AuCl3*HCl*nH2O (oltin hisobida)
|
4
|
K4Fe(CN)6*3H2O
|
200
|
K2CO3
|
65
|
KCNHS
|
10
|
Ik,А/дм2
|
0,2-0,3
|
t0 C
|
32-62
|
pH
|
11-12
|
Sianidli ishqoriy edektrolitlar KCN da ditsianitrat kaliyli tuzsiz suvda eritish bilan tayyorlanadi. Eritma elektroliz vannasiga quyiladi va suv kerakli hajmda to‘ldiriladi va aralashtiriladi.
Kislotali sianli elektrolitlar quyidagi tartibda tayyorlanadi. Limon kislota va kaliyli nitrat suvda eritiladi va eritma rN i 3,4-4,2 ga yetkaziladi, 20% li KOH kaliy gidroksid eritmasi bilan, keyin kaliyditsanigidrat eritmasi kiritiladi. Eritma ishchi holatga yetkaziladi va kerakli miqdorgacha aralashtiriladi.
1.4 Oltinni elektrolitik rafinatsiyalash
Hozirgi vaqtda Oltinni rafinlash uchun faqat oltin xlorid eritmasi ishlatiladi. Sianidli eritmalar elektrolizlanganda oltin bilan birga mis va kumush ham cho‘kmaga tushadi.
Oltin xloridi toza suvda eriydi, ayrim hollarda kompleks birikma H2AuCℓ3O hosil qiladi.
H2AuCℓ3O 2Hқ қ AuCℓ3O2- (1.4)
Eritma kislotali muhitga ega. Elektroliz vaqtida oltin anodda AuCℓO22- zaryadsizlanib kislorod chiqa boshlaydi. Bu jarayon anodni passivlashishiga olib keladi. Natijada oltinni eritmaga o‘tishi qiyinlashadi, elektrod potensiali kislorodni va xlorni chiqish potensialiga yaqinlashib boradi (xlorni ajralib chiqish potensiali q 1,7 V ga teng). Shuning uchun anodda xlor va kislorod ajrala boshlaydi [15,16].
Agar AuCℓ3 xlorid kislota qo‘shsak, HAuCℓ4 kislotasi hosil bo‘ladi.
AuCℓ3қ HCℓ →HAuCℓ4 (1.5)
Bu bilan bir vaqtda, H2AuCℓ3OНСℓ bilan reaksiyaga kirishib,
H2AuCℓ3O қ HCℓ → HAuCℓ4қ H2O (1.6)
hosil qiladi. Kislota konsentratsiyasi qancha katta bo‘lsa bu reaksiya o‘ng tomonga qarab siljiydi.
AuCℓ3O2- ionlari miqdori kamaysa anodni passivlanishi kamayadi.
Anodni erish jarayoni uch omilga: tok zichligi, xlorid kislota konsentratsiyasiga va haroratga bog‘liq.
Eritmadagi oltin xlorid kislotasi quyidagicha dissotsiyalanadi:
HAuCℓ4 → Hқ қ AuCℓ4 – - (1.7)
Anodda oltinning erishi quyidagi ionlarni hosil qiladi.
Au қ HCℓ – 3e → AuCℓ4 (φ0Au/Au 3қ қ қ 1,50 B) (1.8)
Bundan tashqari oltin eritmadagi ionlar bilan AuCℓ2-:
Au қ 2Cℓ- - e →AuCℓ2 - (φ0Au/Au қ қ қ 1,68 B) (1.9)
AuCℓ2- ioni HAuCℓ2 kislota ioni bo‘lib, HAuCℓ4 га nisbatan beqaror. Bu kislotalar o‘rtasida muvozanat yuzaga keladi.
3HAuCℓ2 → HAuCℓ4қ 2Au қ 2HCℓ (1.10)
Bu reaksiyaning muvozanat konstantasi Cu2қ va Cuқ ionlarining muvozanat konstantasidan kichik, AuCℓ2- ionlari konsentratsiyasi eritmada ko‘proq. Katodda ham anodda ham Auq ioni bilan reaksiya yaxshi ketadi, elektrodda polyarizatsiya kuchsiz bo‘lsa reaksiya tezligi oshadi. Anodda erish kuchli lekin katodda cho‘kma oz tushadi.
Anodda oltin eriganda qo‘shimcha aralashmalar mis, qo‘rg‘oshin, nikel, platinalar ham eriydi va eritmaga o‘tadi, radiy, ruteniy, osmiy va iridiylar shlamga o‘tadi. Kumush o‘sha zahoti eritmadagi Sℓ- ionlari bilan cho‘kmaga tushadi va shlamga aylanadi, agar oltin tarkibida kumush 3-4% dan oshiq bo‘lsa, anodda qattiq plyonka hosil bo‘ladi. Bu anodni tuzli passivlanishiga olib keladi, erishiga teskari ta’sir qiladi. Shuning uchun AgCℓ cho‘kmasini tez-tez anoddan olib turish kerak. Ko‘pgina metallarga qaraganda oltin elektromusbat bo‘lgani bilan, katodda aralashmalar bo‘ladi. Oltin bilan birga platina va palladiy ham cho‘kmaga tushadi. Shuning uchun eritmada Pt 50-60 g/l va Pd 15 g/l oshmasligi kerak.
Elektrolit eng ko‘p cho‘kmaga tushadigan element misdir, misning konsentratsiyasi 100 g/l oshishi mumkin emas. Bulardan ham xavflisi qo‘rg‘oshindir, qo‘rg‘oshinni xavfini yo‘q qilish eritmaga sulfat kislota solinadi [22,23].
Oltinning elektrolizi 100-200 g/l oltin va 60-70 g/l НСℓ bo‘lgan eritmalarda olib boriladi. Agar eritmada qo‘shimchalarning miqdori ko‘payib ketsa elektrolit qaytadan tozalanadi. Eritmaning harorati 50-700С bo‘ladi. Yangi elektrolit elektrolizyorga 450С da qo‘yiladi, keyin maxsus isitgichlarda isitib turiladi.
Oltin elektroliz qilinadigan elektrolizyor 20-25 l hajmli to‘rtburchak idishda olib boriladi. Bu idish boshqa kattaroq ichiga kislotaga chidamli emallangan temir idish ichiga o‘rnatiladi. Tashqi idish termostat rolini o‘ynaydi. Unga suv solinib isitkichlar orqali isitiladi. Anodlar 3 yoki 4 qator qilib shtangaga mahkamlanadi (2 -rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |