Xamirni qanday qorish kerak
Xamir mazali va chiroyli chiqishini istasangiz, unda uni daqiqa davomida yaxshilab qorishingiz kerak. So’ng, ko’tarilishi uchun iliq joyga qo’yib, ikki hissaga ko’tarilganidan so’ng esa, qo’lda biroz mushtlash kerak. Shunda undagi havo pufakchalari chiqib, pishirig’ingiz silliq va chiroyli chiqadi. Mushtlagandan so’ng, yana 15-20 daqiqa davomida tindirib qo’yish kerak.
Xamirni sovutgichda saqlash mumkinmi?
Agar xamiringiz oshib qolsa, yoki keyinroq pishirishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda xamirni sovutgichga olib qo’ying. XAmir sovutgichda achib qolmasligi uchun esa quyidagilarga amal qiling:
xamirni yana bir bor mushtlab, so’ng aylana shakl berish kerak
xamirni yelim qog’ozga solib qo’yish kerak
sovutgichda bir kecha-kunduzdan ko’p saqlamang
So’ng xamirni olib, yana bir marotaba mushtlang va ko’tarilishi uchun yana iliq joyga olib qo’ying.
Xamirni muzlatgichda to’g’ri saqlash
Xamir qorilgandan so’ng, uni tekislab, yelim qog’ozga soling va muzlatgichga solib qo’ying. Bu yerda u 3 oygacha saqlanadi.
Xamirni olinadi va xona haroratida eritiladi. So’ng olib iliq joyga ko’tarilishi uchun qo’yiladi.
2.2. Oshirma xamirdan turli xil pishiriqlar tayyorlash jarayoni
OSHIRMA XAMIRDAN RASTEGAY
TAYYORLASH USULI
1 stakan (250 ml) iliq sutga 1 choyqoshiq quruq achitqi hamda 1 choyqoshiq shakar solinadi. (Sut iliq bo‘lishi lozim, agar sut juda issiq bo‘lsa, achitqi so‘nib qoladi va xamir ishmaydi.)
20 daqiqadan so‘ng sut ustida ko‘piklar paydo bo‘lishni boshlaydi. Shunda ustidan yana bir stakan sut yoki suv solinadi.
Keyin ketidan 2 dona tuxum, 2 oshqoshiq shakar, bir chimdim tuz qo‘shilib, aralashtiriladi. Aralashmaga 5 stakan (hajmi 200 ml li) un soliniib, xamir qoriladi.
Xamir o‘ta yumshoq va qo‘lga yopishuvchan bo‘lishi lozim.
Endi 100 g sariyog‘ eritiladi va xamirga quyiladi va xamir stolga ag‘darilib, taxminan 10 daqiqa qo‘lda uriladi. Xamirning suyuqligi qolmaydi va yumshoq, qo‘lga yopishmaydigan bo‘ladi. Tayyor xamir shamol tegmaydigan iliq joyga bir soatga olib qo‘yiladi.
* Xamir yaxshi ko‘tarilishi uchun lampa yoqib, ostiga xamir solingan tovani qo‘yib qo‘yish mumkin.
Tayyor xamirdan pirojki, bulochka va boshqa narsalar pishirish mumkin.
Agar siz bulochka yoki rastegay pishirmoqchi bo‘lsangiz, xamirni teng bo‘laklarga kesib, zavalachalar hosil qiling.
Ustini plyonka bilan o‘rab
15 daqiqaga qoldiring. Bu vaqt ichida xamir yana ko‘tariladi.
Shunda zuvalachalarni qo‘lda yoki
juvada yoyib, ichini istagan qiyma
yoki qaylangiz bilan to‘lidirishngiz mumkin.
Odatda, oshirma xamir 200 daraja haroratli gaz pechida 30 daqiqa davomida pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |