1.5.
Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishga IBL tarkibi va mazmuni
Ko‘p hollarda ishlarni bajarish loyihasi bajarilishi juda murakkab bo‘lgan
montaj,
pardozlash
yoki
maxsus
ishlarga
ishlab
chiqiladi.
Yig‘ma
konstruksiyalarni montaj qilish IBLning tarkibiga quyidagilar kiradi:
•
ob’yekt bo‘yicha ishlarni bajarish kalendar grafigi (smenali, soatli),
ishchi kadrlar va mexanizmlarga bo‘lgan talab grafigi bilan birgalikda.
•
ushbu
ish turiga qurilish bosh plani, kerakli kranlarni joylashtirilishi,
ularning harakat yo‘llari, omborlar xo‘jaligini tashkil etish va maydon ichidagi
ruxsat etilgan harakat zonalari;
•
ishlarni bajarish usullari va sxemalari, kerak bo‘lgan
paytda ishlarni
bajarish texnologik xaritasi albatta bajariladigan va nazorat qilinadigan geodezik
ishlar;
•
ishlarni bajarish loyihasi bo‘yicha texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
•
IBLda qabul qilingan yechimlarga ko‘ra kerakli izohlar va asoslar bilan
tushuntirish xati.
Bino karkasi montajining ishlarini bajarish loyihasi asosiy qoidalarni
aniqlashdan boshlanadi (ishlarning umumiy konsepsiyasi), u o‘z ichiga montaj
usullari, kerakli montaj uskunalari va ishlarni bajarish muddatini oladi.
Ishlarni bajarishning bu asosiy qoidalari loyihaning buyurtmachisi
(qurilish yoki montaj tashkiloti) bilan kelishiladi. Bu
kelishuvlar tavsiya etilgan
loyihadagi konstruksiyalarni ishchi chizmalariga asoslangan bo‘lishi kerak, IBLda
ularni o‘ziga xosligi va montaj qilish texnologiyasi taklif etilishi lozim. Asosiy
qoidalar montaj ishlarini har bir taklif etiladigan variantlariga ishlab chiqiladi.
Ishlarni bajarish usullarining variantlari nafaqat qo‘llaniladigan montaj
mexanizmlari, shuningdek, montaj ishlarining texnologiyasi
bilan farqlanishi
kerak. Ma’qul variantni tanlash texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish bilan
amalga oshiriladi: har biri uchun mexanizatsiyalashtirish variantini o‘ziga xosligi
va qiymati, mehnat sarfi va ishlarni bajarish muddati.
10
Asosiy qoidalar tarkibida tushuntirish xati ish hajmlari bilan, har bir
variant uchun qurilish bosh plani fragmenti (qismi), ishlarni bajarish sxemalari va
yiriklashtirilgan grafik va texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak. Ishlarni
bajarish loyihasini tayyorlashni boshlash uchun,
tavsiya etilgan montaj
variantlardan birini pudratchi, montaj tashkilotining rahbari yoki bosh pudratchi
(qurilishni olib boruvchi qurilish tashkiloti) tasdiqlagandan so‘ng kirishiladi
Ishlarni bajarish loyihasida konstruksiyalar montajini ketma-ketligi,
elementlarni aniq o‘rnatilishi va konstruksiyalarni fazoviy o‘zgarmasligi, bino
qismlarini barpo etish jarayonlarida turg‘unligi, konstruksiyalarni yiriklashtirish
darajasi va albatta ishlar bajarilishida xavfsizlikni ta’minlovchi tadbirlar
o‘rnatiladi.
Murakkab qurilish jarayonlariga yoki oddiy qurilish ishlariga tuziladigan
IBL tarkibidagi asosiy hujjat texnologik xarita bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi
bo‘limlarni oladi:
1.
Qo‘llanilish sohasi, qurilish jarayonining tarkibi va maqsadi;
2.
Moddiy-texnik resurslar va asosiy
mexanizmlarni tanlash -
loyihalanayotgan ishlar hajmiga material, yarimfabrikatlar va konstruksiyalarga,
mexanizm, asbob, uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj ma’lumotlari;
3.
Mehnat
sarfi
va
mashina
vaqti sarfi
kalkulyatsiyasi-ushbu
operatsiyalarni va ish hajmlarini bajarish uchun ketgan mehnat sarfining ro‘yxati;
4. Ishlarni bajarish grafigi soat yoki smenada - jaryonlarni vaqt bo‘yicha
bog‘liqligi, ketma-ketligi va ularni bajarishning umumiy davomiyligi;
5.
Kompleks jarayonni texnologiyasi va uni tashkil
etish - bajariladigan
operatsiyalarning ro‘yxati va texnologik ketma-ketligi. Bu bo‘limda montaj
asboblarining va takelaj uskunalarining ishchi chizmalari; karkasning asosiy
konstruktiv elementlarini ildirish (stroplash)
sxemalari; montaj so‘rilarini ,
to‘siqlarini (devor), o‘tish joylarini va narvonlarni joylashtirish o‘rinlari berilishi
kerak;
6.
Sifatga bo‘lgan talablar. Operatsiyalar bo‘yicha nazorat. Ishni qabul
11
qilish - nazorat uchun qo‘llaniladigan pribor va asbob-uskunalar, bajariladigan
montaj ishlarini va montaj birikmalarini sifatini operatsion
nazoratini amalga
oshiruvchi majburiy tadbirlar, ayrim jarayonlarni sifatini baholash;
7.
Xavfsizlik texnikasi - qurilish jarayonlarini xavfsizligi va montaj
mexanizmlarini xavfsiz ishlashini tashkil etishni ta’minlovchi chora- tadbirlar;
8.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar - ish birligiga sarf bo‘lgan mehnat sarfi,
texnologik xarita bo‘yicha ishni bajarish muddati.