Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dasturning asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida o'quvchilarning uzoq vaqt davomida - chorak, yarim yillik, o'quv yili davomida bir necha mavzuiar bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalari tekshiriladi, baholanadi.
Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning o'z bilimlarini qoilashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko'nikmalarini tekshirish uchun mo'ljallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi.
Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan - dars muso-baqa, maslahat, bir-birini to'ldirish ma'ruzasi, fanlararo dars, o'yin kabilardan foydalaniladi.
Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzUishini asosi - bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa - ko'rsatilgan ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi.
Ifoda etilayotgan ma'lumotlaming yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi.
Zamonaviy ilmiy ma'lumotlaming aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari.
Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi.
Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarlicha bo'lishi.
Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvcMar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi.
Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlami keltirib chiqarish, xulosalami ifoda etish.
Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish.
Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'matish mahorati.
Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo'llash.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib та'г ига quyidagi turlarga ajratiladi:
Kirish ina'riizasi o'quv fani haqida birinchi yaxht tasawurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo'yicha ishlash tizimiga yo'naltiradi. Ma'razachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi. O'quv tan Ian va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o'rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar norrdari bo'yicha qisqacha ma'lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo'nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma'ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko'rsatib beriladi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o'quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakh va muddati belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |