Umumiy xulosalar va tavsiyalar…………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………….
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi1. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida,jumladan, birinchi bosqich maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’nalishida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning samarali olib borilishini ta’minlash va chuqur tahlil qilish zarurati yuzaga kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” deb aytganlar.2 O’tgan davr mobaynida sog’lom va har tomonlama rivojlangan o’sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo’yicha kompleks tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o’quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasisslar bilan to’ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga talab juda katta bo’lib bormoqda. Shuning uchun ham nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ko’paytirish, oilaviy bog’chalar ochish, ularning boshqaruvdagi murakkab jarayonlar kelib chiqmoqda. Shuning uchun ham muhtaram yurtboshimiz bu borada bir nechta qarorlarni qabul qildilar. Zero bizning yurtimizda ham nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rivojiga hissa qo’shishi uchun xizmat qilmoqda. Bunga misol “ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada
. Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interfaol ta’lim olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va tex-nologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqa-ruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. oldingi davrlarda o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi.
O‘qitish uslubiyatining boshqa turlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishning ta’lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant rolida bo‘lib, barcha ta’lim berish vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqa-larida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ular demokratik tamoyillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi.
Lekin bu modellarning ishlatilishi va samarasi o‘quvchi-talabalarning bilim darajasiga, intilishlariga, ongining rivojlanish ko‘rsatkichlariga har do-im ham mos kelavermaydi. Masalan, auditoriyadagi talabalarning aksa-riyati bilim olishni istamaydigan va bunga intilmaydigan bo‘lsa, ammo o‘qituvchidan ularga qandaydir usullar bilan bo‘lsa ham qandaydir bilim berish talab qilinsa, u holda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har qanday model, usul yoki strategiya ham o‘z-o‘zidan ojizlik qilib qoladi. Bunday hollarda ta’lim berishning eng yangi modellaridan biri
kooperativ ta’lim berish modeli bo‘lib, unda talabalar va ta’lim beruvchi instruktor birgalikda ma’lum bir hayotiy masala yoki muammolarni hal qilish jara-yonida tegishli malakaga yoki bilimga ega bo‘ladilar. Ammo hozirgi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki maxsus jihozlangan xonalarda talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |