I. Bob xalqaro savdo nazariyasi



Download 0,71 Mb.
bet13/14
Sana10.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#771326
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
raxmatjon

Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, yangilanish va taraqqiyot yo'li bo'yicha muvafaqiyatli xarakat O'zbekistonning tashqi aloqalarini faollashuvi, uning dunyo xo'jalik aloqalariga keng kirib borishi bilan uzviy bog'liq. Tashqi iqtisodiy faolitni erkinlashtirish bilan valyuta siyosatini erkinlashtirish juda jips bog'langandir. Bu borada Xalqaro valyuta fondi bilan olib borilayotgan hamkorlik maqsadga muvofiqdir. Xalqaro valyuta fondining xizmatlari muhim ahamiyatga ega. Valyuta siyosatini erkinlashtirish birjadan tashqaridagi valyuta bozorini jiddiy ravishda mustahkamlashni, unda amalga oshiriladigan operasiyalar hajmini kengaytirishni, tijorat banklarining valyutalarni tezda pulga aylantira olish quvvatini oshirishni nazarda tutadi. Bu esa impor qiluvchilarning lisenziyalash ularning chet elda tovar olib kelish uchun ruhsat berishning mavjud tizimini yo'q qilish, valyutaga bo'lgan haqiqiy talab va taklifga ma'qul keladigan almashuv kursini belgilash imkonini beradi.

Yuqoridagi chora tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro valyuta fondi bilan olib borilayotgan hamkorlik taxsinga sazovorligini alohida ta'kidlashimiz lozimdir.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyotidagi ijobiy o'zgarishlar-bu iqtisodiy xalqaro tashkilotlar bilan faol aloqani yo'lga quyganligidir, albatta.




III BOB XALQARO SAVDO NAZARIYASI TAHLIL


3.1 Xalqaro savdoga oid nazariyalar o‘z tarixiga ega.
Bu boradagi ilk iqtisodiy ta’limot 17-asrdayoq yaratilgan. 0‘rta asrlarda ro‘y bergan Yevropadagi ulkan o‘zgarishlar jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va bosh- ’boyliklarni egallab olishga intilish o‘z-o‘zini ta’minlashni targ‘ib etuvchi feo- jaiizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo‘jalik tizimi doirasida tovarlar oiini va davlatlarning xalqaro savdoga bo‘lgan talabini asoslab bera oladigan yan- ei iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XVI-XVII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas Man (1571-1641) vaUilyam Staffordlar (1554-1612) hisoblanishadi.
Merkantilistlar o‘z nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega bo‘lgan statik qarashlarni qo‘llab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining ko‘payishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqla- shishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning ko‘payishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyot- ga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta’minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega bo‘lishi zarur deb hisoblashgan.
Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va harbiy kolo- niyalar sektoriga boiishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishida eng muhim guruh, deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan.
Merkantilistlar g‘oyasiga binoan iqtisodiy tizimda to‘liq bandlikka erishib bo‘l- maydi. Shu sababli xorijdan keladigan qo‘shimcha oltin qo‘shimcha ish joylarning yaratilishiga, ishsizlik darajasining pasayishi va ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishiga olib keladi.
Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasi rivojlanishiga jiddiy ulush qo‘shdilar. Ular xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rnini birinchi bo‘lib chuqur tahlil qildilar va uning rivojlanishining muhim modellaridan birini ishlab chiqdilar.
Ular birinchi bo‘lib zamonaviy iqtisodiyotda to‘lov balansi, deb ataladigan tushun- chani ta’rifladilar.
Merkantilistlar g‘oyasining kamchiligi — bu ularni bir mamlakat boyishi bosh­qa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga oshadi deb hisoblashgani- dir. Bunday g‘oyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. Metropoliyalarning mustamla- kalar hisobidan boyishi ularda haddan ziyod oltin massasining to‘planishiga va shu orqali giperinflyatsiyaga olib keldi.
Merkantilistlarning g‘oyalari xalqaro iqtisodiyotdagi keyingi maktablari g‘oya- lariga ilmiy yo‘nalish berdi. Merkantilistlar g‘oyalari bir yarim asr maboynida keng qo‘llanilgan. Buning natijasida XVIII asrda xalqaro savdo aloqalarida keskinliklar- ning kuchayishi holatlari kuzatilgan.
«Erkin savdo» nazariyasi. Merkantilistlarni keskin tanqid qilgan iqtisodchi- lardan biri Adam Smitdir (1723-1790). A. Smit mamlakatning boyligi u ega bo‘lgan oltin miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun har qanday davlatning bosh vazifasi mamlakat ega bo‘lgan oltin miqdorini oshirish emas, balki xalqaro mehnat taqsimotida o‘ziga xos munosib o‘rin egallashdan iboratdir. Shuningdek, A. Smit g‘oyalariga binoan ish­lab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyot- ga aralashuvini cheklash kerak. Ushbu siyosat «Lessa fer»I nomini oldi.
Mutlaq afzallik — mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo‘lgan (tannarxi past- roq bo‘lgan) tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni eksport qilisha- di, boshqa tovarlarni (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlarni) esa import qilishadi.
Bu nazariyani tushuntirish uchun «ikki mamlakat — ikki xil tovar» modelidan foydalanamiz. Faraz qilaylik, ikkita mamlakat (Buyuk Britaniya va Portugaliya) o‘zaro savdo aloqalarini o‘rnatishmoqchi. Bu mamlakatlar faqat ikki xil tovar (ша- to va vino) ishlab chiqarishadi. Bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat resurslarining me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Chunki Buyuk Britaniyada 1 m2 mato ish­lab chiqarish uchun 2 soat sarflansa, Portugaliyada 3 soat saflash kerak. Demak, bu mahsulotning Buyuk Britaniyadagi tannarxi Portugaliyadagiga nisbatan arzon- roq boladi. 0‘z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Chunki bu mamlakatda 11. vino ishlab chiqarish uchun Buyuk Britaniyaga nis­batan 1 soat kamroq vaqt sarflanadi. Demak, A. Smitning «mutlaq afzallik» naza- riyasiga binoan Buyuk Britaniya mato ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eks­port qilishi kerak. 0‘z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va Buyuk Britaniya bu mahsulotni Portugaliyadan import qiladi.
A. Smitning «mutlaq afzallik» nazariyasi uzoq yillar davomida ko‘plab mam- lakatlarning tashqi savdo siyosati strategiyasining asosini tashkil qildi va bu mam­lakatlar erkin savdo siyosatini yuritishdi.
Ammo «mutlaq afzallik» nazariyasida bir qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘- yilgan. Xususan, bu model mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatning xalqa­ro savdodagi ishtirokini tushuntirib bera olmaydi. Faraz qilaylik, Buyuk Britaniya va Portugaliya o‘rtasidagi savdoda mato va vinoni ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq ustunlik Buyuk Britaniyaga tegishli bo‘lsin. Bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat resurslarining me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Bunday sharoitda mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatda ham xalqaro savdoda ishtirok etishdan foyda olishini ingliz iqtisodchisi D. Rikardo birinchilar- dan bo‘lib isbotlab bergan. David Rikardo (1772-1823) mamlakatning xalqaro savdo­da ishtirok etishidan oladigan foydasi muqobil narx bilan belgilanishini isbotlagan.


Muqobil narx bu bir birlik tovarning ishlab chiqarishga sarflanadigan xara-
jatning ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan xarajat orqali ifodalani- shidir. Bizning misolimizda 1 1 vinoning Buyuk Britaniya uchun muqobil narxi 2 soat/2 soat=l ga teng bo‘lsa, Portugaliyada 3 soat/6 soat=0,5 ga teng. Bu esa vino ishlab chiqarish Portugaliyada Buyuk Britaniyaga nisbatan arzonroq bo‘lishini aks ettiradi. Shu sababli mutlaq afzallikka ega bo‘lmagan Portugaliya Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalariga kirishsa, vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va uni eks- port qilib, o‘rniga matoni import qiladi.
Nisbiy afzallik — agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa,
o‘zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo‘ladi. Bunda ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq afzallik bo‘lishi shart emas.
A. Smit, D. Rikardo va Dj. S. Mill nazariyalarida xalqaro savdoda mamlakatning o‘rnini aniqlash uchun faqat bitta ishlab chiqarish omili bor deb faraz qilingan. Bu nazariyalarda mamlakatning xalqaro savdoda egallashi mumkin bo‘lgan o‘rni ulardagi mehnat unumdorligi bilan belgilangan. Shu sababli bu olimlarning ishla- rini davom ettirganlar xalqaro savdoni bir nechta ishlab chiqarish omillari mavjud- ligida tahlil qilishga harakat qilishgan.
Shved iqtisodchilari E. Xeksher va B. Olin o‘z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko‘rib chiqdilar. Ularning ta’kidlashi- cha, ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra mamlakatlar- ni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
  1. Mehnat omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko‘p va arzon bo‘ladi. Ularga misol qilib Xitoy va 0‘zbekiston kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.


  2. Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlar- da jamlangan bo‘ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi pastroq bo‘ladi. Shu sababli bu mamlakatlarda real ish haqi darajasi yuqori bo‘- ladi va mehnat resurslarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘- ladi. Ularga misol tariqasida AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.



Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo‘lish mumkin:


  1. Mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chi- qarishda kapitaldan ko‘ra mehnat resurslari ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keltirish mumkin.


  2. Kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko‘ra kapital ko‘proq talab qilinadi. Bu tur­dagi tovarlarga misol sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin.


X eksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi — mamlakat qay- si ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, shu omilni nis- batan ko‘proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.


Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga binoan AQSh bilan Xitoy o‘zaro savdo alo- qalariga kirishsa, AQSh kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoa­ti mahsulotlarini eksport qiladi va Xitoydan mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qiladi.
Ushbu nazariya XX asrda ko‘plab mamlakatlarning tashqi savdo siyosatining asosini tashkil qilishiga qaramasdan unda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan- Xususan, Xeksher-Olin nazariyasida mamlakatlarning vaqt o‘tishi bilan ishlab chi­qarish resurslari bilan ta’minlanganligi ham o‘zgarishi inobatga olinmagan. Bun­dan tashqari, bir ishlab chiqarish omilining o‘rniga boshqasini qo‘llash mumkinh- gi va shu sababli kapitalga boy mamlakatlar ham mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘l- gan tovarlarni eksport qilishi mumkinligi inobatga olinmagan.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o‘zining barcha kamchiliklanga qaramay, hozirgi kunga qadar xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntirib beruv- chi eng ilg‘or nazariyalardan biri sanaladi. Ushbu nazariya ko‘p marotaba katta
hajmdagi statistik ma’lumotlar asosida turli mamlakatlarga taalluqli tovar va ish- tob chiqarish omillari bo‘yicha empirik sinovlardan o‘tdi. Ushbu sinovlardan engshhurini AQSh da 1953-yilda V. Leontyev o‘tkazdi.
V. Leontyev bir qancha empirik sinovlar o‘tkazish yo‘li bilan Xeksher-Olin tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaning shartlari amaliyotda qo‘llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh ni boshqa mamlakatlar bilan qiyo- siy taqqoslanganda, o‘rtacha ish haqi darajasi eng yuqori mamlakat va kapitalga boy davlatlardan sanalardi. Shu sababli mamlakat Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, kapital sig‘imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qilishi lozim edi. V. Leontyev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 mln. dollarlik eksport va shuncha miqdor- dagi import mahsulotlariga raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun qan­cha kapital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. U har bir ishlab chiqa­rish sohasi bo‘yicha tovar birligi uchun sarf etiladigan kapital va mehnatni hisobla- di. Bunda u faqatgina avtomashina kabi tayyor mahsulotlar bilan chegaralanib qol- may, balki yarimtayyor mahsulotlar (rezina, po‘lat, oyna kabilar) uchun ketadigan kapital va ishchi kuchini ham hisoblab chiqdi.
So‘ngra AQSh ning 1947-yildagi eksport tarkibidan kelib chiqqan holda 1 mln. dollarlik eksport tovarlarini ishlab chiqarishga ketadigan kapital va mehnatning o'zaro nisbatini aniqladi. AQSh ning o‘sha yildagi importi tarkibidan mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarni ayirib tashladi va bevosita import mahsulotlar- ning o‘mini bosa oladigan Amerika tovarlarini ishlab chiqarish uchun sarf etiladi­gan kapital va mehnat nisbatini hisoblab chiqdi. Aslida u Amerika importi birligi- ga sarf etiladigan kapital va mehnat (KJL) im hamda eksport birligiga sarf etiladi­gan kapital va mehnat (KJL) x nisbatini solishtirdi.
«Leontyev statistikasi» nomini olgan ushbu nisbatga muvofiq, agar mamlakat­da kapital va mehnat sarfi nisbati ((K/L)im):(K/L)x<1 bo‘lsa, mamlakat kapitalga boy hisoblanadi.
Agar bu nisbat ((K/L)im):(K/L)x>1 bo‘lsa, mamlakatda mehnat resurslari ko‘p
hisoblanadi. Leontyev Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq Amerika eksport tovarlari importning o‘rnini bosa oladigan tovarlarga qaraganda ko‘proq kapi­tal talab etilishini kutgan edi. Ammo kutilgan natija aksincha bo‘lib chiqdi: Amerika importining kapital sig‘imkorligi eksportga nisbatan 30 %ga yuqori ekan, demak, AQSh kutilganidek kapitalga boy mamlakat emas, balki aksin­cha, mehnatga boy mamlakat ekanligi kelib chiqmoqda, bu amaldagi tasavvur- ga umuman to‘g‘ri kelmadi.
XULOSA
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali ichki ish bilan bandlilikni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sishga erishish, to’lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko’zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar tashqi savdo siyosati deb yuritiladi. Tashqi savdo siyosati — byudjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo’nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. O’z navbatida ular eng kam va eng ko’p miqdordagi import bojlariga bo’linadi. Eng kam miqdordagi import bojlari o’zaro qulay sharoitlarni yaratib berishni ko’zda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari bo’lgan mamlakatlar mahsulotlariga o’rnataladi. Eng ko’p miqdordagi import bojlari esa bunday shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotiga nisbatan o’rnatiladi.
Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advolor turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barrel neftga nisbatan 2 EVRO.
Advolor bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish