Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini xalqaro miqyosda qabul qilingan andozalar darajasida bo’lishini taqozo qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifasidan biri hisoblanadi. Bundan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari harakati jarayonlarini takomillashtirish masalasi ustida izlanishlar olib borilish lozim. Chunki republikamizda bu jarayonlarda ayrim muammolar mavjud.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi shartnomaviy munosabatlar asoslarda mehnat vositalari va kreditlarini xarid qilish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni sotish-sotib olish bitimlar tuzilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida kengayib bormoqda. Bundan tashqari, byudjet, banklar, sug’urta organlari, turli jamoat tashkilotlari, xayriya fondlari, bevosita xodimlar va hokazolar bilan to’lov muomalalari amalga oshirilmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolarning g’oyatda keng va xilma-xil doirasi bilan amaliy aloqalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining muntazam va ob’ektiv jihatdan muqarrar shartiga aylanmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi har xil to’lovlar va o’zaro hisob-kitoblar natijasida pul qarzi tusini olgan mulkiy majburiyat ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Barcha mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’lari, xoh u xususiy bo’lsin, xoh qarzga olingan bo’lsin, kassadan o’tuvchi pul qoldiqlari va aylanishdan foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank xo’jalik yurituvchi sub’ektning schyotlardan pulni o’tkazish va berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa muomalalarni o’tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitoblar ushbu ikki shaklda: naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan va naqd pulli to’lovlar tarzida amalga oshirilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisob-kitob schyotini ochish uchun bankka ariza, notarius tomonidan tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va ustavini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar asosida bank vaqtinchalik hisob-kitob schyotini ochadi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapital badallari summasini qabul qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tuman xokimligida, adliya boshqarmalarida, auditorlik firmalari va xorijiy kompaniyalar Adliya vazirligi va soliq inspektsiyasida ro’yxatga olinganidan so’ng bankka ma’lumotnoma taqdim qiladi so’ng xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari hamda bosh buxgalterning notarius tasdiqlagan imzolari namunalari bo’lgan varaqa doimiy hisob-
kitob schyotini ochish uchun taqdim etiladi. Bank muassasasi bosh buxgalteri xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavining asl nusxasida hisob raqamini ko’rsatgan holda schyot ochilgani to’g’risida belgi qo’yadi va ushbu faktni gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining hisob-kitob schyotida bo’lgan barcha mablag’larini unga amaldagi qoidalariga muvofiq berilgan huquqlar doirasida erkin tasarruf etadi. (“O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalari” O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1995 yil 19 avgustdagi majlisida 22-son bayonnoma bilan tasdiqlangan.)
Barcha hujjatlar taqdim etilgandan so’ng bank xizmat ko’rsatishi haqida shartnoma imzolanadi va bank rahbari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektga ma’lum bir hisob-kitob schyoti nomeri beriladi hamda bank buxgalteriya apparati xodimi tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari harakati hisobini olib borish uchun joriy schyot ochiladi.
Hisob-kitob varag’idan to’lovlar mol etkazib beruvchilardan olingan TMZ va asosiy vositalar, byudjet va sug’urtaga bo’lgan qarzlarini to’lash uchun, ish haqi berish uchun kassadan naqd pul mablag’lari olinadi va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Har bir to’lov xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan, ya’ni hisob-kitob varag’i egasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, lekin quyidagi hollarda bank xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob- kitob schyotidan mablag’larni boshqa tashkilotlardan majburiy asosda echib oladi: moliya organlarining buyruqlari asosida, agar soliqlarning to’lash muddati o’tib ketgan bo’lsa; kreditdan foydalanganlik uchun foiz; bank xizmati uchun va hokazo.
Naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda tomonlarning mas’uliyati har bir ishtirokchi uchun belgilanadi. Masalan, mol etkazib beruvchi uchun bu – shartnomaga va yuklab jo’natilgan mahsulotga muvofiq amalga oshirilgan pul ekvivalentini o’z vaqtida olish, xaridor uchun – mol etkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi.
Shu bilan birga banklar ham mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mijozlar oldida qabul qilgan majburiyatlar bajarilmagani uchun shartnoma asosida moddiy javobgar bo’ladi; ularning vazifalari – to’lov muomalalarini o’tkazishning belgilangan qoidalariga qat’iy rioya etilishini amalda ta’minlash, xizmat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarning ishlab chiqish va to’lov muomalalarini tartibini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritishdir.
Bank orqali naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan to’lovlar shakli yordamida nafaqat mol etkazib beruvchilar bilan ulardan sotib olingan moddiy boyliklar uchun yoki xaridorlar bilan ular sotgan mahsulotlar, bajargan ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar, balki shuningdek byudjet bilan soliqlar bo’yicha, turli xil debitor va kreditorlar, bosh (asosiy) kompaniya yoki birlashma bilan (ichki doiraviy, ichki xo’jalik hisob-kitoblar), kasaba uyushma tashkiloti bilan hisob-kitoblar hamda bir qancha boshqa to’lovlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |