tashkil  etish  masalasi  ko’rilib,  Sokolov,  Geylig  va 

Golovinlardan iborat uch kishilik komissiya tuzildi. Ularning zimmasiga olti kun 

ichida  havo  reyslari  rejasini  ishlab  chiqish  vazifasi  yuklatilgan.

 

Viloyatlar 



xo’jalik  hayotini  boshqarish  va  yo’lga  qo’yish  maqsadida  viloyat  iqtisodiy 

kengashlarini tashkil qilish ko’zda tutiladi. Shu maqsadda birinchi navbatda Eski 

Buxoro,  Chorjuy  va  Karmanada  viloyat  iqtisodiy  kengashlari  tashkil  qilindi 

hamda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  uchun  Iqtisodiy  Kengash  o’z 

vakillarini  bu  viloyatlarga  yubordi.  Xulosa  qilib  aytganda,  Buxoro  Iqtisodiy 

                                                             

1

 Shodiyev.J.M. Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi. T.  2010. –B. 48. 




38 

 

Kengashi  BXSRdagi  ijtimoiy  va  iqtisodiy  sohalardagi  isloxotlarni  amalga 



oshirishda  oliy  boshqaruv  organi  hisoblangan  hamda  markaz  va  O’rta  Osiyo 

kengash  ko’rsatmalariga  amal  qilgan.  Shu  orqali  BXSRda  sovet  tuzumini 

o’rnatilishi va markazga bo’ysunishida jonbozlik ko’rsatgan. 

Chor Rossiyasi amirlikni faqat iqtisodiy jihatdan emas balki siyosiy jihatdan 

ham  kuchli  nazorat  ostida  saqladi.  Bu  sohada  Rossiyaning  Buxorodagi  siyosiy 

agentligining  faoliyati    yaqqol  misol  bo’la  oladi.  1873-yilgi  Rus-Buxoro 

“Do’stligi”  to’g’risidagi  sharnomaga  binoan  1886-yili  yanvarida  Imperator 

Aleksandr  III  farmoni  bilan  Buxoro  amirligida  Rossiyaning  siyosiy  agentligi 

tashkil  etildi.  Agentlikni  siyosiy  agent  boshqarib,  tashqi  ishlar  vazirligi 

tomonidan tayinlangan. Rossiya siyosiy agentligi 1910-yildan boshlab Turkiston 

general  gubernatorligiga  bo’ysunadigan  bevosita  Rossiya  Harbiy  va  Tashqi 

ishlar  Vazirligiga  itoat  etadigan  bo’lgan.  Demak,  siyosiy  agentlik  harbiy 

tashkilot vazifasini o’tardi. Amir hukumati Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan 

olib  boradigan  aloqalari    va  muhim  ichki  tashqi  siyosat  masalalarini  siyosiy 

agentlik  bilan  maslahatlashib  yuritishga  majbur  bo’lgan.  1903-yil  5-mayda 

Nikolay  II  Rossiya  imperatorlik  siyosiy  agentligining  “Huquq  va  burchlari” 

to’g’risidagi qonunga imzo chekdi

1

.  Shunga  binoan  siyosiy  agentlikka:  amir  va 



uning  vazirlari  ustidan  nazorat  ,  Afg’oniston  chegarasini  kuzatib  turish,  gazeta 

va teatrlarni senzurasi, Xristianlar huquqlarini himoya qilish, Zarafshon suvining 

taqsimoti,  kasalxonalar  qurulishi,  pochta-telegrafni  nazorat  qilib  turish 

yuklatilgan. Rossiya siyosiy agentligi amirning “yaqin maslahatchisi” hisoblanib 

faqat  Rossiya-Buxoro  munosabatlari  masalalarida  emas  balki  ichki  siyosat  va 

hatto  lavozim  va  vazifalarga  tayinlashda  ham  asosiy  rol  o’ynagan.  Siyosiy 

agentlik  nafaqat  Qo’shbegi  yoki  Qozikalanni  balki  katta  beklarning  begi  va 

qozikalonlarini  ham  tayinlashda  taklif  va  roziliklar  bergan.  Hatta  mang’it 

amirlarining  so’ngi  vakili  Said  Olimxon  ham  (1911-1920)  Rus  podshosining 

                                                             

1

 Rashidov U, Rashidov O’ Buxoroning Rossiya bilan  iqtisodiy va siyosiy munosabatlari tarixidan (1900-



1925y.y).  Buxoro.: Buxoro 2013,  -B. 26. 

 

 




39 

 

roziligi, siyosiy agentlikning taklifi bilan taxtga o’tirgan. Chunki Olimxon 1891-



1896-yillari  NikolayII  saroyiga  qarashli  Nikolayevskiy  kaded  korpusida 

polkovnik Demin rahbarligida tarbiyalandi. 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish