I bob. Qurilish jarayonlarini texnologik loyihalash



Download 207,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana11.03.2022
Hajmi207,62 Kb.
#490762
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu



I
 
BOB. QURILISH JARAYONLARINI TEXNOLOGIK LOYIHALASH
1.1.
 
Umumiy qoidalar 
Texnologik loyihalashning vazifasi, qurilish jarayonlarini, ishlarni, 
umuman bino va inshootlarni barpo etishda texnologik yechimlarini va yetarli 
tashkiliy sharoitlarini aniqlashga qaratilgandir. Ishlarni loyihalashning maqsadi, 
qurilayotgan ob’yektning sifatini ta’minlagan holda mo‘ljallangan muddatda 
bajarilishini ta’minlovchi ishlarni bajarish texnologiyasini va tashkil etishini 
tanlashdir. Bunda namunaviy loyihalar bazasidan foydalanish, bino karkasini 
barpo etishda va barcha pardoz ishlari siklini bajarganda industrlashtirish 
usullarini qo‘llash, majmuaviy mexanizatsiyalashtirish va ilg‘or elektr, qo‘l 
asboblaridan foydalanish hisobiga to‘g‘ri yechimga erishish mumkin. 
Har bir bino va inshootni barpo etish, amaldagi normativlar asosida 
oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qurilishni tashkil etish va ishlarni 
bajarish loyihasi asosida bajarilishi kerak. Texnologik loyihalash, ob’yekt qurilishi 
uchun ishlab chiqiladigan loyiha hujjatlarining bir qismidir. Jarayonlarni 
texnologik loyihalashni bajarilishi loyiha yaratilishining hamma bosqichlarida 
nazarga olingan bo‘lishi kerak: texnik -iqtisodiy asoslash (loyiha bosqichida), 
ishchi hujjatlar va ishlarni bajarish. 
Qurilishni texnologik loyihalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL); 

ishlarni bajarish loyihasi (IBL); 

murakkab qurilish jarayonlari uchun texnologik xaritalar; 

mehnat jarayonlarining xaritalari; 

operatsiyalarni bajarishning texnologik sxemalari. 
Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) 
inshoot loyihasining yoki 
texno-ishchi loyihasining asosiy tarkibiy qismidir. Ikki bosqichli loyihalashda 
ketma-ket, ya’ni “loyiha” va “ishchi hujjatlar” bosqichi bajariladi; ayrim alohida 
barpo etiladigan ob’yektlar uchun loyihalash “texno-ishchiloyiha” sifatida bir 
bosqichda ishlab chiqilishi mumkin. QTEL ob’yekt qurilishi davomiyligini, uning 


2
tannarxi, material va kerakli uskunalarga bo‘lgan talablarini aniqlaydi. 
QTELni bosh loyiha tashkiloti yoki uning buyurtmasi asosida loyihaning 
qurilish qismini loyihalovchi tashkilot bajaradi. Yirik va murakab yangi 
konstruksiyali ob’yektlar uchun QTELning ayrim bo‘limlarini ixtisoslashgan 
tashkilotlar ishlab chiqishi mumkin. QTEL ob’yektdagi barcha inshootlar 
majmuasini qamrashi va majmua qurilishining to‘liq davriga mos ravishda ishlab 
chiqilishi kerak. Agar yirik ob’yektni barpo etilishi qismlar yoki navbat bilan 
amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda QTEL butun ob’yekt uchun yoki 
majmuani ayrim navbatlari uchun mustaqil yanada aniqroq holda ishlab chiqilishi 
nazarda tutiladi. 

Download 207,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish