1. Statistik to'plam - bu umumiy bog'liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obyekt yoki hodisalarning yig'indisidir. Masalan. korxonalar soni, aksiyadorlik jarni- vatlari soni, oilalar soni va h. k. To'plamlar bir jinsli (o'xshash, bir xil bo'lgan) va turli jinsli bo'lishi mumkin.
O'rganilayotgan obvektning belgilari to'plamning hamma birliklari uchun umumiy bo'lsa, to'plam bir jinsli deyiladi. Masalan. xususiy fir- malarni o'rganishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug'ulla- nuvchi va shug'ullanmaydigan korxonalarni ajratish kerak. Bu yerda ik- kiia yangi to'plam paydo bo‘ladi. Bu to'plamlarga kirgan har bir korxona to'plam birligi hisoblanadi.
To'plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli bo'lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtayi nazaridan davlat (yoki nodavlat) korxonalarida band bo'lgan ayol ishchilar to'plami bir iinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan, aniqrog'i, lug' i I ish masalasidan qarasak, bu to'plam bir hil emas. chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug'a olmaydi.
2. Belgi - bu to'plam birligining sifatiy xususiyatidir. O'rganilayotgan to'plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy. atributiv va alternativ belgilarga bo'linadi.
Miqdoriy ifodaga ega bodgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan. ish staji. mehnat haqi. kishi yoshi va h. k.
Miqdoriy ifodaga ega bodmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, professor, biznesmen. barmen, bankir va h. k.
Agarda belgida, mohiyati bo'yicha teskari variant mavjud bo'lsa, bun- day belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va qurmagan bo'lishi mumkin, do‘kondagi tovar iste’molga ya- roqli va yaroqsiz bo'lishi mumkin. Bunday belgilar bo‘yicha madumot to'planayotganda, odatda. savolga ha yoki yo'q debjavob beriladi.
Statistik o'rganishning farqli xususiyati, unda faqat o'zgaruvchan (tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o'rganiladi, ya'ni belgilar bir-biridan larqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, me- nejer ishini olaylik. Lining ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat o'ziga bog'liq omillar (uning madumoti, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va h. k.) ta'sir qiladi. Birinchi omil firmadagi Immma menejerlar uchun bir xil, ikkinchi omil esa, har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri bilan qo’shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasi har xil bo'lishiga olib keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda o'rganilayotgan belgining o'zgarishi turli davrlarga to'g'ri kelsa, (oy, yil) bunday o;zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |