II.BOB. Tovar va pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
2.1. Pul vazifalarining rivojlanish darajasi, tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi
Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma`lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog`liq holda tushuntiriladi.
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy kontseptsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontseptsiyalar muhim o’rin tutadi.
Ratsionalistik kontseptsiya pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog`ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kelishuv sifatida amal qilishi to’g`risidagi mazkur g`oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub`ektiv psixologik yondoshuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.
Masalan, P.Samuel`son pulni sun`iy ijtimoiy shartlilik sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt pulning vazifasini qimmatbaho metallar va boshqa predmetlarga biriktirib qo’yilishi – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi.
Pulning mohiyatini twlaroq tushunish uchun uning vazifalarini kwrib chiqamiz. Chunki, «zamonaviy iqtisodiy fan uchun pulning mohiyatini uning funktsiyalaridan keltirib chiqarishga asoslangan yondoshuv xosdir. Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat wlchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik twplash vositasi; 4) twlov vositasi.
Pul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bog`liq.
1. Pulning birinchi vazifasi qiymat wlchovi vazifasidir.
Tovarning almashuv qiymatini ifodalash, uni wlchash uchun qwlda naqd pulga ega bwlish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi tovarlarning qiymatiga, pulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa omillarga bog`liq.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini wlchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar wlchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar wlchovi har qanday wlchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e`tirof etilgan bwlishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Dastlab pul birliklari va ularning nomlari kwpincha muayyan og`irlikda nodir metallar bilan bog`liq bwlgan, valyuta tizimlarining nomlar (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt wtishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora kwproq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bularning biri shu bilan bog`liqki, tarixan uncha nodir bwlmagan, umumiy ekvivalent rolini wynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bwlgan. Lekin oltin qiymat wlchovi sifatidagi kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom wz qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bwlgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish, bunda davlat pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan kwra kamroq miqdorda pul (oltin) materiallarini sarflaydi.
Tovar ayirboshlash rivojlangan sharoitda mehnat mahsuli bwlmagan, ya`ni qiymatga ega bwlmagan narsalar (masalan, ishlanmagan er) narxga ega bwlishi mumkin. Faqat narsalargina emas, balki hatto evaziga kimdir muayyan miqdorda pul twlashga tayyor turgan ma`naviy qadriyatlar (sha`n, vijdon va hokazolar) ham shunday shaklga kiradi. Bunday hollarda narx bwlsada, lekin qiymat bwlmaydi.
2. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bwlishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog`i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bwlib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bwlgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug`dirgan: pul metallni wlchash uni mayda bwlaklarga bwlish, sifatini belgilash zarur bwlgan. Asta–sekin pul metall quymalari wrniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar wz vazni va sifati jihatidan ma`lum miqdordagi metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bwladi.
Oltin pul muomalasi amaliyoti kwrsatadiki, uzluksiz muomalada bwlish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, wz massasining bir qismini ywqotadi va twla qiymatli bwlmagan pulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin wrnini bosuvchi pul sifatida twla qiymatli bwlmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik twplash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi wzini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va wz tovarini sota olish –olmasligidan qat`iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bwlish uchun wzini ma`lum pul rezervi bilan ta`minlashi kerak.
Natural xwjalik sharoitida boylik twplash, jamg`arish mahsulot jamg`arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xwjaligining rivojlanishi boylik jamg`arishning pul jamg`arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bwlmaydi, pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.
Tovar xwjaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg`arish uni muomaladan chiqarib olish ywli bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bwsh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish ywlini topishga intildilar.
Shuning uchun pul saqlash uchun banklarga qwyiladi. Banklar esa, ularni bir joyga twplab, kredit vositasida foydalanadi.
Boylik twplash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi.
4. Tovarlar nasiyaga twlov muddati kechiktirib sotilganda, pul twlov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini twlov muddati kelgandan keyingina twlaydi. Pulning twlov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni twlashda ham twlov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq twlash wrtasidagi vaqt jihatidan ajralish payla bwladi? Aniq vaziyatlar turlicha bwlishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish tsikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xwjaligida hosil bir yilda bir marta yig`ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bwladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bwlar edi. Pulning twlov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xwjalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog`oz pullar, veksel va banknotlar – pulning twlov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi.
Veksel oboroti negizida (veksel–qarz majburiyati degani) emissioner bank tomonidan chiqariladigan va uning obrwsi bilan quvvatlanib turiladigan kredit pullar vujudga keladi. Kredit pullar qog`oz pullar bilan qwshilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Bu bilan oltinni pul muomalasidan siqib chiqarish ywlida yana bir qadam qwyiladi.
Kreditning va kredit tizimi rivojlanishi bilan pulning twlov vositasi sifatida qwllanish sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bwlishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli puxtaroq kafolatga ob`ektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot paydo bwladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli wrniga bank tomonidan berildigan vekseldir. Shunday qilib, banknot pulning twlov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yani bir turi–cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan wz hisobidagi puldan chekda kwrsatilgan shaxsga berish twg`risida bankka yozilgan buyruqlardir.
Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini wzaro bir–biriga wtkazish ywli bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob–kitoblar oltin bilan ta`minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi.
Bugungi kunda zamonaviy, ya`ni qog`oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati twg`risida swz yuritilganda, g`arb iqtisodiy adabiyotlarida qog`oz pulning tovar emasligi qat`iy ta`kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya`ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.29
Bu iqtisodchilar tomonidan qog`oz pullarning tovar tabiatini inkor etilishi, agar pul tovar bwlmasa, nima uchun u har kuni kwz oldimizda hamma bozorlarda tovar sifatida oldi-sotdi bwladi, degan savolga javob bera olmaydi.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydi. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bwlib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bwlsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya`ni iste`mol qiymatiga ega. Uning iste`mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. Twla qimmatli pullardan wz qiymatiga ega bwlmagan pul belgilarini qwllashga wtish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog`oz pul oddiy tovarlarga xos bwlgan xususiyatlar: qiymat va iste`mol qiymatga ega bwlmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi, shuning uchun ham hozirgi paytda pul belgilari va naqd bwlmagan pullar wz qiymatiga ega bwlmasada, ularni almashuv qiymati sifatida qwllash imkoniyati saqlanib qolmoqda. Fikrimizcha, buning sababi qog`oz pullarning qiymatga ega bwlmasa ham qiymat belgisi xususiyatiga egaligidir. Shu sababli ular ayirboshlash jarayonida umumiy ekvivalent sifatida chiqadi va oltin pulning vazifalarini qisman bajaradi.
Pul kwp tomonlama, murakkab iqtisodiy tushuncha bwlganligi sababli, uning yangicha mazmunini aniqlashni qog`oz pullarning oltin pulga bog`liqligi va undan farqini kwrsatishdan boshlash lozim. Qog`oz pullarning wz wtmishdoshi va tabiiy negizi bwlgan oltin pullar bilan wxshashlik jihati shundaki, u oltin pulda mavjud bwlgan ikki xususiyatni, ya`ni rasmiy naflilik va qiymat belgisi sifatidagi xususiyatlarni qabul qilib oladi. Oltinning moddiy tovar sifatidagi ikki xususiyati: real nafliligi va qiymati qog`oz pullarda bwlmaydi. Lekin avvalgi ikki xususiyat qog`oz pullarning umumiy ekvivalent sifatida amal qilishi uchun etarlidir. Oltin va qog`oz pullarning wzaro bog`liqligi.
Qog`oz pullar bozor iqtisodiyoti yoki unga wtish davrida oldingi mazmunini tark etmagani holda, ya`ni maxsus tovar sifatida, umuiy ekvivalentlik mazmunini saqlab qolgani holda, yangi mazmun kasb etadi. Bu davrda uning tabiati, tarkibi yanada murakkablashib boradi. Agar oddiy tovar va xizmatlar ayirboshlanishi, ya`ni oldi-sotdi bwlishida pulga tovar sotib olishdan asosiy maqsad Biron-bir naflilikni (iste`mol qiymatini) iste`mol qilish uchun sotib olish, wzlarining shaxsiy ehtiyojini qondirish bwlsa, bozor iqtisodiyoti yoki unga wtish davrida puldan faqatgina shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadida emas, balki daromad, foyda olish maqsadida foydalaniladi.
Puldan uni bankka qwyib foiz olish, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olib, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki tijorat faoliyatini olib borib, foyda olish, turli qimmatli qog`ozlarni sotib olib, dividend daromadlari olish maqsadlarida foydalaniladi. Bu shundan dalolat beradiki, endi pul faqatgina umumiy ekvivalent bwlib emas, balki wz egasining qwlida foyda, daromad olish vositasi bwlib xizmat qiladi, wzidan-wzi wsuvchi qiymatga, bir swz bilan aytganda pul kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog`oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog`oz pul, tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, twlov talabnomalari va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 5-chizmada aks ettirilgan. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari.
Bundan kwrinadiki, pul kapital sifatida muomalada bwladi, unga qwshimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi.31
Demak, yuqorida ta`kidlanganidek, hozirgi zamon iqtisodiy fanlardagi pul tushunchasiga ikki jihatdan yondashiladi: tez almashadigan (likvid) pul va dekret (qonun bilan belgilangan) pul sifatida.
Tez almashish (likvidnost`) tushunchasi, hozirgi zamon qog`oz pullari (swm, tanga, dollar, lira va h.k.) bevosita sotib olish kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, demak, osonlik bilan maqsadingizni rwyobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha engil avtomashina bwlsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bwlib qolgan har qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma`lum miqdordagi pul summasiga (dollar, marka va h.k.) ega bwlsangiz, siz har doim ularni har qanday kerakli buyumga ayirboshlay olasiz.
Nima uchun kredit–qog`oz pullar mutloq tez sarflanish xususiyatiga ega bwladi? Biz bu erda hozirgi zamon pulining tabiatiga taaluqli bwlgan ikkinchi jihatga e`tiborni qaratamiz.
Pul – bu ayirboshlashning umuman tan olingan vositasi. Bu erda «umuman tan olingan»32 swziga e`tiborni qaratish juda muhim. Pulning qadr–qimmati (qiymati) nima bilan aniqlanadi? Qog`oz pul qiymatga ega bwladimi?
Qator iqtisodchi neoklassiklar nuqtai–nazariga kwra, pul shu sababli qadrliki, ular qiymatga ega bwlgan «qog`oz»dan qilinadi degan noaniq fikrni bildirishadi. Agar odamlar tomonidan nimanidir pul deb hisoblashga kelishilsa, ana shu «nimadir» pul hisoblanadi, degan notwg`ri fikrlarni kwrish mumkin. Demak, pulning qadri uning qiymatidan emas, balki unga bildirilgan ishonchdan kelib chiqadi degan sub`ektiv yondashuvlar mavjud. Hozirgi zamon pulining barqarorligi (xarid qilish layoqatining wzgarmasligi) umuman oltin zahiralari bilan ham bog`liqdir. Tabiatda oltin cheklangan miqdorda bwlgani kabi, Markaziy bank ham pul taklifini cheklashi zarur. Agar qog`oz pullar nisbatan cheklanganlik xususiyatiga ega bwlishdan twxtasa, bunda ularning qadr–qiymati butunlay ywqolguncha tushib boradi. Shunday ekan qog`oz pullarning qadri haqidagi masala muomala uchun zarur bwlgan qog`oz pullar miqdori muammosi bilan uzviy bog`liq (bu masalaga keyingi XXII-bobda twxtalamiz).
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar–pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bwldi va uning rivojlanishiga shart–sharoit yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |