yig‘ilishi jamiyatning ustavini tasdiqlaydi va uning organlarini saylaydi.
Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘lish balansiga muvofiq
bo‘lish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga o‘tadi.
Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini
aniqlash imkoniyatini
bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxslar
qayta tashkil etilgan
jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
53-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Qayta tashkil etilayotgan
jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va majburiyatlarining bir
qismini o‘tkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil etish jamiyatni
ajratib chiqarish deb
e’tirof etiladi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy
yig‘ilishi bunday qayta tashkil etish to‘g‘risida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari to‘g‘risida, yangi
jamiyatni (yangi jamiyatlarni) tashkil etish to‘g‘risida va bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risida qaror
qabul qiladi, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning ta’sis
hujjatlariga
jamiyat ishtirokchilari tarkibining o‘zgarishi, ularning ulushlari miqdorlari aniqlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘zgartishlarni va ajratib chiqarish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan boshqa
o‘zgartishlarni
kiritadi, shuningdek zarurat bo‘lgan taqdirda o‘zga masalalarni,
shu jumladan
jamiyatning organlarini saylash to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
Ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini imzolaydilar. Ajratib
chiqarilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi uning
ustavini tasdiqlaydi va
jamiyatning organlarini saylaydi.
Agar ajratib chiqarilayotgan jamiyatning yagona ishtirokchisi qayta tashkil etilayotgan jamiyat
bo‘lsa, uning umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risida,
ajratib chiqarish tartibi va shartlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan
jamiyatning ustavini va bo‘lish balansini tasdiqlaydi, ajratib chiqarilayotgan jamiyatning organlarini
saylaydi.
Jamiyatdan bir yoki bir necha jamiyat ajratib chiqarilganda qayta tashkil etilgan jamiyat
huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo‘lish balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
Agar bo‘lish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini
bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan
jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: