I bob umumiy tushunchalar


II BOB TANLANGAN QURILMA TA’RIFI



Download 1,47 Mb.
bet4/7
Sana26.05.2023
Hajmi1,47 Mb.
#944345
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hol usulda portlant sement ishlab chiqarish aylanma pech xisobi

II BOB TANLANGAN QURILMA TA’RIFI
2.1. Sement ishlab chiqarish quruq usuli
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik operatsiyalar bajariladi:
1. Ohaktosh va gil qazib olinadi;
2. Xom ashyo materiallari tayyorlanadi va maydalaniladi;
3. Yoqilg‘i tayyorlanadi;
4. Xom ashyo materiallari kuydiriladi.
Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarish uchun asosan kuyidagi texnologik jarayonlar bajariladi:
1. Qо‘shilmalar tayyorlanadi;
2. Klinker qо‘shilmalar bilan birga tuyiladi;
3. Portlandsement omborga joylanadi.
Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xom ashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarning (ohaktosh, gil va tо‘g‘rilovchi qо‘shilmalar) ning hammasi mayda qilib tо‘yiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materialar maydalab tuyilsa, xom ashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda о‘zaro yaxshiroq ta’sirlashadi. Xom ashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda ta’sir etishmay qolgan moddalar deyarli butunlay bо‘lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog‘langan bо‘ladi. Mayda qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab aralashtirilishi mumkin. Xom ashyo materiallari suv ishtirokida tayyorlansa portlandsement ishlab chiqarish «hо‘l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa «quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator faktorlarga bog‘liq (kuyidagi sxemaga qarang Xozirgi kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni kо‘proq qо‘llash tendensiyasi salmoqli о‘rin olmoqda. Portlandsement ishlab chiqarishda asosiy texnologik operatsiyalar quyidagicha: xom ashyo aralashmasini tayyorlash, uni 1450–1500 °C haroratda kuydirish va klinker hosil qilish, klinkerni gips va boshqa qо‘shimchalar qо‘shib birgalikda mayin maydalab, mayindispersli kukun – sement olishdan iborat.
Klinker ishlab chiqarishning ikki usuli mavjud bо‘lib, ular biri ikkinchisidan xom ashyo aralashmasini kuydirishga tayyorlash texnologiyasi bо‘yicha farq qiladi. Bular hо‘l va quruq usullardir. Birinchi holatda xom ashyo materiallarini aralashtirish va maydalash ma’lum miqdordagi suv ishtirokida amalga oshiriladi, ikkinchi holatda esa xom ashyo materiallari avvaldan yoki maydalash va aralashtirish jarayonida quritiladi. Xom ashyo komponentlaridan iborat aralashma kо‘rinishidagi qaymoqsimon konsistensiyali suspenziyani «shlam» deb ataladi, quruq xom ashyo komponetlarini birgalikda quruq maydalashdan hosil bо‘luvchi mayda dispersli quruq kukuni esa – xom ashyo uni deb yuritiladi. Quruq usul klinker hosil qilish uchun kerakli issiqlikni sezilarli (1,5–2 marta) tarzda kamaytirishga imkon beradi.
Quruq usulda klinker olishda kuydirish uchun sarflanuvchi issiqlik sarfi 180–1100 kkal/kg, hо‘l usulda esa 1400–1600 kkal/kg klinker miqdorini tashkil etadi.Xom ashyo materiallarini quritish uchun kerak bо‘lgan issiqlikni hisobga olganda (120–150 kkal/kg klinker) quruq usulda, hо‘l usuldagi 1500 kkal miqdorga nisbatan olganda 1 kg klinkerga 900–1250 kkal tashkil etadi. Oxirgi yillarda jahonning kо‘pgina mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekistonda ham sementni quruq usulda ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilgan va qо‘yilmoqda, ammo hо‘l usul ulushi hamon yuqorligicha (50 % atrofida) qolmoqda.
Xom ashyo tayyorlash texnologiyasi xomashyo materiallari xususiyatlariga kо‘ra tanlanadi. Xom ashyo aralashmasi minimal tarzda ikki, kо‘pincha esa uch va hatto tо‘rt komponentdan tashkil topadi.Xom ashyo aralashmasini tayyorlash uchun:
a) CaSO3 tutuvchi ohakli komponenti uning aralashmada bо‘lgan kerakli miqdoridan kо‘proq qilib olinishi lozim;
b) tuproqli komponent ushbu komponentning kimyoviy tarkibi asosan SiO2 va Al2O3 kislotali oksidlardan, shuningdek, ma’lum miqdorda Fe2O3 iborat bо‘ladi;
v) bir yoki ikki kislotali oksidning aralashmada zaruriy miqdorga yetkazilishi uchun xizmat qiluvchi korrektirlovchi (muvofiqlashtiruvchi) qо‘shimchalar qо‘shiladi. Xom-ashyo aralashmasi asosan (75–80 : 25–20) % karbonat va tuproqli komponentlardan tashkil topadi. Ohakli va tuproqli komponentlar sifatida: ohaktoshlar, tuproqsimon ohaktoshlar, ohaktoshli mergellar, tuproqsimon mergellar, ohaktoshli tuproq va tuproq kabi xomashyolardan iborat turli jinslardan foydalaniladi. Tabiiy tuproqli xomashyo о‘rniga: asosli va nordon domna shlaklari, nefelinli shlam, yonuvchi slanetslarning kullari kabi turli ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi.
Sement ishlab chiqarishning quruq usulida xomashyo komponentlari maydalovchi uskunalarda maydalanadi, qurituvchi barabanlarda quritiladi, sо‘ng yanada maydalanishi uchun bir vaqtning о‘zida uzluksiz ravishda ishlovchi sharli quvursimon tegirmonlarda maydalanadi va aralashtiriladi. Xomashyo unining jami namligi tegirmonlar ichiga aylanma pechlar ichidan chiquvchi issiq tutun gazlari hisobiga 1–2 % gacha yetkaziladi. Quruq xom-ashyo uni maxsus vertikal siloslarga yetkaziladi, bu yerda uning tarkibi kerakligicha о‘zgartiriladi. Sо‘ng xomashyo uni uchun barcha hajmi bо‘yicha о‘rtalashtiriladi (gomogenizatsiyalanadi) va aylanma pechlarning sarflanma bunkerlariga uzatiladi.
Sement zavodlarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish.
Sementni quruq usulda ishlab chiqarishda (rasmda) ohaktosh 6 jag`simon va 5 bolg`ali maydalagichlarda ikki bosqichli maydalanishdan o`tadi. 2 jo`vali maydalagichda maydalangan tuproq 1 barabanda quritiladi. So`ng ohaktosh va tuproq 4 ulushlagichlar bilan jihozlangan 7 bunker orqali 3 konveyerlar yordamidabirgalikda maydalash va shu bilan bir vaqtda pechdan tashqaridagi issiqlik almashtirish jihozlaridan keluvchi gazlar orqali quritish uchun 8 quvurli tegirmonga uzatiladi. Maydalangan material havo oqimi orqali 9 separatorga kelib tushadi va bu yerda u mayin va dag`al fraksiyalarga ajratiladi. So`ng mayin fraksiya 33 siklonlar, 32 aerajeloblar va ulushlovchi jihozlar orqali 31 xomashyo uni omborxonasiga yetkazadi, dag`al fraksiya esa 9 separator orqali qayta tuyish uchun tegirmonga yo`naltiriladi. 3

Xomashyo uni siloslardan aralashtiruvchi aeratsiya jihozlari, 30 aerajelob va ta’minlagichlar orqali 13 siklonli issiqlik almashtirgichlarga yetkaziladi, bu yerda 700-8000C haroratli pech gazlari orqali qiziydi va qisman dekarbonizatsiyalanadi. Issiqlik almashtirgichlardan xomashyo uni o`z oqimi bilan 14 sovutiladi. So`ng klinker plastinkali 17 konveyer yordamida 19 ulushlagichlar bilan jihozlangan 18 silos omborxonasiga yetkaziladi, shu omborxonaning o`zida zaruriy qo`shimchalar mavjud bo`ladi. Omborxonadan klinker va qo`shimchalar 20 tasmali konveyer orqali 28 separator bilan jihozlangan 26 barabanli tegirmonga tushiriladi. Mayin fraksiya tegirmodan 23 siklonlardan o`tib, 24 pnevmokamerali nasos orqali 29 silos omborxonasiga haydaladi, dag`al fraksiya esa 27, 25 aerajeloblar, 21 elevator va 28 markazga intilma separator orqali qayta tuyish uchun tegirmonga kelib tushadi. Maydalash agregati 22 aspiratsion jihoz, 15 sovutgich – elektrofiltr bilan pech esa 12 skrubber, 11 elektrofiltr va 10 tutun tortuvchi (dimosos) ventilyator bilan jihozlangan bo`lib, ularyordamida changsizlantirilgan gazlar havo atmosferaga chiqariladi. Sement omborxonadan temiryo`l vagonlari yoki avtosementovozlarga yuklanadi. Sexning ishlash rejasi texnologik asboblar,hom ashyo oqimi, ishlaydiganlarning ro‘yxatini hisoblash uchun asosiy belgi bo‘lib qoldi va yil ichida ish kuni va sutkada ishlash navbati soni bilan fazilatlanadi.
Asosiy ish olib bormaydigan,yoki ishlab chiqarisda ikkilomchi rol o‘ynaydigan tsex va bo‘limlar ikki navbat ish tarkibida ishlash mumkun.
Shu munosabat bilan quydagi ish tartibi qabul qilinadi:
Bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish zavodlari odatda ikkita asosiy tsexga ega bo‘ladi. Ular: kuydirish va maydalash tsexlari. Bazi bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish sexlarida zavodlarida uchinchi tsex tuyish sexlari ham mavjud bo‘ladi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish