Modernizatsiyalashda umumiy yondashuv.
Abonent kirish
tarmoqlarini modernizatsiyalashda ikkita qarama-qarshi yonda-
shuvni ajratish mumkin. Birinchisi foydalanilayotgan tarmoqni
rivojlanish oxirgi maqsadini aniq tasavvur qilmasdan, joriy
masalalarni yechish, modernizatsiyalash jarayonida yangi
texnologiyalarni joriy etish ortiqcha sarf-xarajat talab qilmaydi.
Ikkinchi yondashuv ancha murakkab bo‘lib, operator moder ni-
zatsiyalash natijasida, tarmoqning strukturaviy tuzilishi bo‘yicha
aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Yangi texnologiyalar paydo bo‘lgan
taqdirda, ularni joriy etish modernizatsiyalash rejasiga ta’sir etib,
ortiqcha sarf-xarajatni talab qilishi mumkin. Shunga qaramasdan,
ikkinchi yondashuvda operator texnologiyalar o‘zgarishlariga
maksimal darajada invariant tizimiy yechimlarga oriyentirlansa,
bu yondashuv ancha oqilona bo‘ladi. Ikkinchi yondashuv bo‘yicha
analog RATSli SHTTni modernizatsiyalash jarayonini (1.5-rasm)
ko‘rib chiqamiz.
Oxirgi
maqsad
RATS1
RATS1
RATS3
RATS3
A1
A2
K3
K4
K4
K3
MS
MS
MS
TATS
TATS
TATS
K2
K2
K2
RATS2
RATS1
1-faza
0-faza
3-faza
2-faza
1.5-rasm.
SHTTni modernizatsiyalashning asosiy fazalari.
13
Operator tarmoqning oxirgi strukturasini yaqqol tasav vur
qiladi, tarmoq rayonlashtirilmagan bo‘lishi kerak va moderni-
zatsiyalash bosqichma-bosqich olib boriladi. Tarmoq ning
dastlabki holati «0» fazada ko‘rsatilgan, bu fazada telefon-
lashtirilmagan A1 va A2 anklavlar ko‘rsatilgan.
1-fazada RATS-2 raqamli MS bilan almashtiriladi, A2
anklavni telefonlashtirish uchun K2 konsentrator qo‘yiladi,
bundan tashqari, MSga raqamli UATS ulanadi.
2-fazada RATS-3 konsentrator K3 bilan almashtiriladi, A1
anklavni telefonlashtirish uchun K4 konsentrator qo‘yiladi.
MSning xizmat ko‘rsatish chegarasi o‘zgaradi, RATS-1 ning
chegarasi punktir chiziq bilan aniqlanadi.
3-fazada RATS-1 konsentrator bilan almashtiriladi va kom-
mutatsiyalanadigan raqamli tarmoqning optimal strukturasini
qurish yakunlanadi.
Modernizatsiyalash natijasida abonent kirish tarmoqlarining
ayrim strukturaviy xarakteristikalari o‘zgaradi, masalan, stansiya
xizmat ko‘rsatish hududi kengayadi, abonent kirish tarmoqlarining
chiqarilma modullari (konsentratorlar, multipleksorlar, UATS)
keng qo‘llaniladi, shuningdek, shahar qurilishi o‘zgaradi.
Analog SHTTning tipik hisoblangan abonent tarmog‘ining
strukturasi 1.6-rasmda keltirilgan. Abonent komplekti (AK) va
telefon apparati (TA) orasida bog‘lanish, boshqacha aytganda,
abonent liniyasi (AL), stansion, magistral, taqsimlash uchastkalari
va abonent simi orqali amalga oshiriladi. Bu uchastkalarning
uzunliklari turlicha bo‘lishi mumkin.
Abonent liniyasining hamma uchastkalarining, stansion
uchastkasini istisno qilganda, uzunliklari istiqbolli abonent kirish
tarmoqlarini rejalashtirishda amaliy qiziqish uyg‘otadi.
Abonent liniyasini boshqacha talqin etish mumkin:
– oxirgi milya (krossdan uygacha masofa);
– oxirgi yard (uy chegarasidagi ajratish);
– oxirgi fut (xonadondagi ajratish).
14
TSH
TK
TK
TA
TA
AK
Kross
Stansion
uchastka
Taqsimlash
uchastkasi
Magistral uchastka
Bevosita ta’minot
zonasi
1.6-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |