I bob. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turkistonda ijtimoiy-pedagogik jarayon va jadidchilik



Download 0,57 Mb.
bet10/12
Sana11.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#442495
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
munavvar qori abdurashidxonovning mar

sh, q va boshqa istalgan harflarni misol qilib olish mumkin. N harfini urgatish va uni tanitish uchun nota, non, ona, tona, bon, ton, nop va xokazo so’zlarni keltiradi. SH harfini tanitish uchun shodon, yashar, tosh, bosh, osh kabi so’zlarni keltirib o’tadi. Muallif K harfini tanitish maqsadida so’z boshida kelishiga misol qilib qozon, qor: so’z o’rtasida keladigan soqol, boqar; so’z oxirida keluvchi oq, choq va xokazo so’zlarni tanlaydi.
Quyida kitobda keltirilgan harflarga misollardan ba’zi- larini aynan keltiramiz. Kitobning 3-betida keltirilgan quyidagi harflarga misollar berilgan: ro, re, or, bor, dor, yor, nor, tor, kar, ora, bora, yora, doro, tara, pora, yo- rar, borar, torar, otar, totar, yotar, yonar, zo, ze, oz, boz, yoz, noz, zod, zon, zoy, ozar, bozor, yozar, oraz, ozod, yozay, tarab, yorat, so, sin, os, noy, pos, boy, soz, son, sot, osay, yosar, sotar, nosoz, oson, sanab, yasab, bosay, sotayt sanay,
Muallif harflarni yuqoridagi tarzda tanishtira borib, keyin bosh harflar yozilishini ham alohida ko’rsatadi. SHu tarzda «ng» yozilishini tushuntiradi va unga misollar keltiriladi. Masalan: zang, jang, gang, lang va xokazo so’zlar keltira­di. « Oxirgi harflar» sarlavxasi ostida berilgan misollarda harflarning oxirida yozilishiga misollar keltiriladi. Muallif fikricha, «Harflar kalima oxirida kelsalar, «oxirgi harf « atalub, bu ravishda yozilur». Bunga quyidagicha misollar yozilgan:
Ta’b, biz, til, Sobirjon. Tolib, Obid, Nosir, Sakich, olim, Sokit, ochik, ran ham keltirilgan: Bolalar, yozuvlaringizni turri yozingiz, kurkam bulur.
Darslikdagi O’rta harflar»caplavxasi ostida ham yuqoridagi kabi misollar keltiriladi. Sarlavxadan keyin shunday yozil­gan «Kalima o’rtasida yoziladurgon harflar O’rta harflar atalub shu ravishda yozilurlar». Bunga quyidagicha misollar kelti­riladi»: kitob, chinora, tez, bet, kech, kel, ketdingiz, tegdingiz, ko’rganimni birin-birin aytdim, endi uxla, bolam deb chikib ketdilar, sungra uxladim». Ko’rinayaptiki, muallif o’rtada katnashadigan harflarga misollar keltirish borasida avval kichik so’zlardan, keyin kuprok harflar katnashgan shu so’zlardan foydalanib, kunikma xosil qiladi.
Muallif arab alifbosiga xos bo’lgan belgi-alomatlarni ham birma-bir tushuntiradi va unga misollar keltiradi. Ular bir belgini tushuntirishda eng avvalo belgining qoidasi, keyin un­ga so’z orkali misollar keltiriladi. Ba’zi belgilarni tushun­tirishda kichik-kichik xikoya yoki matn beriladi, Jumla- dan,»fatxa» va «sukunlik»kalimalari sarlavxasi ostida arab alifbosiga xos bo’lgan sukun alomati tushuntiriladi: «Sukun alomati»sukunlik harflar o’zlaridan avvalgi harflarga qushilib, harakatsiz o’qilurlar». Muallif bunga quyidagi misollarni keltiradi: xak, kam, kalam, malak, agar, A’zam, Akbar, Zaynab, Mashrab va xokazo.
SHu bugin belgisini ifodalash uchun «Xasan», «Maktab.» sarlavxali kichik matn beriladi. Masalan: Maktab nomli matn quyidagicha:
Maktab kub yaxshi joydur, bolalarning har-xil ilmu-adab o’rganado’rgan joylari maktabdur, shuning uchun maktabda o’qigan bolalarning hammalari odoblik bulurlar. Ota-onalarning so’zlaridan aslo chikmaslar, Kuchalarda ko’ringan kishilarga sa­lom berurlar, utirgan bo’lsalar, o’rinlaridan tururlar, maktabda o’qimagan bolalar odobsiz bulurlar, har kim ila urushib, sukunib ota-onalaridan va boshqa kishilardan ham yomon so’zlar eshiturlar, hammaning ko’ziga ham yomon ko’rinurlar, kiyimlari ham yirtix va iflos bulur».
Darslikning «zammalik harflar», «tashdidlik harflar», «hamza», belgi-alomatlari ham birin-ketin, asta-sekin tushuntiriladi. Bundan keyin darslikda berilgan ma’lumotlar ham birdan matn bilan boshlanmaydi. Bu yerda inson, xayvonot, tabiat, osmon va boshqa ijtimoiy hayotdagi mavjud eng kerakli narsalar nomma-nom sanalib, sarlavxa ostida beriladi. Masa­lan, «A’zolar», “Turt yokli xayvonlar” “Kanotli xayvonlar”, «Daraxtlar», «Erdagi narsalar», «Osmondagi narsalar», «Zamonlar», «Maktabdagi narsalar», «Kiyimlar», «Islom shaharlar», «Islom sinflari», «Diniy kalimalar», «Allox taologa itoat», «Ota-onaga itoat», «Ukumok», «Uxigan kishi», «Uxima- gan kishi», «Xikoyalar», «Axmad ila Kodir» «Yolgonchilik ja- zosi», «Baxillik jazosi» kabi matn va xikoyalar keltiriladi. Avvalo muallif har bir narsani nomlar bilan atab bolalarning nutqini ustirish uchun quyidagi inson a’zolarini sanab o’tadi: «Bosh, soch, peshona, xosh, ko’z, kiprik, burun, til, tish, tanglay, kulox, dimog, chakka, jar, puna, gardan, tamox. buyin, xultik, tirsak, xul, tirnok, bilak, kukrak, Qorin, kindik, yonbosh, son, tizza, ilik, oyoq, ko’z ko’rsa, xul tutsa, o’qimox, yozmok, bir til burun, ikki eshitib bir so’zla degani-dur».
Boshqa yuqorida keltirilgan sarlavxa ostidagi so’zlarning har biri bolalarning turli narsalardan xabardor bo’lishiga karatilgan. Agarda «A’zolar»sarlavxasida insonga oid narsa- lar to’g’risida aytilsa, “Qanotlik xayvonlarsarlavxasi ostida berilgan so’zlarda xayvonlarning turlari to’g’risida fikr yuritiladi. Osmondagi narsalar nomli sarlavxa ostida berilgan so’zlarda osmon jismlari to’g’risida fikr yuritiladi. SHu tarika o’quv chilarning bilim saviyasi va nutq doirasini oshirish maqsadida muallif inson xabtidagi muxim jixatlar to’g’risida misol­lar keltiradi. Masalan: «Islom shaharlariisarlavxasi ostida quyidagi shaharlar sanab utiladi:
«Makka, Malina, Jidda, Istambul, Rum, SHom, Bordod, Fors, Xindiston, Eroniston, Turon, Tabriz, Kobil, Afgoniston. Balx, Boku, Marv, Buxoro, Turkiston, Samarkand, Toshkent, XUkand, Xujand, Marrilon, Andijon, Namangan, CHuet, Ush, Koshgar, Yorkent, Jizzax, CHimkand, Avliyo ota, Marki, tukmok, Okmasjid, Xazali, Urunburr, Ufa, Kozon, Krim, Bogchasaroy, Musulmonlarning kiblalari bo’lgan Baytullillox, Makkai Mukarrama shahridadur. Payg’ambarimiz Muhammad Alayxissalomning kabr shariflari Madinai Munavvara shahridadur. SHul sababli Makka ila Madina biz musulmonlar uchun eng muborak sanalgan shaharlardur».
Darslikda har bir berilgan sarlavxa ostida harflarning nomlanishi va matnlarga tartib sonlari kuyib chiqilgan. Bu KUyilgan tartib sonlarining hammasi 105 tadan iborat. Yetmish beshinchi tartib sonidan sakson sakkizinchi tartib soni ora- lirida KUyilgan sarlavxalarda inson xaetiga kerak bo’lgan narsalarning faqat nomlari sanaladi. Sakson sakkizinchi tar­tib sonidan tukson yettinchi tartib sonigacha “Diniy Kalimalar” «Allox taologa itoat, “Ota-onalarga itoat”, «O’qigan kishi», «O’qimagan kishi», «Xikoyalar», «Axmad ila Kodir», «Yolgonchilik jazosi». «Baxillik jazosi» sarlavxalari ostida matnlar berilgan. Mana shu matnlar hammasi axloxiy-tarbiyaviy tomonga haratilgan. Agar sakson sakkizinchi tartib sonigacha bolalarning nutxini ustirish uchun narsalar- ning nomlari sanab utilgan bo’lsa, sakson sakkizinchi tartib sonidan ,boshlangan matnlarda ma’lum bir kichik matn ostida o’quvchiga tushuncha beriladi. Masalan, «Ota-onaga itoat» matnida shunday so’zlar bor: «Ota-onaga va xeshu-akrabolarga ham itoat qilib, ularni yaxshi kurmak va ularga ham o’zini yaxshi kurdurmak kerakdur, har bola ota-onasini so’zlarini va nasixatlarini kulsgiga olib, ko’rsatgan yo’llaridan chixmasdan, uximok, yozmokga kup harakat qilsa, ota-onasiga itoat kilgoni va ularni o’zidan rozi kilgoni bulur. SHunday bolani hamma odamlar yaxshi kurarlar».
Mana shu sarlavxa ostida berilgan matnlar kitobning ik- kinchi xismini tashkil xiladi. Bunda alifboni o’rgangan va jumla tuzishni bilgan bolalar shu kichik matnlar orkali tarbiyaviy va axlokiy kunikma xosil xila borganlar. Ular o’qishning ma’- nosini o’zlashtirib yaxshilik va yomonlik xakida, xisxa bo’lsa ham, ma’lumot olishgan. Agar «Yolgonchilik jazosi», «Baxillik jazosi», matnlarida yolgonchilik va baxillikning nima ekanligi bola tarbiyasi bilan boglab tushuntirilsa,»Uxigan kishi», «O’qimagan kishi» matnlarida berilgan xikoyalarda uxigan va o’qimagan bola qanday bo’lishi tushuntiriladi. Jumladan, «Ukumagan kishi»sarlavxali xikoyada quyidagi fikrlar bildirilgan:
«O’qumagan kishini joxil va nodon derlar, joxil va nodon kishini xudo xoshida ham, xalq koshida ham e’tibori bulmas, so’ziga hech kim xulok solmas, bir kitob yo bir gazetani qo’liga olsa, ichidagi turli-turli so’zlar. yaxshi xabarlardan hech birini o’qiy olmas. Har kancha tiqilsa ham ko’ziga kora-kora chi- ziklardan boshqa narsa ko’rinmas, oxirida dikkat bo’lib, ox yesh- ligimda o’qisam bularkan deb pushaymon kilur. Ey uglonlarim, siz ham shu vaqtdan jonu-dilingiz ila o’qishga yopishmasangiz, dunyo va oxiratning izzat va sharofatidan kuruk kolib, odamlar orasida joxil va nodon nom kutarursiz».
Darslikning uchunchi kismiga quyidagi jixatlarni kiritishi- miz mumkin. Bunda muallif insonning yaratilishi, jamiyat va sha­riat qoidalari, kunlar, oylar ularning arabcha, ruscha. rumcha nomlanish, fasllar xakida, xijriy tarix va melodiy tarix xakida, jug’rofiya fani to’g’risida, islom dini qonun-qoidalarida shart va farzlar to’g’risida, o’quv chilar nutqi va saviyasini ustirish maqsadida savol-javob tariqasida foydali ma’lumotlar berilgan.
Savol-javob tariqasida kengrok ma’lumot berishiga karab, bu matnlarni kitobning uchinchi kismi deb ajratdik. Bunda tukson yettinchi tartib sonidan boshlangan savol-javoblar bir yuz beshinchi tartib soniga borib tugaydi. “Savol xavoyiji diniya” «Sanai Kamariya», «Sanai SHamsiya», «Oy yili», « Yillar- ning boshlari», «Fasllar», «Tarixi xijriya va tarixi melodiya , «Jug’rofiya», «Amaliyot farzlari» kabilar shu jumladan Masalan, “Sanai qamariya” «Sanai SHamsiya» sarlavxasi ostida quyidagi savol-javoblar berilgan:
Sanai Kamariya nima degan so’z?

  • Oy yili degan so’z.

  • Sanai SHamsiya nima degan so’z?

  • Oftob yili degan so’z?

  • Oy yili ila bir yil necha kundur?

  • 354 kundur.

  • Oy yili nimadan xisob qilinur?

  • Har oyning tugilishidan xisob kilinur.

  • Oftob yili nimadan xisob kilinur?

  • Oftobning yurishidan xisob kilinur.

  • Oy yili nima uchun yuritilur?

  • Din ishlari uchun.

  • Oftob yili nima uchun yuritilur?

  • Darsviy ishlar uchun yuritilur.

Ko’rinayaptiki, muallif o’quv chilarga o’zi yashaetgan kun va oy hamda yillar to’g’risida dastlabki tushunchalarni bera boshlaydi. Keyingi har bir savol-javob ham o’quv chi o’rganishi zarur bo’lgan ma’lumotlar beriladi Bu ma’lumotlar bugungi kun o’quv chisi uchun ham vokealikni tushunishda ahamiyatga ega.
Darslikning keyingi tartib raqamli savol-javoblarida ham turli fan va amaliyotga oid ma’lumotlar berilgan,
Kitobda savol-javoblardan keyin « Kalimai shaxodat» , «Iymon», « Duo», « Ruzaning arabcha niyati'1 va boshqa sarlavxalar ostida shariatga oid kichik kalimalar keltirilgan.
Kitobning eng kimmatli tomoni yana shundan iboratki, « Sababi tarbiyat», « Tartibi ta’lim « sarlavxalari ostida kitob­ning sunggi kismida muallif o’z maktabining tarbiyasi, tarti­bi, ta’limi to’g’risida fikr yuritadi.
Munavvar Qori «Sababi tarbiyat» sarlavxasi ostida Tur­kiston ulkasida bolalarga o’quv va yozuvni urgatishda usuli ja- didning foydali tomoni xakida fikr yuritadi. U usuli qadim va usuli savtiyani solishtiradi. Yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yo’qligidan kuyunib so’zlaydi. Turkistondagi Istambul, Misr, Kozon va boshqa musulmon ulkalaridan muallimlar kelib, maktab ochish uchun amaliy harakatlar qilganligini alohida ta’kidlaydi.
Munavvar Qori shunday yozadi: « Savtiya bolalarga harflarni
ovozlari ila tanitmok . Uxilgan so’zlarni yozdirib, ma’nosini bildirmox. Bedil, kabi Forsiy va mushkul kitoblarning badaliga e’tikod, imlo, xusnixat, ilmi xol, xisob, tarixi islom, jurrofiya, xandasa. kabi diniy va darsviy ilmlarni har kim™ ning o’z tilida yozilmish kitoblaridan uxitib, bildirmokdan iborat ekanini bilib. har birlarining kungillariga usuli savtiyani .qaytadan kabul etmok fikri tushdi.»
Muallif oxirgi jumlalarni usuli savtiyaning xulayligini anglayotgan atrofdagi kishilarga karata aytgan edi. U « usuli jadid»maktablari uchun alifbo kitoblari zarurligini ta’kidlaydi. Xuddi shu majburiyat ushbu kitobni yuzaga chikarishga da’vat etganidan so’zlaydi. Munavvar Qori “Adibi avval kitobni muallimlarga takdim etayotganini aytib, agarda taklif va muloxazalar bildirilsa, ikkinchi nashrda albatta inobatga olishi va kitobning nuksonsizrok chikajagini ta’kidlaydi,
«Adibi avval» kitobning yakuniy matni Tartibi ta’lim» deb nomladanadi. Bu matndan Munavvar Qori maktabning ta’lim muddati, qanday fanlar o’qitilishi, bolalarni uxitish jaraenida xanday qoidalarga amal xilinishi to’g’risida ma’lumot olish mum­kin. Muallifning o’zi « Usuli savtiya» maktablarining taxsil muddati 4 yilligini alohida xayd etgan. Bu turt yilda kuyi- dagi fanlar o’qitilishi ta’kidlanadi: o’qimoq, yozmoq,e’tixod. ibodat, muomala darsi , imlo, insho, xususiyat, qiroat, Ku’on, Tajvid bilan madxali jug’rofiya, axloq, islom tarixi , xisob va xokazolar.
Munavvar Qori maktabga ilk kelgan bolaga avvalo bismillo va kalimai iщodatni uxitib, qo’liga daftar bilan kalam bergan. Bir xafta davomida o’quvchi qo’liga kitob bermay, alifboni yozdirgan. SHundan keyin uning qo’liga alifbo kitobni berib, dastlabki harfdan boshlab o’qita boshlagan va yozdira boshlagan.
Uning yozishicha, har bir harfni urgatayotganda mualim divdat bilan. o’z maxoratini ishga solmogi lozim. Muallim har bir sabokni kora taxtaga oq bur bilan yozib berishi kerak. SHu taxtaga yozilgan sabokni bolalar bir soat takrorlashi zarur. Keyin bolalarning o’zlashtirishiga karab, berilgan sabokni kitobdan 10-15 marta kuchirib yozishga da’vat kilmogi kerak, Ertasi kuni, yangi sabok berishdan avval muallim topshirigini kim kay darajada bajargan yoki bajarmaganligini o’quv daftar- larini tekshirish orkali ko’rgan. Kimda kim topshirikni bajarma- gan yoki kam bajargan bo’lsa, unga o’qishdan keyin kolib, tayyorlatish jazosi qo’llangan. O’qituvchi yangi sabokni berishdan avval kechagi yozdirgan sabogini bolalarning o’ziga o’qittirgan. SHuidan sung so’zlarning ma’nosini ham og’zaki ravishda aytib beri­shi suralgan.
Munavvar Qori muallim bolalarga shirin so’zli, yaxshi muoma­lada bo’lishi zarurligini aytadi.
Muallif o’z darsliklarining har bir sonidan uning usuli va mazmunan takomillashib borishi yuzasidan ish olib borgan. Nati- jada «Adibi avval» yangi usul maktablari uchun nashr kilingan alifbo kitoblari orasida tuzilishi jixatdan puxta darajaga kutarilgan, SHu O’rinda Samarkandlik pedagog jurnalist Xoji Muinning «Adibi avval» xakida 1918 yilda bayon qilgan fikrini keltirish o’rinlidir: «Adibi avvali bir vaqt shunday yuzaki musoboka davrini kurib utdi. O’zining kamchiliklarini tuzatib keluv soyasida bu risola soxibi shu musobakadan sung ham bi- rinchilik darajasini olib quydi.
Xullas, XX asrning birinchi un yilligida paydo bo’lgan Mu­navvar Qorining « Adibi avval» asari yangi usuldagi maktablar
uchun o’ziga xos ravishda yaratilgan asar bo’ldi, U o’zidan oldin yaratilgan darsliklardan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Agar Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» darsligida alifbo matnlar va tarjimalar ham qo’llangan bo’lsa, Munavvar Qorining «Adibi avval» asaridagi barcha matnlar muallif tomonidan tu­zi lgan .
Jadidchilik harakatining tanixli tadxixotchisi, professor Begali Kosimov « Adibi avval» kitobi xaqida quyidagi fikrni aytadi:» Adibi avval kitobining asosiy mazmunini diniy ma’lumot egallaydi..
SHuni alohida aytish kerakki, yozilgan asarga, darslikka o’z davri nuqtai-nazaridan turib munosabat bildirmox lozim, Mu­navvar Qorining yaratilgan ushbu darsligi davrning talabi nuqtai-nazaridan yozilgan. Kolaversa, Munavvar Qori imom va xori edi. « Adibi aval» darsligida ilm, maktab, tarbiya, axlox borasidagi fikrlar shariat qoidalariga boglab tushuntiriladi. Bu darslik bugungi kunda ham o’quvchiga, xolaversa, barchaga kerakli va foydali ma’lumot beradi.
Munavvar Qorining ma’rifiy-pedagogik merosini o’rganishda biz usha davr talabi bilan nashr etilgan «Alifbo « va darsliklarni taxlil xilganimizda quyidagi xoidalarga amal qildik:
L «Alifbo» va darsliklar xurilishida til sofligi, ular­ning jamiyat taraxxiyotiga mosligi ;

  1. Oddiydan murakkabga haratilganligi;

  2. Tabiat va jamiyat, turli fanlardan oddiy ma’lumot be­rilishi;

  3. Kurgazmali milliy, xududiy tasvirga ega ekanligi;

  4. Milliy va maxalliy materiallar bilan boyitilganligi;

  5. Tanlangan matnlar rivojlanuvchi va uzviy xususiyatga ega janligi:

7. Tanlangan matnlar barkamol inson tarbiyasiga mosligi. Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» darsligi 3 bo’limdan yaborat:

    1. Alifbo davri.

    2. Alifbodan keyingi davr.

    3. Savodxonlik uchun keltirgan turli mazmundagi matnlar, «Ustodi avval» da 23 ta she’r va xikoyalar berilgan. Ularning hammasi tarbiyaviy va didaktik xususiyatga ega.

Munavvar Qorining «Adibi avval» ida esa yuqoridagi tuzilish takrorlanib, 49 ta xikoya va she’rlar, matnlar berilgan.
Turkistonda garchi juda kup «Alifbo» lar yaratilgan bo’lsa- da, ular bir-birini tuldirgan va ijodiy rivojlantirgan. Ayniksa hamma alifbolarda rus klassik yozuvchi olimlarining xikoya va she’lari (Lev Tolstoyning «Ikki o’rtoq», I, A. Krilovning «Tulki bilan uzum», K. D. Ushinskiyning « chuloq bilan kur») matnlari nomi o’zgargan holda turli variantlarda keladi,
Munavvar Qorining «Adibi avval» kitobida ham Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval» singari «Maktab» , «Ilm», «Adab», «Yolgonchilik jazosi « kabi matnlar bir-biriga yaqin va yxuiair holda beriladi.
Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval « Munavvar Qorinin «Adibi avval» darsliklaridan sung unlab yangi dasrliklar yare tildi. Abdukodir SHakuriyning «Raxnamoi savod», P. A. Bide novning «Sullami avval», Abdulla Avloniyning «Birinchi mual­lim», Okilxon SHarofutdinov va Kumri Abdullaevalarning «Alif­bo» lari yuqoridagi alifbolar davomchisidir.
Okilxon SHarofutdinovning quyidagi alifbolari mavjud
1. «Alifb0»-1947yil.
2. “Alifbo-1953yil.
3. “Alifbo-1966yil.
Okilxon SHarofutdinov “Alifbo kitobida ma’rifat darg’alari yozgan alifbolardagi tartib xoidalarga rioya qilib, uni yan­gi matn va topishmoklar bilan boyitgan.
1993 yili Kumri Abdullaeva tomonidan yaratilgan «Alifbo» darslikning 8-nashri nusxasida esa, kitobning dastlabki yu saxifasi rasmlar bilan boshlangan, « saxifadan A,a harfi bi­lan boshlanib, archa, ayik, asal, ari so’zlari suratlarda be­rilgan.
SHu tarzda O, I, U, L, M, U harflari davom etgan. Harflar bilan birga so’zlar va 2-3 qatorlik kichik matnlar berilgan. Bundan tashhari bolalar uchun «Archa bayrami»kabi she’rlar, tez aytishlar berilgan. (Masalan: Bani gildirakni gildiratdi) Darslikda matnlar xajmi ortib, 4-10 qatorga yetgan.»O’zbekiston», «Jaxon bolalarining talabi», «Kanotli do’stlarimiz». «CHol bilan Buri» matnlar va «Baxtierlar xushigi», «Non», «Lo­la» kabi she’rlar shular jumlasidandir.
Munavvar Qori alifbosidagi «Turt oyokli xayvonlar» matni «Kanotli xayvonlar» matn bilan uxshaik Har ikkala darslik 3 guruxga bo’lib berilishi jixatidan ham uxshash. Lekin K. Abdullaeva «Alifbe» sidagi matnlarning nomlanishi va mazmuni sovet davrdagi bolalar tarbiyasiga xos tarzda moslashtirilib beril­gan. Jumladan Alifbening keyingi davri o’qish davrida keltiril- gan I matn bolaning nutq ustirishiga , fikrlash kobiliyati ri- vojlanishiga yordam bersada, ammo nomlanishi va mazmun jixatdan ta’lim olishga targ’ib etuvchi, bolalar axlokiy tarbiyasi, ota-bobolarimiz pand-nasixatlari, o’zbek milliy tarbiyasiga mos kelmaydigan matnlar berilgan. Buni quyida kurishimiz mumkin:
K. Abdullaeva «Alifbe1,sining o’qish bo’limida keltirilgan matnlar «Fazoga yo’l»”Alisher bilan bulbul”, «SHoir bilan shox». «Kuch birlikda»,»CHol bilan bu­ri «,»Nima yaxshi-yu, nima yomon?, «Yulduzlar kani buvijon?», «Kanotli do’stlarimiz”,»Jaxon bolalarining talabi «,»O’zbekiston».
Munavvar Qori «Adibi soniy»sining o’qish davrida keltiril­gan matnlar;
1. Ilmga maktabga, o’qish va yozishga, umuman,ta’lim olishga targ’ib etuvchi matnlar: «Ilm . maktab, ukumok, yozmak, Nazm.»
2.Axlokiy darslar deb nomlagan bo’limdagi bolalarni axlokiy tarbiyaga da’vat etuvchi matnlar: «Ota-ona, ««Bir ona- ning bolasiga muxabbati». «Tarbiyali bola», «SHafkat va marhamat», «Ali ila Vali», «Adab», ierof», «Baxil va saxovat», «Baxilning bogi kukarmas», «Molning kadrini saxiy bilur», «O’rinli saxovat», «Lofchi'CH «To’g’ri javob», «Yolgonchilik», «Yolgonchi bola», «To’g’rilik».
3. Munavvar Qorining «Adibi avval” ya’ni «Alifbo») darsligi esa, yuqorida ta’kidlanganimizdek, 3 guruxga bulingan: 1. Ilmga oid; 2. Axlokiy tarbiyaga oid: 3. Bolaning jamiyatdagi turli narsalardan xabardor qilishga oid matnlar, jumladan, ya’ni, «A’zolar» sarlavxali matnda bolalar nutqini ustirish uchun inson a’zolari sanab utiladi: bosh, soch, peshona, kosh, kuz, kifrik, chakka, burun, ogiz, til, tanglay, kulok, tir- nok, kukrak va xokazo. SHu bilan barcha inson a’zolarini pok saklashga karatilgan okilona nasixatlar beriladi. Bundan tashkari, «Xayvonlarning turlari» sarlavxali matnda xayvonlar- ning turlari to’g’risida fikr yuritiladi. Fikrlash kobiliyati va nutqni ustirish maqsadida «Islom shaharlari» sarlavxali matn berilgan: «Makka, Madina, Jidda, Istambul, Rum, Misr, SHom, Bordod, Fors, Xindiston, Eroniston, Turon, Tabriz, Kobil, Afgoniston, Balx, Boku, Marv, Buxoro, Turkiston, Margilon, Andijon, Samarkand, Ush, Avliyo ota, tuxmok, Orenburg, Ufa, Kozon, Krim, Musulmonlarning xiblagoxlari bo’lgan Baytullillox Makkai Mukarrama shahridadur. Alayxissalomning kabr shariflari Madinai Munavvaradadur bunday axloqiy, diniy, tarbiyaviy matnlar orkali biz bo- lani xaxixiy musulmon farzandi, har tomonlama barkamol inson bo’lib tarbiyalanishiga zamin yaratgan bulur edik. Lotin yozuvidagi yangi alifboda esa shu jixatlarga mos sanoxli va qisqa: «Salom-alik», «Donolar aytadirlar» , «Ona-Vatan», «Alisher Navoyi odob, ilm xakida», «otalar so’zi-aqlning ko’zi» matnlar keltirilgan. xolos. Xaxixiy milliy tarbiyaga oid bor -yo’g’i 4ta qisqa matnlar beril­gan.
Yuqoridan keltirilgan Okilxon SHarofutdinov va Kumri Abdullaevalarning o’zbekcha va lotin yozuvidagi «Alifbe» sini Mu­navvar Qorining «Adibi avval»i bilan daryoligining kiyoslashdan maqsad, yangicha uxitish usuliga asoslagan milliy maktab yaratish- da, milliy maktabimizning ijtimoiy-tarixiy zaruratlarini xisobga olgan holda yangi alifbe daryoliklarimizni yaratish. Bu ezgu ishda Mustaqillik, istiqlol, ozodlik uchun kurashgan buyuk ma’rifatparvar Munavvar Qori Abdurashidxonovning ma’rifiy me- rosidan ham foydalansak, milliy pedagogikamiz tarixi, milliy tarbiyamiz rivojiga kushilur va bu buyuk bobomizning ruxlari shod bulur edi.
Munavvar Qorining «Adibi soniy»(Ikkinchi muallim) kitobi
“Alibi avval” ning bevosita davomidir. Kitobning dastlabki (mukova) saxifasida muallif quyidagi jumlalarni keltirgan. «Maktab ibtidoiy boshlang’ich sinf shogirdlariga alifbodan sung /Ikkinchi sanada/ o’qitmak va ukugan saboklarining ma’nolarini ham mashakkatsiz tushuntirib bermak uchun mumkin darajada ochik til va oson tarkiblar ila yezilmish va bir adabiy, fanniy va axlokiy makola va rasmlarni xoviy qiroat kitobidur». Kitob­ning noshir va muharriri muallifning o’zi bo’lgan. Biz foydala- nayotgan «Adibi soniy « ikkinchi nashridir. Bu nashr Toshkentdagi Gulomiya matbaasida xijriy 1829, milodiy 19» yilda amalga oshirilgan.
«Adibi soniy» darsligi 45 saxifadan iborat. Kitob saxifalarida keltirilgan matnlarga mos rasmlar ham keltirilgan.
Bu, o’quv chini kurgazma buyicha o’qishni o’rganishida katta rolь uynaydi. Jumladan, 9-betdagi soat. 13-betdagi poezd, poroxod, 21-betdagi tuya va 22- betdagi arelon, kiyik, tovuk va xurozlar, 23-betdagi laylak, urdak, ilon, 24-betga ba- liklar, 25-betdagi kurbakalarning rasmlari va kurgazmalar orkali kitob nixoyatda o’quv chilarni o’ziga jalb etadi. Darsliklarda 33 ta turli mavzudagi sarlavxalar ostida matn­lar berilgan. Asar boshlanishidagi «Hamd»ni kushadigan bo’lsak, 34 ta kichik matnlarni o’z ichiga oladi. Jumladan, «ilm, mak­tab», «O’qimoq», «Ota-ona», “Yil”, «fasllar», «Xayvon­lar», «Kurbaka», «Suyaksiz xayvonlar», «Xayvonlarning farosat va maishatlari»,»Insonlarning boshqa xayvonlardan farqi»,»Xay­vonlarning insonlarga foydalari»,»Tarbiyali bola»,»SHafkat va marhamat», «Jug’rofiya», «Adab», «Baxilning bogi kukar- mas, «Iskandar Zulkarnayn», «Ikki yo’ldosh» va boshqa shunga
uxshash tarbiyaviy , axlokiy mavzuda tuzilgan matnlar o’z aksini topgan.
«Adibi ooniy» darsligidan joy olgan matnlar jamlanmasini biz quyidagi 3 guruxda bo’lishni lozim topdik.

  1. Ilm, maktab. uxish va yozish, umuman, ta’lim olishga targ’ib etuvchi matnlar. Bularga «Ilm, mak­tab, ««Nazm»,»O’qimoq», «yozmak»,matnlari kiradi.

  2. «Axlokiy darslar» deb nomlangan bo’lim bolalarni axlokiy tarbiyaga da’vat etadi. Bunga: «Ota-ona», «Bir ona- ning bolasiga muxabbati», «Tarbiyali bola», «shafkat va marhamat», «Ali ila Vali», «Adab\ «Isrof»,»Baxil va saxovat», «Baxilning bori kukarmas», «Molning kadrini saxiy bilur», «O’rinli saxovat», «Iskandar Zulharnayn», G1Lofchip, «To’g’ri javob», «Yolgonchilik», «Yolronchi bola», «Yolgon zarari», «To’g’rilik», «Orif ila Sodix», «Xojjoj ila darvesh» matnlari kiradi.

  3. Bu guruxga kiruvchi matnlar muallif tomonidan «fanniy darslar» deb nomlanib, quyidagi matnlarni o’z ichiga oladi: «Yil», /sana/ , «Sanayi Kamariya oylari», «Sanayi SHamsiya oylari». “Asrlar”, «Fasllar», «Kunlar», «Xayvonlar mKush- lar»,»Zavoxiv va balik'\mKurbaxa», «Suyaksiz xayvonlar»,»Xayvonlarning farosat va maishatlari», «Insonning boiщa xayvon- lardan farqi»,»Xayvonlarning insonlarga foydalari»,»Jurro­fiya», «Mamlakat va xukumat». Mana shu 3 guruxdan iborat bo’lgan matnlar jamlanmasi usuli jadid maktablarining ibtidoiy xismi uchun alifbodan keyin o’qiydigan, ikkinchi yilga muljallangan xrestomatiya tarzidagi kitobdir.

Munavvar Qorining «Adibi soniy» asari nashr qilingan davrda diniy tasavvurlar kuchli edi.U zamonasi mafkurasini ifodalab, odamlar ijtimoiy tengsizligining birdan-bir sababi ularning o’qigan yoki o’qimagan bo’lishlaridadir deb biladi. Mexnatkash omma bolalarining ham yoppasiga maktabda o’qishini istaydi.
Munavvar Qorining «Adibi soniy» darsligi o’zidan oldingi yaratilgan darsliklardan farq qiladi. Agar Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» darsligida bolaning ta’lim-tarbiyasi xudoning irodasiga boglangan bo’lsa, Munavvar Qorining «Adibi soniy» darsligida esa bolaning ta’lim-tarbiyasi va fanniy bi­lim olishga qaratiladi. Muallif ham asarni dastavval «Hamd» bilan boshlaydi. Bu boshlanish eng avvalo sharq ulkasida yaratil­gan barcha asarlarda an’anaviy tarzda keltirilib, bolani va umuman, insonni o’z yaratgani to’g’risida uylashga undaydi. Jum­ladan, «Qobusnoma « kitobida ham bunga kuplab misollar bor. Xususan: «Ey farzand!» bilgilkim,jaxonda odamning bilmagan va tanimagan hech nimarsasi yo’qdur. Magar Xudoyi taolokim oning tarafiga tanimok bila aslo yo’l topmagusidur. CHunki ondin o’zga barcha nimarsani taniding, ammo har vaqtkim o’zingni tanisang, oni tanursan. Tanimok nakshdekdur, tanilgon nimarsa mankushdekdur va taniguchi nakkoshdekdur. Mankush nakshni kabul kilmasa, hech naqqosh anga naksh kilmagusidur. Kurmasmusenkim, chun mum nakshni toshdin yaxshirok kabul kilur. Bu jixatdan mum- kin muxr tuzaturlar va toshdin tuzatmaslar . Bas, barcha ta­nilgon nimarsada tanimok kabuli bordur va sen o’zingga bodal».
«Adibi soniy» darsligidagi dastlabki «Hamd» ham yuqoridagi keltirilgan so’zlarimizga hamoxang ravishda keladi: «Biz ulda yo’q eduk, bor qilib dunyoga kelto’rgan, kichik eduk, tarbiya qilib katta qilgan, och eduk, rizk berib tuydirgan, yalongoch eduk, kiyim bergan va kurmak uchun kuz, so’zlamak uchun til, eshitmak uchun kulok, ishlamak uchun da, yurmok uchun oyogla- rimizni bergan yelgiz Allox taoloning bizga buyurgan ishlari- ning barchasi o’zimizga foydalik va xaytargan ishlarining bar- chasi o’zimizga zararlik ishlardur. Biz hammamiz shul Allox tao­loning yaratgan bandasimiz. SHuning uchun Allox taoloning buyur­gan ishlarini chin kungil ila xilmak va xaytargan ishlaridan barcha kuchimiz ila o’zimizni tortmak va bergan narsalariga do­im shukur etmak har birimizga lozimdur».Muallifning «Adibi soniy» uxish kitobi xalq og’zaki ijodi- da xUllangan xikoyalar va shu ruxda yozilgan asarlardan foyda- lanib, xalqning urf-odatlaridan kelib chikib yaratilgan. Yuxorida kayd etilgan 3 yunalishdagi matnlar farzandning tar- biyasi va foydasi uchun karatilgan. Asarda ota-onaga kanchalik- mehr-okibatli va saxovatli bo’lish kerak bo’lsa, ilmga ham shun- chalik mehr xuyish kerakligi g’oyasi ilgari surilgan. Bu fikr- larning ildizlarini qadim manbalarda ham kurishimiz mumkin. XI asrning donishmand shoirlaridan Yusuf Xos Xojib «Kutadgu bi- lig» asarida ilm va uni o’rganish to’g’risida ilg’or fikrlarni ilgari suradi: Masalan:
Jami ezgu ishlar bilim nafidur, Bilim xatto osmon sari yo’l ochur, Donishmand shoir dunyoda odam paydo bo’lganidan to xozirgacha bilim va zakovatlilargina ezgu va odil siyosat yuritib kelgan- ligi,bilim va zakovat tufayli kishilar orasidagi yomon ishlar yaxshilanishi,noto’g’ri ishlar tuzatilishi va nopokliklar poklanishi mumkinligi xaqida fikr yuritadi. Yusuf Xos Xojib xukmdorlarni ilm va zakovat asosida elni boshharishga undaydi, chunki aql, ilm va zakovat ko’zi bilan boshqa rilgan elu-yurt hamisha gullab yashnaydi.
«Adibi soniy» darsligida muallif dunyoning yoro’g’ligi ilm birla yuzaga chikishini aytadi. Ilmsiz, aqlsiz kishi yengsiz kiyimga o’xshashligini aytadi.»Ilm» nomli matnda quyidagi fikrlar keltirilgan. «Ilm bilmagan narsalarni begonalardan o’rganmak- dur. Odam bolasi tugulgan zamonda hech narsalarni bilmas, Xattoki so’zdamak, yozmak, yaxshini yomondan. okni koradan ayirmak kabi eng keraklik narsalardan ham maxrumlik holda dunyoga kelur. sungra oz-oz o’rganmak ila hamma narsalarni bilur. Otalarimiz, onalarimiz, uluglarimiz va muallim afandilarimiz ushbu bilgan narsalarimizni urgatmagan bo’lsalar edi, xozirda biz ham hech narsani bilmas eduk. SHuning uchun odam bolalariga eng zieda lozim bo’lgan narsa bilmaganlarini bilganlardan surab va o’qib o’rganmak, ya’ni ilm degan aziz va foydalik narsani qo’lga olmak uchun, harakat qilmoqdir. Ilm odamiyning daxanini ochar, aqlini orttirar, bilmagan narsani bildirar, dunyoda baxtlik va izzatlik kilur. Oxiratda saodatlik va sha- rofatlik kilur».
Darslikda ilmning kudrati kay darajada ulo’g’ligi to’g’risi­da fikr bildirilgandan sung, uni urgatadigan asosiy joy-maktab to’g’risida ham matn beriladi. Maktabning ilmni targ’ib qilish borasidagi xizmati to’g’risida fikr yuritiladi. O’quvchining ilmni qo’lga kiritmogi uchun eng asosiy maskan maktab ekanligi kayd etiladi. Muallif maktabga borib o’qimok-ilmni tanimok deydi. Bu ilmni urgatuvchi kishi muallim ekanligi o’quv chining ongiga singdirilib, u maktabdan boshqa joyda bo’lmasligini aytadi. Kitobdagi «Maktab» matnining davomida ta’kidlanishicha, dars yaxshiliklaridan baxramand bulaman desangiz, ota-onalar hamda karindoshlarning ko’ziga yaxshi inson bo’lib ko’rinay desangiz maktabga bormox kerak. Maktabning sabogini olgan bola hech xachon kuchadagi yomon bolalarga uxshab harakatlar xilmasligi alohida ta’kidlangan. »Maktab» matni oxirida quyidagi xulosaviy she’r keltiriladi.
Erur maktab maorifning makoni, Zamonidur buning yoshlik zamoni, Kishi xilgayki ishni ushbu maktab, Yetkurgay har ishini ushbu maktab, Bu maktabda uxugan har bir inson, Bilur ilmu adab,ulgay musulmon. Necha ilmu xunar dunyoda kam bor, CHikibdur barchasi maktabdan,ey yor. Munavvar Qori matnlarni joylashtirishda xaysi biri oldin va keyin kelishiga alohida e’tibor beradi. O’quv chining uxishga e’tiborini orttira boradi. O’qishni bilish bilan bir qatorda yozishni bilish ham eng birinchi masalalardan ekanligini muallif alohida xayd etadi. O’qimoq, yozmak» matnida bunga alohida e’­tibor haratiladi:
«O’qimoq, yozmak ilmi xiyin bir ish emasdir. Balki oz vaqt maktabda uximak ila o’rganiladirgan bir xunardir. Lekin bun- dan xosil buladigan foydalar nixoyatda kupdir. kulsiz, xuloxsiz bir odam ila sogu-salomat bir odam orasida xancha farx bo’lsa, uximak, yozmakni bilmagan kishilar ila bilimli kishi­lar orasida shuncha farx bordir. Balki bularning oralaridagi farx alarnikidan ortixroxdir. CHunki tilsiz kishi har-xil isho- ratlar ila tillik kishilarning xiladurgon ishlarini kiladur. Kuloxsiz kishi ham birovning so’zini ishoratlar ila biladur. Ammo uximak, yozmak ilmini bilgan odamlarning xiladurgon ish­larini buni bilmagan odamlar hech bir yo’l bilan xilolmaslar.
Balki o’qimak, yozmak ilmini biladurgon bir kishida muxtoj bulurlar. Bundan ma’lum bulurki, o’qimak, yozmak ilmini bila- durgon bir kishida muxtoj bulurlar. Bundan ma’lum bulurki. o’qimak, yozmak ilmini bilmagan odamlardan tilsiz, kuloksiz kishilar yaxshirokdir».
Munavvar Qori darslikning keyingi matnlarini bevosita axlokiy yunalishga bagishlaydi. Uning o’zi ham bu yunalishdagi matnlarga umumiy ravishda «Axloqiy dasrlar»
Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish