Metanni konversiyalash katalizatorlari:
Кт=К0е-/RТ; Кт Т; 1/Е:
Bu yerda:Кт – tezlik doimiysi.
К0 – katalizatorning turi va o’lchamga bog’liq bo’lgan doimiy son.
Е – aktivlanish energiyasi. е – natural logorifm asosi. R – universal gaz doimiysi. Т - temperatura.
Yuqoridagi tenglamadan ko’rinib turibdiki, tezlik doimiysi temperaturaga to’g’ri, aktivlanish energiyasiga nisbatan esa teskari proporsionaldir. Ma’lumki, aktivlanish energiyasini pasaytirish uchun ijobiy katalizatorlar qo’llash kerak.
Katalizatorlar sifatida nikel ishlatiladi, chunki kobalt, temir, xrom, molibden va volframlar bu jarayon uchun katalizator sifatida kamroq aktivlikka egadir. Katalizatorning sifatini oshirish uchun uning asosi katta ahamiyatga ega, chunki u mexanik mustahkam va yuqori taraqqiy etgan yuzaga ega bo’lishi shart. Shunday xususiyatga glinozem, alyuminiy oksidi, shdmot, pereklaz, kizergurlar egadir. Nikel katalizatorining promoter(activator)lari sifatida Аl2О3, Сr2О3, ТiО2, МgО lar ishlatiladi.
Mamlakatimizdagi zavodlarda esa GIAP- 3 markali katalizatorlar ishlatiladi. Bunda 5% nikel (aktiv component), 94% -АI2О3(аsos), 1%-Аl2О3(promotor) border. Hozirgi vaqtda GIAP-3-6H, GIAP-16 markali nikelli yangi katalizatorlar ishlatiladi. Bu katalizatorlarda SiО2 О,5% dan oshmasligi shart, chunki u passiv nikel silikati hosil qilib qo’yishi mumkin. Bu katalizatorlar oltingugurt birikmalaridan saqlanishi kerak, ular NiS kabi modda hosil qiladi. Shuning uchun oltingugurt birikmalari vodorod ishtirokida Н2S ga o’tkaziladi va u GIAP-10 markali katalizatorda yutib qolinadi.
Metan konversiyasi kinetikasi
Metan konversiyasi kinetikasi hozirgi vaqtda elektr energiyasi sarfi bo’yicha eng kam sarf qilinadigan bug’li katalitik konversiyadir, ya’ni:
СН4+Н2О(bug’)=СО+3Н2-Q
Bu jarayonni tekshirish natijasida GIAO tomonidan quyidagi mexanizm isbotlangan:
С+Н2O(bug’)=СО+Н2
СН4=С+2Н2
СН4+Н2О(bug’)=СО+3Н2
Chunki bug’ yetishmagan hollarda Ni katalizatori ustida uglerod ajralishi kuzatilgan. Metanni bug’li konversiyasini oddiy va yuqori bosimda Xarkov politexnika institutida sobiq Ukraina SSR Fanlar Akademiyasi akademigi V.I.Antroshenko o’z shogirdlari bilan chuqurroq o’rganib, bu yerda oksidlanish- qaytarilish reaksiyasi asosidagi mexanizmni taklif etdilar:
Ni+Н2O(bug')=NiO+Н2
NiO+СН4=НNiO+СН3 (oraliq mahsulotlar)
НNiO+СН3= CО+2Н2+Ni
СН4+Н2O(bug’)= СО+3Н2
XULOSA
Sanoatdagi tabiiy gaz tarkibidan nordon gazlarni o’rganish o’z vohamizdagi ekologik muhitni yaxshilashga yordam beradi.
Sanoatda , gazkondensati va gazni qayta ishlash qurilmalari batafsil bayon etildi.
Fizik-kimyoviy usullar yordamida tabiiy gazlarni tahlil qilib chiqildi, keyingi vaqtlarda o’rta buloq gaz konidan chiqayotgan tabiiy gaz tarkibida H2S miqdori 0,8% dan 1,5% gacha oshganligi aniqlandi.
Tarkibida 1,5% nordon gaz ya’ni H2S bo’lganda DEA ning suvli eritmasini qo’llash maqsadga muvofiq deb topildi.
Tarkibida 3,5% GO2 gazi bo’lganda MDEA o’rniga DEA ning 35% suvli eritmasini qo’llash maqsadga muvofiq deb topildi.
DEA ning suvli eritmasi tabiiy gaz tarkibida CO2 miqdori ko’p bo’lganda qo’llanilishi aniqlandi.
DEA ga CO2 gazi MDEA ga nisbatan yaxshi yutilishi aniqlandi.
Ushbu ish ishlab chiqarishga tatbiq etilganda yiliga 150 mln so’m iqtisodiy samaradorlikka erishilishi kutiladi.
Ishlanma ishlab chiqarishga va o’quv amaliy ishlarda qo’llanilishi taklif etiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |