Elektr va elektronika tarmog’i quyi sektorlarining tarkibiy qismlari
Sektor
|
Quyi sektor
|
Mahsulotlar
|
Elektronika
|
Ehtiyot qismlar
|
Yarim o’tkazgichlar, passiv qismlar (optik tola),
|
Iste’molchilar
|
Audio, video mahsulotlari, televizor, radio, kamera,va elektron o’yinlar
|
Sanoat
|
Multimedia va informatsiya texnologiya mahsulotlari, ya’ni, kompyuter va komyuter qismlari, telekommunikatsiya jihozlari, offis jihozlari, sanoat uchun yig’uv mahsulotlari
|
Elektr
|
Elektr
|
Elektr taqsimlovshi uskunalar, nazorat panellari, yoqish o’chirish asboblari, chiroqlar, transformatsiyalar,kabel va o’tkazgichlar, birlamchi quvvat vositalari va batareyalar, quyosh batareyalari, konditsionerlar va boshqa xo’jalik jihozlari
|
Manba: Malaysia Investment Performance report 2015, Driving SuStainable growth, p 24
Ilova 3
3.1-ilova
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi O’zbekiston Respublikasi korxonalari uchun taqdim etiladigan soliq imtiyozlari:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i qisqartiriladi: Modernizatsiyaga yo’naltirilgan, ishlab chiqarishni texnika va texnologiya jihatdan qayta jihozlash, yangi texnologik uskunalar, yangi ko’rinishda ishlab chiqarishni kengaytirish, binolarni rekonstruksiya qilish, shuningdek, kreditni so’ndirish, lizing obyektlari qiymatini qoplash, soliq to’lanadigan foydadan 30 foiz ko’p bo’lmagan hajmda,
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar mavjud bo’lgan soliq davridan boshlab 5 yil mobaynida, texnologik uskuna bo’yicha uni eksplutatsiyaga kirish vaqtidan boshlab foyda solig'ining kamaytirilishi amalga oshiriladi. Yangi Texnologik jihozlarning sotib olinishi yoki be’g’raz yordam sifatida kiritilishi holatlarida uni olib kirilish vaqtidan boshlab uch yil mobaynida belgilangan imtiyozlar yuridik shaxslar uchun foyda solig’ini to’lash majburiyati bilan imtiyozlar qo’llaniladigan davrga bekor qilinadi. Ushbu imtiyozlar mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq to’lovchulari uchun qo’llaniladi.
Soliq to’lash muddatidan boshlab 5 yil muddatda soliq hajmi qisqartiriladi, amalga oshirish texnologik jihozlar. Realizatsiya holatida
Xizmat tovar eksport qiluvchi korxonalar uchun (xomashyo resurslari eksporti bundan mustasno):
Sotuv hajmida eksportning ulushi 15-30% gacha bo’lsa, daromad (foyda) solig’i 30% ga qisqartiriladi
Sotuv halmida eksportning ulushu 30%dan yuqori bo’lsa, daromad (foyda) solig’i 50% ga qisqartiriladi.
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi:
mol-mulk realizatsiyasi bo’yicha aylanish, davlat mulki tartibida amalga oshirish;
tovar realizatsiyasi bo’yicha (ish va xizmatlar), zayom(kredit)ga ega bo’lgan yuridik shaxslar, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga tegishli xorijiy mamlakatlarning moliyaviy organlari tomonidan taqdim etilgan, shuningdek grant sifatida taqdim etilgan oborotlar;
mulk realizatsiyasi bo’yicha, kelishuv asosida investitsiya majburiyati sifatida, davlat mulkini boshqarish bo’yicha investor va vakolatli davlat organi tomonidan kelishilgan oborot;
moliyaviy lizing kelishuvi bo’yicha xizmat ko’rsatish;
texnologik uskunalar importi, O’zbekiston Respublikasi import tovarlari ro’yxatiga kiritilgan qonunchilik bilan tasdiqlangan, shuningdek kompleks mahsulotlar va ehtiyot qismlari, (agarda ularni yetkazib berish texnologik uskunalarni yetkazib berish shartnoma shartlarida mavjud bo’lsa). Import qilingan texnologiyalar ular kirib kelgandan boshlab 3 yil mobaynida eksport qilinadigan bo’lsa u holda qo’shilgan qiymat bo’yicha soliq to’lovi qayta tiklanadi;
importi, kelishuvga muvofiq investitsiya majburiyati sifatida kiritilgan, investor va vakolatli davlat organi o’rtasida davlat mulkini boshqarish bo’yicha kelishilgan mol-mulk;
xususiy ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan va materiallar bolalar poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar import xomashyo mahsulotlari.
Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig’i bazasidan quyidagi qiymatda qisqartiriladi:
lizing muddati bo’yicha lizingga olingan mulk;
yangi texnologik uskunalar 5 yil davomida, grant asosida taqdim etilgan yangi texnologik uskunalar sotib olingan kundan boshlab 3 yil muddatga;
Xizmat tovar eksport qiluvchi korxonalar uchun (xomashyo resurslari eksporti bundan mustasno):
Sotuv hajmida eksportning ulushi 15-30% gacha bo’lsa, daromad (foyda) solig’i 30% ga qisqartiriladi
Sotuv halmida eksportning ulushu 30%dan yuqori bo’lsa, daromad (foyda) solig’i 50% ga qisqartiriladi
Bojxona bojidan ozod qilinadi:
xorijiy investorlar yoki xorijiy investorlar bilan tashkil etilgan ustav fondida 33 % dan kam bo’lmagan ulushga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi hududdida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur mol-mulklar;
xorijiy investorlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga TTXI sifatida kiritilgan qiymati 50 mln. AQSH dollaridan yuqori bo’lgan tovarlar (kiritilayotgan tovarlar faqat xususiy ishlab chiqarish uchun);
tovarlar, ishlar va xizmatlar (loyihaviy hujjatlashlarga muvofiq mahsulotni bo’lish kelishuvi bo’yicha xorijiy investor yoki ushbu kelishuv qatnashchilari tomonidan olib kirilayotgan shuningdek, investor tomonidan ushbu kelishuvga muvofiq investorga tegishli olib chiqilayotgan mahsulotlar);
texnologik uskunalar, O’zbekiston Respublikasi import tovarlari ro’yxatiga kiritilgan qonunchilik bilan tasdiqlangan, shuningdek kompleks mahsulotlar va ehtiyot qismlari, (agarda ularni yetkazib berish texnologik uskunalarni yetkazib berish shartnoma shartlarida mavjud bo’lsa). Import qilingan texnologiyalar ular kirib kelgandan boshlab 3 yil mobaynida eksport qilinadigan bo’lsa u holda bojxona boji qayta tiklanadi.
Ayrim korxonalar yuridik shaxslarning foyda solig’i, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i mikrofirmlalr uchun yagona soliq to’lovidan, Respublika yo’l fondi uchun majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
Yuqoridagi imtiyozlar quyidagi holatlarda qo’llaniladi:
korxonalar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan boshqa joylarda tashkil etilgan hollarda;
xorijiy investitsiyalar xususiy to’gridan-to’gri investitsiya shaklida O’zbekiston Respublikasi davlat kafolatisiz amalga oshirilsa;
xorijiy investorning ta’sischilar orasidagi ulushi 33 %dan kam bo’lmasa;
xorijiy investitsiya qo’yilmasi erkin almashinuvchi valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna ko’rinishida bo’lsa;
50 foizdan kam bo’lmagan daromad korxonanning rivojlanishi uchun reinvestitsiya qilish uchun yo’naltirilsa;
Yuqorida keltirilgan soliq imtiyozlari TTXIlarning hajmi quyidagicha bo’lgan hollarda qo’llaniladi:
300 ming AQSh dollaridan 3 mln. AQSh dollarigacha 3 yilga
3 mln. AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha 5 yilga
10 mln. AQSh dollaridan ortiq 7 yilga
Bundan tashqari Navoiy Erkin Iqtisodiy Zonasida ro’yxatdan o’tga xo’jalik subyektlari yer solig’i, mulk solig’i, foyda solig’i, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun to’lov, yagona soliq to’lovi (kichik ishlab chiqaruvchilar uchun), Respulika yo’l fondi, va Maktab ta’limi respublika fondi uchun majburiy ajratmalar kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmiga ko’ra yuqorida soliq va majburiy ajratmalardan quyidagi tartibda ozod qilinadi (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yi 2-dekabrdagi №УП-4059 Farmoni):
3 mln yevrodan 10 mln yevrogacha 7 yilga;
10 mln yevrodan 30 mln yevrogacha 10 yilga oxirgi 5 yil foyda soligi va yagona soliq to’lovi 50 foiz miqdorida to’lanadi;
30 mln. yevrodan ortiq 15 yilga oxirgi 10 yil foyda soligi va yagona soliq to’lovi 50 foiz miqdorida to’lanadi.
Angren maxsus industrial zonasi qatnashchilari quyidagi soliq to’lovlaridan ozod qilinadi: foyda solig’i, yuridik shaxslarning mulk solig’i, ijtimoiy infrtuzilmani rivojlantirish solig’i, kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l fondi uchun majburiy ajratmalar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan Angren maxsus industrial zonasida tashkil etiladigan loyihalar uchun zarur bo’lgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kompleks mahsulotlar va buyumlar, skunalarga bojxona to’lovi (bojxona yig’imlaridan tashqari) undirilmaydi.
Yuqorida keltirilgan imtiyozlar kiritiladigan investitsiyaning hajmiga qarab 3 yildan 7 yilgacha beriladi:
300 ming AQSh dollaridan 3 mln. AQSh dollarigacha 3 yilga
3 mln AQSh dollaridan 10 mln. AQSh dollarigacha 5 yilga;
10 mln AQSh dollaridan ortiq 7 yilga37.
3.2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |