1.4-rasm. TTXIlarni alohida hududlar va mamlakatlar guruhiga kirib kelishi va jahon investitsiyalarning kirib kelish oqimidagi ulushi
Hududiy guruhlar o’rtasidagi o’zaro investitsion oqimlarning o’sishiga asosiy sabablar sifatida investitsion to’siqlarning olib tashlanganligi investitsion siyaosatning liberallashuvi va transaksion xarajatlarning qisqarishi sabab qilib keltiriladi. 1.4-rasmdan ko’rinib turibdiki, 2014-yilda APEC doirasida investitsiyalarni qabul qilish 57 foizdan 53 foizga kamaygan, bu o’zgarish bevosita AQSHga investitsiyalarni kirib kelishi keskin kamayish bilan izohlanadi. G20 davlatlaridagi kamayish bevosita, Yevropa Ittifoqlari hisobidan bo’lsa, BRICS mamlakatlariga kiritilgan investitsiyalar hajmida 1% ga osishni kuzatishimiz mumkin. MERCOSUR doirasida TTXIlarni jalb qilish esa 6 % miqdori bilan o’zgarishsiz qolgan15.
Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining transmilliy korporatsiyalari tomonidan TTXIlarni mamlakatlar iqtisdodiyotlariga kiritish yildan yilga o’sib bormoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning TMKlarining faoliyati ayniqsa “yashil soha” larga yo’naltirilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardan Osiyo mamlakatlarining TMKlarining xorijga investitsiya chiqarish hajmi oshgan bo’lsa Lotin Amerikasi va Karib dengizi hududlari va Afrikada bu ko’rsatkich pasayganligini kuzatishimiz mumkin. Avvalo shu narsani ta’kidlash lozimki, rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan chiqarilayotgan investitsiyalarning uchdan bir qismi Osiyoning hissasiga to’gri keladi. Eng ko’p TTXI kiritgan mamlakatlar ro’yxatiga e'tibor qaratadigan bo’lsak, ushbu kuchli 20 talikni 7 tasi ya’ni, Gong Kong, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Koreya Respublikasi, Malayziya, Quvayt, Chili va Tayvan kabi rivojlanayotgan yoki o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlariga to’g’ri kelganligini kuzatishimiz mumkin16. (1.2-ilova). TTXIlarni eksportida AQSH o’z yetakchiligini saqlab kelmoqda. O’z navbatida ikkinchi o’rin Xitoyga nasib etgan bo’lsa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari keying o’rinlarni band etishgan.
2014-yilda Osiyo mamlakatlarining TMK tomonidan jahon xorijiy mamlakatlarga kiritilgan TTXI hajmi 29 foizga o’sgan va 432 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Ushbu investitsiyalar asosan Osiyo mamlakatlariga va hududlariga yo’naltirilganligini kuzatishimiz mumkin. Sharqiy Osiyoda esa Gong Kong TTXI oqimini chiqib ketishi bo’yicha keskin o’sganligini va eng yirik investor AQSH dan keyin 2 o’rinni egallaganligini e’tiborga molik. Ushbu yirik o’sish bevosita xorijiy korxonalarni sotib olish qo’shib olish (M&A) hisobiga amalga oshirilgan. Xitoyliklar tomonidan chiqib ketayotgan investitsiyalar Xitoyga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmidan ko’ra tezroq sur’atlarda o’sib bormoqda va 116 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida Singapur TTXIlar eksportida sezilarli o’sishga erishdi va 2014-yilda 41 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi TTXIlarga donorlik qildi.
Demak, O’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda davom etayotgan turli xildagi to’qnashuvlar, sanksiyalar va boshqa omillar natijasida ushbu mamlakatlarga investitsiyalar oqimi kamayishiga olib keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan, Osiyo mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda o’sish mavjud bo’lsa, bu borada Lotin Amerikasi mamlakatlarida kamayish tendensiyasini, Afrika hududida esa o’zgarmasdan qolganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. TTXIlarning rivojlangan mamlakatlarga kirish oqimi keskin foizga kamaydi. Ushbu mamlakatlarga TTXIlar kirib kelishiga kamayishiga AQSHdan “Vodafon” kompaniyasining chiqib ketishi bilan izohlanadi. Jahon miqyosida TTXIlarning yo’nalishi asosan rivojlangan mamlakatlar tomon yo’nalmoqda. Xususan, bu borada Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bu borada sezilarli ulushga ega bo’lib, investitsiya qabul qiluvchi ham donor mamlakat bo’lib ham jahon xo’jaligida o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |