I bob Voyaga yetmaganlarning deviant xatti-harakatlari mohiyatini ochib beruvchi asosiy nazariy qoidalar.
1.1.Deviant xulq-atvorli bolalar alohida xususiyatlarning ijtimoiy-psixologik tashxisi.
Axloq ilmida va umuman ijtimoiy hamda, tabiiy fanlarda chuqur iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizdan biri Abu Rayhon Be-runiydir.
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida insonlar va xalqlarning ijobiy yoki salbiy urf-odatlari, xulq-atvorining shakllanishida tabiiy muhitning hamda jug‘rofiy omillarning ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Bu esa, keyinchalik sotsiologiya va kriminolo-giyada geografik yo‘nalish nomini olgan hamda ijtimoiy deviant-lik holatlarining paydo bo‘lishi va shakllanishida geografik omillarni muhim deb hisoblovchi yo‘nalishga asos bo‘lib xizmat qildi. «... (odamlar) tuzilishlarining rangi, surat, tabiat va axloqda turlicha bo‘lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning (odam) yashaydigan joyla-rining turlichaligidan hamdir»4.
Forobiyning shogirdi Ibn Sinoning axloqiy qarashlari asosan «Axloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola», «Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqida ki-тоб», «Turar joylardagi tadbirlar”singari asarlarida va o‘z za-mondoshlari bilan olib borgan munozara-yozishmalarida o‘z aksini topgan.
Milliy pedagogikamizda muhim o‘rin tutuvchi asarlardan bi-ri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilimlar») asaridir. Asosan bilimni ulug‘lab, insonni bilim bilan kamolotga yetishtirishga, tarbiya va bilim orqali uning xulqini tarbiyalashga, unda ijobiy xislatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mazkur asar, ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining deviant xulq-atvorga ilmiy yondashuvini o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur asarda Yusuf Xos Hojib tomonidan inson xulq-atvoriga nisbatan o‘ziga xos yondashuvni kuzatish mumkin. YA’ni uning bildirishicha, yaxshi xulq ham, yomon xulq ham, ikki xil bo‘lishi mumkin: tug‘ma va ijtimoiy muhit natijasida shakllangan xulq.5
Ma’lumki, deviant xulq-atvor nazariyasiga nisbatan yagona yondashuv yo‘qdir. Turli sotsiologik va psixologik nazariyalar bi-lan birga, ulardan keskin farq qiluvchi biologik qarashlar ham yonma-yon rivojlanib kelmoqda. «Qutadg‘u bilig»da esa, alloma to-monidan ushbu ikki qarama-qarshi yondashuvlarni birlashtirishholatlarini kuzatishimiz mumkin. YA’ni, ayrim insonlarning yomonligiga, deviant xulqqa egaligiga tug‘ma omillar sabab bo‘lsa, boshqalariga ijtimoiy muhit sabab bo‘ladi. Ushbu va boshqa ko‘plab jihatlari bilan «Qutadg‘u bilig» asari, deviant holatlar sotsiologiyasida ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan asarlar sirasiga kiradi.
O‘rta asrlarning mo‘g‘ullar bosqiniga qadar bo‘lgan davrlarida biz yuqorida ko‘rib o‘tgan qomusiy allomalardan tashqari az-Zamaxshariy, ar-Roziy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Najmiddin Kubro singari o‘nlab mu-tafakkirlar axloq ilmining nazariy yoki amaliy sohalarida fao-liyat ko‘rsatdilar. Lekin mo‘g‘ullar bosqini musulmon Sharqida madaniy hayotni izdan chiqarib yubordi.
Faqat sohibqiron Amir Temur davridagina ilm-fan va san’at taraqqiyoti yana o‘z oqimiga tushdi.Temur va temuriylar davri ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti-ning oltin davri sifatida hanuzgacha jahonni hayratga solib kelmoqda. Bu davrda yuzlab qomusiy olimlar, buyuk shoirlar va san’atkorlar yetishib chiqdi. Ular orasida ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy alohida ahamiyatga molik.
Nafaqat uning asarla-ridagi yuksak badiiyat, balki falsafiy-axloqiy qarashlar ham hanuzgacha o‘zining ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini yo‘qotgan emas.Shuningdek, Navoiy va boshqa Sharq allomalari asarlarida ham ilgari surilgan axloqiy tamoyillar hamda ijobiy qahra-monlar qiyofalarida tajassum topgan adolat, sadoqat, burch, muhabbat, rahm-shafqat, mardlik, kamtarlik singari fazilatlar haqida ko‘p yozilgan.“Deviant xatti-harakatlar” tushunchasi voyaga yetmagan yoshlar-ning xatti-harakati jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy tartib-qoidalardan chetga chiqish degan ma’noni bildiradi va ushbu tar-tib-qoidalarga rioya qilmaslik va ularni buzish bilan xarakter-lanadi.
Deviant xatti-harakat ayniqsa, voyaga yetmaganlar uchun xosdir. Ushbu davrda voyaga yetmagan yoshlarning shaxsiy xislatlari shakllanadi, uning o‘z-o‘zini anglashi, dunyoni bilishi qaror topa-di. Biroq shaxsning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jara-yon bo‘lib, o‘ziga xos qiyinchiliklar va og‘ishlar, ichki qarama-qarshiliklar hamda ijtimoiy hayotdagi turli vaziyatlarga ko‘nikaolmasliklar bilan kechishi mumkin. Deviant xarakterga ega bo‘lgan yoshlar ko‘pincha maktabdagi darsga bormaydilar, uydan qochib ketadilar, daydilik qiladilar, tilanchilik bilan shug‘ul-lanadilar, ichkilik ichadilar, giyohvandlikka ro‘ju qo‘yadilar. Natijada qonunbuzarlikka moyil bo‘lib, jinoyatga qo‘l uradilar.
Sotsialogiyada o‘smirlarning deviant xarakteri mohiyatini ta’riflashga juda ko‘p olimlar, mutaxassislar harakat qilishgan, tadqiqotlar o‘tkazishgan.Olib borilgan kuzatishlar natijasida o‘smirlarning deviant xarakterini o‘ziga xos holda asoslab beruvchi qoidalarni ko‘rsa-tib berishgan. Biz o‘smirlarning deviant xatti-harakatiga oid chet el olimlarining qator nazariy qoidalarini o‘rganish jarayonida shunga amin bo‘ldikki, ushbu nazariy qoidalar ma’lum bir joy-dagi, ya’ni, yashash tarzi, urf-odati, mentaliteti o‘zgacha bo‘lgan yoshlarning xatti-harakatini sotsialogik nuqtai nazardan tadqiq qilish asosida vujudga kelgan.
Shuning uchun ham chet el olimla-rining ushbu ishlarini bizning O‘zbekiston sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash qiyin. Shu sababli ham biz Respublikamizda voyaga yetmagan o‘smirlar o‘rtasida deviant xarakterli bolalar xatti-harakatini, ushbu xatti-harakatlarni yuzaga keltiruvchi omillar-ni sotsialogik tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganishni reja-lashtirdik.O‘smirlik davri nafaqat u bilan muloqotga kirishuvchilar uchun, balki bola shaxsining o‘zi uchun ham og‘ir davr hisoblanadi. Ko‘p hollarda ota-onalar hamda o‘qituvchilar yosh davrining ma’lum bir bosqichiga kelib bolaning xarakter xususiyatlarida talaygina o‘zgarishlar sodir bo‘lganining shohidi bo‘lishadi.
Itoatgo‘y, ko‘n-gilchan bolasining birdaniga qaysar, agressiv, ba’zi hollarda esa sho‘x-shodon bolaning kamgap, indamas bo‘lib qolishi hollarini tushuna olmay qiynaladilar va bunday holatlarning sababini boshqa narsalardan izlaydilar. Ba’zan esa bu davr xususiyatlari-ni yaxshi bilmasliklari, ota-onalarda pedagogik-psixologik tu-shunchalarning yetarli darajada shakllanmaganligi oqibatida bo-lani o‘rinsiz ayblaydilar, undan yana avvalgidek itoatkor bo‘lish-larini talab ham qiladilar.
Aksariyat hollarda o‘smirlar bilan ota-onalar va o‘qituvchilar orasidagi kelib chiqadigan noxush ho-latlar ularning yosh davriga xos xususiyatlarini inobatga olmas-liklari yoki umuman ushbu yosh bosqichiga xos bilimlarni yetarlicha o‘zlashtirmaganliklaridadir.
Deviant xatti-harakatli (xulqi og‘ishgan) bolalar va o‘z-o‘zini boshqara olmaydigan bolalar hech narsadan tap tortishmaydi, ular uchun qonun-qoidalar yo‘q, ular o‘qituvchilarini ham, ota-onasini ham tan olmasligi mumkin. Agar bundaylarga o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, o‘z hohish-istaklarini jilovlay olmasa, bunday bola-lar katta bo‘lganda psixopat yoki ba’zi hollarda qonunbuzar bo‘lib yetishishi mumkin.
O‘smirlik – shaxs shakllanishidagi eng muhim palla, tengdosh-lari va atrofdagilar bilan o‘zini qiyoslab, o‘z holatidan, ko‘rini-shidan qoniqmaslik, ikkilanishlar davri hisoblanadi. Sababi o‘smir bu davrda sekin-asta zaruriyatni anglab, ma’lum bir erkin-likka erisha boshlaydi, shunga ko‘ra u qaror qabul qilish qobiliya-tiga ega bo‘lib boradi, ya’ni jamoatchilik rivojlanishining qonuniyatlari asosida mas’uliyat bilan harakat qila boshlaydi. Shu tufayli o‘smirlik davri turli qarama-qarshi kechinmalar, qiyinchiliklar va krizislar bilan to‘lib-toshgan.
Shuning bilan birgalikda, bu davr bolalik hissiyotlarining yo‘qolishi, xavotir tuyg‘usi va psixologik noqulaylikning paydo bo‘lish davridir.O‘smirlik davrini ko‘pincha rivojlanishdagi proporsiyaning buzilishi davri deb ham ataydilar. Bu yoshda o‘zining jismoniy xususiyatlariga e’tibor ortib, atrofdagilarning fikriga reak-siya kuchayadi, shaxsiy izzat-nafsi va xafagarchilik tuyg‘usi ko‘ta-riladi.
Jismoniy kamchiliklar ko‘pincha bo‘rttiriladi. Dastav-val, bolalik yoshiga solishtirganda o‘z tanasiga ortib boruvchi e’tiborga nafaqat jismoniy o‘zgarishlar, balki o‘smirning yangi ijtimoiy roli ham sababdir. Atrofdagilar o‘smirdan jismoniy yetuklik evaziga rivojlanishning ma’lum bir muammolarini o‘zlari uddalashlarini kutadilar. Kattalar g‘amxo‘rligidan chiqishga intilib, o‘smir o‘zining ulg‘ayayotgan “Men”ini erkin his qilishi uchun vaqtinchalik namoyon qila olish imkonini izlaydi. Buni u bo‘sh vaqt muhitidan topadi. O‘smir hayotida bo‘sh vaqt ustu-vor xarakterga ega.
Bu vaqtni voyaga yetmaganlar uydan tashqarida, tengdoshlari kompaniyasida o‘tkazadilar. Ota-onalar o‘smirning maktabdan tashqari vaqtdagi muloqotlariga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ladilar, go‘yoki ularning nazarida farzandlarini istalmagan aloqadan himoya qiladilar. Buning natijasida odamovi, yolg‘iz-likni xush ko‘radigan o‘smirlar paydo bo‘ladi. O‘smirlar axloqiga, birinchi navbatda, tashqi ijtimoiy muhit (mikromuhit hislar oila, sinfdagi, maktabdagi sharoit, bu muhitning qolgan a’zola-ri bilan munosabatda), shuningdek, o‘smir shaxsining turli “ha-yotiy omadsizliklar”ga reaksiya qilishiga bog‘liq individual xu-susiyatlari ta’sir ko‘rsatadi.O‘smir moslashmaganligining turli ko‘rinishlarida ifodala-nuvchi xulqi og‘ishganlik nofarovon psixoijtimoiy rivojlanish va ijtimoiylashuv jarayonining buzilishi natijasidir.
Axir o‘smir bu davrda o‘z-o‘zini har tomonlama anglashga, boshqa odamlar orasidagi o‘z o‘rnini topishga intilarkan, atrofidagi katta odamlarning qiliqlari, harakatlaridagi bir qancha sifatlarga havas bilan qaraydi, bu sifatlarni o‘zida topa olmay qiynaladi. Ba’zida hatto o‘zini to‘laqonli emasday his qiladi. Shunday paytda bolaga birinchi yordam qo‘lini atrofidagi yaqin odamlari, avvalo, ota-onasi, ustoz-murabbiyi cho‘zmoqligi darkor. Ma’lumki, bola dastlab ota-onasidagi xislat va fazilatlarni ko‘radi, keyin esa boshqa atrofdagilar bilan solishtirishni boshlaydi.
Shunday ekan, ota-onalar farzandlari qalbiga yo‘l topa bilishlari lozim. Xulqi og‘ishgan (maktabdan qochib ketadigan, tengdoshlariga doimiy xalaqit qiladigan, sinfdoshlarining jig‘iga tegadigan) bolalar kattalarning har qanday qo‘llab-quvvatlashlariga muhtoj bo‘ladi-lar. Ota-onalar sinf rahbari, o‘qituvchi va maktab psixologlari yordamida bolaga ma’naviy yordam berishlari lozim bo‘ladi O‘smirlik yoshi – uning dunyoqarashi, e’tiqodi, nuqtai nazari, prinsiplari, o‘zligini anglashi, baholashi va hokazolar shaklla-nadigan davr sanaladi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko‘rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy, ixtiyorsiz orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
O‘smir shaxsning tarkib topishida axloq, o‘ziga xos ong alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘quvchilarning axloqiy tu-shunchalarni o‘zlashtirishi va ularni turmushga tatbiq etishi muhim rol o‘ynaydi. Umuminsoniy xislatlarni shakllantirish jarayoni o‘quvchidagi ishonch, aqida, nuqtai nazarning qarama-qarshiliklariga duch keladi. Ijtimoiy turmushni kuzatish, undagi inson uchun zarur ko‘nikmalarni egallash unga kattalar xulq-atvorini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Natijada favqulotda holatlarda katta yoshdagi odamlarning tutgan yo‘li va uslubini baholash kabi hayotiy ko‘nikmasi tarkib topa boshlaydi.Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining ijtimoiy-psixologik omil-larini o‘rganish jarayonida ularga quyidagilar ko‘proq ta’sir etishini aniqlandi:Voyaga yetmaganlarning kattalar bilan va o‘zaro kelishmovchiliklari (oilada, maktabda, istiqomat joyida);Voyaga yetmaganlarning ko‘chadagi o‘zaro va boshqa norasmiy guruhlarga qo‘shilishi va ular faoliyatida ishtirok etishi, ushbu guruhlarning rahbarlari tomonidan ularga tazyiq o‘tkazilishi.Voyaga yetmaganlarning ularni u yoki bu qonunbuzarlikka yoki jinoyatga boshlovchi kattalar (ko‘pincha ilgari sudlangan), shu-ningdek, ularni muntazam spirtli ichimlik va narkotik modda-lar iste’mol qilishga jalb etuvchilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari;Voyaga yetmaganlarni alohida (oilada) va ko‘pchilik tarbiyasi (maktabda) jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar; tarbiyachilar (ota-onalar, o‘qituvchilar)ning o‘smirlar yoshi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilmaslik yoki yetarli anglay olmasliklaridir.
1.2.Deviant xulqli bolaning pedagogik va ruhiy profilaktikasi.
Psixologiya, pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘smirlarning 11-12 dan 15-16 yoshgacha bo‘lgan davri jinsiy yetilish, faol jismoniy o‘sish, shaxs sifatida shaklanishi davri deb sifatlanadi. Ayni shu davrda insonlarning fe’li, ijtimoiy munosabatlari sha-kllanib, odamlarga atrof voqealikka bo‘lgan munosabatlari ham yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi.
Aytish joizki, aynan shu yoshdan boshlab, o‘z-o‘zini anglash, bolalik his-tuyg‘ularini kattalar dunyoqarashiga o‘zgarishi, shaxsni ichki «meni» va uni anglash davri boshlanadi. O‘smirlik davri eng murakkab palla hisoblanadi.
Ularning jismi, aqli, ongida bo‘layotgan o‘zgarishlar bezovtalik, his- tuyg‘ularning beqarorligi, ichki kurashlar sababchisi bo‘lib qoladi. O‘smirlar ko‘p hollarda nafaqat jismoniy rivojla-nishdan, balki bir qancha ijtimoiy insonlararo munosabatlarda ham bezovtalik, noqulayliklarni boshdan kechiradilar.Shaxsning kamol topishdagi asosiy bosqichlardan bo‘lgan o‘smirlik yoshi shu bilan ajralib turadiki, unda shaxs ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, jinsiy tomondan yetiladi.
Ba’zi o‘smirlar tezroq, ba’zilar sustroq rivojlanishadi. Bu davr shunchalik qarama-qarshiliklar, keskinliklarga boyki, olimlarning ba’zi-lari bu davrni uzluksiz muammolar davriga tenglashtirishadi. O‘smirlarning yosh davri xususiyatlari ular fe’lidagi xislatlar-ga chambarchas bog‘liqdir. O‘smirlarning bir-biridan farqi keskin namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Deviant xulqli o‘smirlar uchun tar-tibbuzarliklar, yaqin insonlari bilan keskin muomala, «ko‘cha» va turli to‘dalarning ta’siriga oson berilishi kabilar xos.Oiladagi salbiy, beshafqat muhit, ma’lum turdagi o‘smirlar-dagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni pay-do bo‘lishiga zamin yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qara-ma-qarshi ruhda harakatlanib, tajovuzkorona buzg‘unchilik si-fatlarini namoyon qilishadi. O‘smirlar xulqidagi deviantlik-ning oldini olish, unga qarshi kurashish maqsadida ularning nafaqat yosh davri balki shaxsiy ijtimoiy-psixologik xususiyat-larini o‘rganish davomida ular yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra, 3 guruhga bo‘linishi ma’lum bo‘ladi.
1.Shaxsning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususi-yatlari, shuningdek, o‘zaro muloqotga kirishish xossalari;
2.Shaxsning guruh ichidagi o‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni qabul ila olishi;
3.Shaxsning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bo‘lgan nuqtai-nazari bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xususiyatlari.
3 guruhning ijtimoiy-psixologik xossalaridan kelib chiqqan holda, deviant xulqli o‘smirlarning ba’zi bir o‘ziga xos-liklarini aniqlash mumkin.
Ijtimoiy persepsiya - guruh ichida qabul qilingan o‘zaro muomala meyorlari va xulq-atvor mezonla-rini o‘zlashtirish. Deviant xulqli o‘smirlar guruh ichidagi ular uchun referent, ya’ni ahamiyatli hisoblangan guruh a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat meyorlarini o‘zlashtirishga moyil bo‘ladi. Ijtimoiy xayolot - o‘zining hayotiy tajribasiga tayanib, shaxsiy va umuminsoniy qobiliyatlarga baho bera olish.
Ijtimoiy holat - deviant xulqli o‘smirlarda juda zaif rivoj-langan yoxud umuman bo‘lmaydi. Ijtimoiy tafakkur - insonlar-ning o‘zaro muloqot va ijtimoiy munosabatlardagi bog‘liklariga ko‘ra tushuna bilish qobiliyati. Bu qobiliyat ham zaif rivojlan-gan o‘smirlarda ko‘pgina hollarda mavjud emas.
Ijtimoiy faol-lik - deviant xulqli o‘smirlar o‘z tengdoshlari tomonidan bo‘ladi-an maqtovlardan manfaatdor bo‘lsalargina o‘zaro yordam ko‘rsatib, javobgarlik hissini sezadilar.
Deviant xulqli o‘smirlarga quyidagi xususiyatlar xosdir:
-lider fikriga buysinish va unga ishonish;
-o‘zining guruhi o‘smirlariga taalluqli bo‘lgan muomala;
-muloqot meyorlarini qabul qilish.
Barcha ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, shaxs qobiliyatlari o‘ziga xosdir, ularning muloqot, faoliyat va o‘zaro muomala jarayo-nida rivojlanishi esa shaxsning jamiyatda, oilada, jamoada ijtimoiy faolligi yoki passivligini belgilaydi.
Yuqorida aytib o‘tganimiz: «ijtimoiy xayolot», «ijtimoiy tafakkur» kabi xossalar alohida ahamiyatga egadir. Ammo, aynan shu xossalar de-viant o‘smirlar tabiatidagi eng kam o‘rganilgan xossalardir.O‘smirlar jinoyatchiligini o‘rganganpsixologA.I.Dolgovaning ta’kidlashicha, huquqbuzarlik qilishdan avval o‘smirni xulq-atvorida meyordan keskin chekinishlar bo‘lib o‘tadi.
Muallif deviant xulqli o‘smirlar uchun xos bo‘lgan 2 toifa meyoriy chekinishlarni ajratib ko‘rsatgan:o‘rma-zo‘raki vaxudbinona toifadagi o‘smirlar o‘zini kuchli, hozirjavob, tengdoshlariga yordamga shay qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Ammo bunday toifa o‘smirlarning haqiqat haqidagi xulosasi jinoyatchi xulosadir.Ular xarakterida xudbinlik, zolimlik, jismoniy kuchga ishonish, noan’anaviy guruhlarni yoqlash kabi elementlar ustu-vordir. Xudbinona toifalar uchun yakkalik, xudbinlik kabi bu-zilgan xususiyatlar xosdir. Barcha voyaga yetmagan jinoyatchilar umuminsoniy qadriyatlarni, jamiyat foydasiga mehnat qilishni, ijodiy faoliyatni tushunmasliklari, qadrlamasliklari bilan xarakterlanadi. Ularning qiziqishi moddiy boylik to‘plashga, «xohlaganidek yashashga», «sof vijdon» prinsiplariga yo‘nalti-rilgan.
V.V.Korolev o‘smir yoshidagi huquqbuzarlikning psixologik holatlarini o‘rganish davomida ularga xos bo‘lgan quyidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni aniqlagan: odob-axloq, namunali xulq tajribalarining yo‘qligi;do‘stlik, sevgi, jasurlik kabi ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilmasligi, ular haqidagi to‘pori tushunchalar; o‘z-o‘zini o‘ta past yoki juda yuqori baholash;huquqiy va ma’naviy qadriyatlarni noto‘g‘ri tushunish va ularga teskari munosabatda bo‘lish;tashqi barcha ta’sirlarga beriluvchan bo‘lish.
YE.V.Zaika, N.P.Kreydul, A.S.Yachina kabi tadqiqotchilar o‘smir xulqidagi huquqbuzarlik, meyordan chekinish holatlarini o‘rga-nishgan. Tadqiqotlarda maktab o‘quvchilari, voyaga yetmaganlar bi-lan ishlash komissiyasi ro‘yxatidagi o‘smirlar axloq tuzatish ko-loniyalaridagi yoshlar ishtirok etgan. Bunda asosiy e’tibor ular fe’lidagi nosozliklarga, meyoriy buzilish holatlariga qara-tilgan.
Shaxsning rivojlanish jarayonidagi umumiy qiyinchi-liklari va orqada qolayotganidan darak beruvchi xususiyatlari -kelajak haqidagi tasavvurining yo‘qligi, oiladagi nosog‘lom muhit, atrofdagi insonlar bilan kelisha olmaslik, o‘zini hurmat qilmaslik.
Ularning ko‘pchiligi kelajakka ishonmasligini ko‘rish mumkin. Ular uchun shuhrat, moddiy boylik, zo‘r do‘st kabi tushunchalar qadrlidir. Ularning 80%i kelgusi rejalari yo‘qli-gi, ko‘pincha bunday o‘smirlar nosog‘lom muhitdagi oilada yashaydi-lar va doimo ota-ona, o‘qituvchilari bilan janjanlashadilar.
Bundaylarning 56%ida boshqalar bilan muloqotga kirish xohishi umuman yo‘q. 77% deviant o‘smirlar jinoyatga moyil illatlarga ega bo‘ladilar, bunday illatlarning barchasi o‘smirlarning 40%ida ko‘ringan bo‘lsa, 17% deviant xulqli o‘smirlarda jinoyat-ga xos bo‘lgan ikkita xususiyat mavjud bo‘ladi.Axloq tuzatish koloniyalarida jazoni o‘tovchi o‘smirlar uchun kelajakka nisbatan yaxshi tuyg‘ularni o‘yg‘ota olmasalar, kolo-niyadagi buzilgan ma’naviy muhitni deviant xulqli o‘smirlar juda ham osonlik bilan o‘ziga singdiradilar.
Bunday o‘smirlar shaxsini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu toifa o‘smirlarning 96%i qo‘pol huquqbuzarlik xislatlariga ega bo‘ladi.Y.A.Kleyberg, I.S.Kon, S.T.Konyuxova, I.A.Semikasheva kabi tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, deviant xulqli o‘smirlarni o‘ziga xos ijtimoiy guruh desak, bu guruh a’zolari uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-psixologik sifatlarni aniqlashimiz mumkin.
Deviant xulqli o‘smirlar maxsus ijtimoiy guruh sifatida quyidagilar bo‘yicha asoslanadi:Odatlari, urflari, an’analari. Bunday muhitda o‘z maxsus madaniyati shakllanadi. Tashqi tomonidan kiyim-kechak, soch tur-magi, jargonda so‘zlashuv.Deviant o‘smirlarni o‘rganuvchi psixologlarning ilmiy ishlarida ularning umumiy psixologik va ijtimoiy xususiyatla-ri aniqlanadi.
D.I.Feldshteynning fikricha, deviant o‘smirlar ijtimoiy sust, tajovvuzkor, qiziqqon, qo‘pol, «ko‘z yosh» to‘kishga moyil bo‘lib, ko‘plari aldoqchi, mas’uliyatsizligi bilan ajralib turadi. I.A.Semikashevaning izlanishlari bo‘yicha bunday guruh qatnashchilari ota-onaga o‘xshash xislatlarga ega bo‘lib, alohida insonlarni emas, o‘zi mansub guruhni hurmat qiladi.
Bunday o‘smirlar o‘z xarakterlariga mas’uliyat sezmay, omma orasida ham-ma qatori harakatlanadi. S.A.Kulakovning ta’kidlashicha, bunday xulqli o‘smirlar psixoterapevtlarning mijozidir, ularga aniq tashxis qo‘yilmagandiru, ammo ularning ko‘pgina xislatlari meyoriy jihatdan buzilgan. Affektiv sohada - bu hissiy bo‘shan-glik depressiya va hayajonga tez berilishdir. Ma’noni talab qilish sohasida erkinlik, himoyalanganlikka bo‘lgan ehtiyojini yopib qo‘yilishi, referent guruhiga xos bo‘lishi, kognitiv sohada xulosa qilishni rad etish kuzatiladi.N.Y.Maksimovaning tadqiqotlaridan shu narsa aniqlandiki, og‘ir tarbiyali o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarida salbiy holatlarga olib keluvchi quyidagi ichki sabablar ham bor ekan, jumladan: sinfdoshlar bilan muloqotning qiyin olib bori-lishi, xulq-atvor meyorlarining shakllanmaganligi, ijtimoiy meyorlar va xulq-atvor qoidalarining qadrini tushunmasligi, in-kor etish, o‘zi atrof olamni birbutun deb tasavvur etaolmasligi, pedagoglarning talab va takliflarini inobatga olmaslik, o‘z-o‘ziga o‘ta baland baho berish, ota-ona, o‘qituvchi bilan kelishmaslik oqi-batida ijtimoiy to‘g‘ri rivojlanmaslik. A.YE.Lichkoning aytishicha, o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shu yosh uchun xos bo‘lgan quyidagi xossalar bilan bog‘liq:
Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish.
Vaqt o‘tgan sari o‘zlariga zarar bo‘luvchi mojaro va sarguzashtlarga o‘ralashib qolishlari. Achinarlisi, bekorchi o‘smirlar bo‘sh qolib, kayfiyatni ko‘tarish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qili-shi. O‘smirlar ba’zilari qiziquvchanlikdan «kattalardek bo‘lish», boshqalari esa qolganlaridan qolib ketmasligi uchun ham ichishga ro‘ju qo‘yadilar. Ular nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar ham bo‘ladilar
2.Imitatsiya (o‘xshatish) bu doimo kimgadir taqlid qilishdir.
Bunday o‘smirlar o‘z tengdoshlari yoxud kattalarning xatti-harakatini takrorlaydilar. Atrofdagilardan birortasi spirtli ichimlik, giyohvand modda iste’mol qilsa, unga taqlid qiluvchilar ko‘payadi. Ko‘pgina o‘smirlar o‘ziga “namuna” qilib kino qahramonini, aktyorlar, sozandalarni tanlaydilar va ularga taqlid qiladilar. Agarda taqlid qilinayotgan qahramon salbiy qahramon bo‘lsa, unda ota-ona va pedagoglar turli noxushliklarga tayyor turishlari darkor.
Ayniqsa, “namuna” uchun tanlangan inson real shaxs bo‘lsa-yu, u ichkilikboz, giyohvand, jinoyatchi bo‘lsa, undan juda katta kulfatlarni kutish mumkin, chunonchi, ko‘pgina giyohvandlar, katta pul kerakligidan turli jinoyatlarga o‘ralashib qolishadi.
3.Inkor reaksiyasi(qarama-qarshi tuyg‘u). O‘smirlar uchun xos bo‘lgan tuyg‘u. Xulqning qarama-qarshi xususiyatlari yaqinla-rining dilsiyohligi, shaxsiyatni xafa qilishi, talablarning ba-jarilishida namoyon bo‘ladi. Qarama-qarshi ruhdagi harakatlar ko‘pincha ota-ona, kattalarga qaratilgan bo‘ladi. Oilada muammoli vaziyat yuzaga kelganda, bolaning ichki va tashqi “meni” kichik yoki bo‘rttirilgan huquqbuzarliklar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday is-yonkorlik ruhidagi harakatlarga ota-onalarning bolaga nisbatan loqaydligi, shaxs sifatida uni hurmat qilmasligi, qiziqishlari-ga to‘sqinlik qilishi sabab bo‘ladi. Ota-onaning bolasiga qo‘ygan o‘ta yuqori talablari, uni “vunderkind” – o‘ta yuqori cho‘qqilarni egallovchi shaxs qilishdek orzulari ham sababi bo‘ladi. Dushman-lik hissini berkitib, o‘smir kattalarga bo‘lgan norozilik, xafa-ligini, undan ruhan begonasirashini namoyon qiladi. U o‘ziga do‘stlarni tashqaridan izlay boshlaydi va ko‘pincha ichuvchi, che-kuvchi to‘daga kirib qoladi.
4.Rivojlanish tuyg‘usi(emansipatsiya) - o‘smirning o‘z erkin-ligi, mustaqilligi uchun kurashi. U kattalar nazoratidan tezroq ozod bo‘lishni xohlaydi. Uni qancha nazorat qilishsa, u shuncha er-kinlikka talpinadi. Kattalarga u ataylab mustaqil harakatlarini namoyon qiladi. Ota-ona yoxud o‘qituvchi unga biron harakatni maj-buriy singdirmasa, balki u o‘zi ham ixtiyoriy ravishda shu harakat-ni bajargan bo‘lar edi. Bu o‘smirning qaysarligi bilan bog‘liq. Ruhan sog‘lom o‘smirlardan o‘ta qaysarlik xislatlari vaqti bilan o‘tadi. Agarda kattalar o‘ta shafqatsizlik va so‘zsiz bo‘ysunishni so‘rashsa, unda o‘smirlar o‘ta keskin xarakter namoyon qiladilar.Eng xavotirga soladigani shuki, o‘smirlarning xatti-harakati bunday holatlarda uydan qochish va daydichilik bilan tugallanadi.
5.Rad etish tuyg‘usi - bu o‘yinlarga, ovqat yeyishga, uy ishlari, jamoat ishlariga qo‘shilishini inkor etish tuyg‘usi. Bunday voqelikda ota-onalar o‘smirlarning ba’zilariga ma’lum bir teng-doshlari bilan muloqot qilishni rad etadilar. Ota-ona o‘z far-zandini ichuvchi, chekuvchi tengdoshlaridan himoya qilish maqsadida boshqa maktabga, boshqa hududga ko‘chirishga ham majbur bo‘ladi, natijada o‘smir o‘z ota-onasini tengdoshlaridan ajratganligida ayblab, ulardan arazlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |