1-Bob.Urbanizatsiya jarayonining geografik asoslari.
Urbanizatsiya jarayonining shakllanish va rivojlanishi.
Urbanizatsiya (fransuzchada - urbanisation, ingilizchada - urbanization, lotinchada - urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. U tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo’lgan ko’p qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Uning torroq doiradagi demografik-statistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmog’ining ko’payib borishini anglatadi.Dastlabki shaharlar mil. av. 3—lming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning O’rta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunon Rim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori bo’lgan. O’rta asrlar va uyg’onish davrida kapitalistik ishlabchiqarish unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining o’sib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi.Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo bo’la boshladi.
Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning o’sishi va shahar aholisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy o’sishi, shahar atrofi hududlarining ma’muriy jihatdan shaharga qo’shilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bog’liqdir. Shaharlarning o’sishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, ya’ni Urbanizatsiya jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar
atrofida kichik shaharlar paydo bo’lib, katta shaharlarga qo’shilib boradi va shaharlar aglomeratsiyasi hosil bo’ladi.
Avvalo, urbanizatsiya jarayoni va uning hududlar bo‘yicha rivojlanish mezonlari haqida umumiy tushuncha hosil qilish maqsadga muvofiqdir. SHu asnoda tabiiy sharoit omillarining yirik shaharlarga ta’sirini urbanizatsiya jarayonida sezilarli kechishini ko‘rish mumkin.
SHaharlar barcha zamonlarda rivojlanish uchun turtki bo‘luvchi asosiy nuqtalar sifatida xizmat qilib kelgan. Ularning bu xususiyati fan-texnika taraqqiyotidan keyin ayniqsa umumjahon mezoniga aylandi. Bugungi kunda mamlakatlarning industrial va texnologik va hokazo mezonlar bilan belgilanuvchi rivojlanish darajasi urbanizatsiya darajasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bir so‘z bilan aytganda urbanizatsiya mamlakat taraqqiyotini belgilovchi asosiy mezondir.
Eng birinchi yirik shaharlar 4 ming yil oldin Mesopotamiya, Nil, Hind, Хuanxe daryolari vodiylarida vujudga kelgan. Shaharlarning vujudga kelishi iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’lanadi. Shaharlar hukmdorlar yashovchi hududlar, bosh vazifasi mudofaa bo‘lgan qal’alar sifatida shakllangan. Bunday holatda ular strategik jihatdan eng qulay joyda bunyod qilingan. Meksika va Рега hududlarida Kolumbga qadar davrlarda ulkan shaharlar sivilizatsiyalari rivojlangan. Qadimiy Amerika va Yevrosiyo hududlari bir- biridan butunlay xabarsiz bo‘lsada ulardalgi shaharlar sivilizatsiyasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra juda o‘xshash bo‘lgan.O‘rta asrlarda dunyodagi eng yirik shaharlar Nankin (470 ming kishi), Qohira (450 ming kishi), Vidjvanagar (350 ming kishi), Ре^'л (320 ming kishi) bo‘lgan. Yevropa mintaqasining eng yirik shahri Parij bo‘lib, uning aholisi 275 ming kishi bo‘lgan. Milan va Venetsiya shaharlari undan ikki barobar kichik bo‘lib, 19- asrda 870 ming aholisi bilan dunyoning eng yirik shahri bo‘lgan London aholisi o‘sha vaqtda 50 ming kishidan ortmaga 18 - asr boshida dunyo
aholisining 10% dan kamrog’i shaharlarda yashagan. O‘rta asrlarda eng katta bo‘lgan shaharlar hozirgacha mavjud, ba’zilari rivojlanishdan to‘xtab qolgan va provintsiyalar markaziga aylangan yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Shaharlashish jarayonini qo’yidagi xususiyatlarda ko’rishimiz mumkin.
Shahar aholisi sonining o’sib borishida.
Ishlab chiqarishning shaharlarda to’planishida.
Shaharlar maydonining kengayib borishida jamiyat rivojlanishi tarixda shaharlarning ma’muriy markaz, madaniy markaz hamda iqtisodiy aloqalar qilinadigan markazlar sifatida roli ortib bordi. 1808 yilda dunyo aholisining 2,4 % ining shaharlarda yashagan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 47 % ga ortib ketdi.
Umuman olganda urbanizatsiya jarayonini quyidagicha shakillanish bosqichlari mavjud.
XIX asrda asosan Yevropa va Shimoliy Amerikada yuzaga keldi.
XX asrning birinchi yarmida butun dunyoda shahar aholisininig soni tez suratlar bilan orta boshladi.
III. XX asrning ikkinchi yarmida jahon mamlakatlarida shahar aholisi soni ortishi bilan birga shaharlar maydonlari ham kengaya boshladi.
1900 yilda 1,4 % , 1950 yilda 29 %, 1990 yilda 45 % bo’ldi. Davlatning urbanizatsiyalashgan darajasi qo’yidagi ko’rsatkichlar asosida belgilanadi.
50 % dan yuqori bo’lsa, yuqori darajada urbanizattsiyalashgan .
20 - 50 % o’rtacha urbanizatsiyalashgan .
20dan kam bo’lsa, past urbanizatsiyalashgan .
Urbanizatsiyaning quyidagich ko’rinishlari mavjud
Konurbanizatsiya - shahar aglomiratsiyalari
Suburbanizatsiya - shahar atrof urbanizatsiyasi
Rurbanizatsiya - “qishloq” urbanizatsiyasi
“Shahar portlashi”
“Soxta” urbanizatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |