I bob. Paleolit davri va fergantrop odami muammosi


II BOB. O'ZBEKISTON HUDUDIDA TOPILGAN IBTIDOIY AJDODLARIMIZ YASHAGAN MANZILGOHLAR. SELUNG'UR G'OR MAKONI HAQIDA



Download 123,3 Kb.
bet4/6
Sana09.06.2022
Hajmi123,3 Kb.
#646362
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Selung\'ur g\'orining ilmiy o\'rganilishi

II BOB. O'ZBEKISTON HUDUDIDA TOPILGAN IBTIDOIY AJDODLARIMIZ YASHAGAN MANZILGOHLAR. SELUNG'UR G'OR MAKONI HAQIDA
2.1 O’zbekiston hududida topilgan va o’rganilgan ibtidoiy ajdodlarimiz yashagan manzilgohlar
O’zbekiston xududida ilk paleolit davriga oid, asosan ashel` bosqichiga oid makonlar XX asrning ikkinchi yarmida ko’plab topildi va bu davrning ko’plab noma’lum tomonlarini ochishga imkoniyati vujudga keldi. Toshkent viloyatida Bolttag’or, Ko’lbuloq, Qizilmolma, Toshsoy, Buxoro viloyatida Uchtut, Farg’ona vodiysida Selungur, CHashma va So’x makonlar topib o’rganilgan. Farg’ona vodiysida topilgan CHashma va So’x makonlari O’rta Osiyo xududida topilgan eng qadimiy makonlar deb topildi. Seleng’ur g’orida sinantrop turiga mansub odam suyaklari topilib, jahonda katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Selungur makoni. O’zbekiston hududida ashel` bosqichiga oid eng mashhur makon—Selungur g’ori hisoblanadi, chunki shu yerdan ilk ajdodlarimiz nishonasi—odam suyaklari qoldiqlari topildi. Selungur g’ori Farg’ona shahridan janubiy—g’arbda Haydarkonning g’arbiy chekkasida joylashgan. Selengur g’ori 1958 yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. U bu makonning qaysi davrga oid ekanligini aniqlash maqsadida g’orning o’ng tomoninga tekshiruv shurfini solgan. Natijada dastlab u yerdan bir necha uchrindilar topib uni so’nggi paleolit davriga oid deb va uning sanasini 40—30 yilliklar bilan belgilagan. U yerda 1960 yillarda Ya.G’.G’ulomov boshchiligida Farg’ona paleolit otryadi Xaydarkon atrofida tadqiqot ishlari olib bordi. 1980 yilda arxeolog O’.Islomov boshchiligidagi O’zR FAga qarashli Arxeologiya institutining paleolit otryadi Selungur makonni qayta tekshirib, g’orning g’arbiy tomonida tekshiruv shurfini soldi. U yerda tadqiqot ishlari 1988 yillargacha davom etdi. Tadqiqotlar davomida o’rtacha qalinlikda 20-40 sm dan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi. Ular o’rta qalinlikdagi 60-70 sm dan iborat tabiiy qatlamdan bilan ajratilgan. Bu yerda ajdodlarimiz o’z makonlarini 5 marotaba uzoq vaqt mobaynida tark etib yashaganlar. Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari: qo’l cho’qmori, to’mtoq boltalar, pichoqsimon qurollar, ko’plab tishli qurollar, qush tumshug’iga o’xshash qurollar qazib olingan. Beshinchi qatlamdan ashel` davriga mansub qo’l cho’qmori topildi. U ajdodlarimiz ishlatgan ilk quroldir. Makonning eng muxim topilmalari bo’lgan odam suyaklari 3 va 2 qatlamdan topilgan. U yerdan odamning yelka suyagining bir bo’lagi, bosh suyagi engak qismining bir bo’lagi, 14 ta tish topilgan. Antropologlar ularni tadqiq qilib, ashel` davrida yashagan arxantroplar deb topdilar. O’rta paleolit davri yodgorligi O’zbekistonda dastlab 1938 yilda Teshiktoshda topilgan. Hozirgi kunda esa O’rta Osiyo hududi bo’yicha ularning soni 300 dan ortgan. Ulardan 50 dan ortik makon keng o’rganilgan. Lekin hozirgacha Teshiktosh makoni o’zining qadimiyligi va arxeologik materiallarga boyligi bilan hamon ajralib turadi. O’zbekistonda keyingi davrlarda must`e davriga oid ko’plab makonlar topib tadqiq qilingan. Faqatgina Toshkent voxasining o’zidan 30dan ortiq yodgorlik topilgan. Zarafshon voxasi va Qizilqum xududlaridan xam ko’plab topib tadqiq qilingan. Boysun tog’i mintaqasidan Teshiktosh g’or–makoni, Amir Temur g’ori, Toshkent vohasidan Obiraxmat, Xo’jakent, Bo’zsuv, Ko’lbuloq g’or makonlari, Farg’ona vodiysidan Jarqo’ton, Bo’ribuloq, Tomchisuv manzilgohlari, Zarafshon voxasidan Omonqo’ton, Go’rdara, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Takalisoy g’or makonlari, shuningdek Uchtut–Vaush–Ijond va Qopchig’oy ustaxonalaridir9. Teshiktosh g’or–makoni Teshiktosh g’or makoni nafaqat O’zbekiston, balki butun O’rta Osiyoda must`e davrining eng nodir namunasi hisoblanadi. U Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Boysun tog’ining janubiy yon bag’ridagi Turgandaryoning Zavtalashgan darasida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. G’or shimoliy-sharqqa qaragan bo’lib, kengligi old qismida 20 m, chuqurligi 21 m, balandligi 9 m. bo’lgan. G’or 1938–1939 yillarda A.P.Okladnikov tomonidan tekshirilgan va tadqiqotlari natijasini 1939–1949 yillarda nashr qildirgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida g’orda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan toshdan yasalgan mehnat qurollaridan 339 tasi, 2520 ta singan, uchrindi tosh qurollar, 101 ta turli shakldagi nukleuslar topilgan. Teshiktosh materiallari must`e davri madaniyatining rivojlanishini aniqlash imkoniyatini berdi. G’or–makon rivojlangan must`e davriga oid bo’lib (Levallua–must`e) uning so’nggi paleolit davriga o’tish evolyutsiyasini kuzatish mumkin. Obirahmat g’or makoni Toshkent shahridan 100 km shimoli—sharqda, G’ariy Tyan`—SHanning CHotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilida joylashgan. G’or yoysimon shaklda bo’lib, eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va yorug’. G’or–makon 1966–1972 yillarda R.X.Sulaymonov tomonidan o’rganilgan. U must`ening rivojlangan va so’nggi bosqichlariga oid. Unda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan 30 mingdan ortiq ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan turli mehnat qurollari– nukleuslar, paraqalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar, pichoqlar va kurrakchalar topilgan. Ular o’ziga xos prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika asosida ishlangan. G’ordan hayvon suyagidan ishlangan bigizlar ham topilgan. SHuningdek, gulxan izlari, kul, ko’mir, bug’u, tog’ echkisi, to’ng’iz, jayron, g’or sheri, arxar va boshqa hayvonlarning suyaklari ham topilgan. Bu yerda odamlar 120—40 ming yil muqaddam istiqomat qilganligi aniqlangan. Ular ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. Keyingi yillarda Obirahmatni arxaik jihatdan o’rganish ishi qayta tiklandi. Uning yuqori qatlamlari tosh qurollari ichida yuqori paleolit davri materiallari mavjudligi aniqlandi. Arxeologlar Obirahmat yodgorligining yuqori qatlamlarini 46—50 ming yilliklar bog’lab uni ilk yuqori paleolit yodgorliklari sirasiga kiritmoqdalar. Demak, ibtdoiy odamlar g’orda uzoq davr iste’qomat qilishgan. O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan. “Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Sharqshunoslar orasida “Avesto” ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: ularninig ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko’hna madhiyalar, miflar va mifologik borazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba’zi matn va madhiyalaryakkahudolik e’tiqodi paydo bo’la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan yaratilib, keyinchalik “Avesto”ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita Zardushtning Sablon tog’ida kechgan hayoti bilan bog’laydilar va bunda Hotlar asosan payg’ambar she’rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Harxolda “Avesto”da ajdodlarimizning eng qadimiy she’rlari, musiqa, badiiy tafakkur mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq. “Avesto” Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib, to’planib bo’lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho’kiz terisidan tayyorlangan qog’ozga oltin suvi bilan ko’chirilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Avesto” 21 nask (kitob) dan iborat bo’lgan. Bu haqda “Tarixi Balamiy”da ham aniq ma’lumot mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, “Avesto” ning “dijnabisht”-arxivd, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nus’hasini tarjima qildirib olib, o’zini yoqtirib yuboradi.Gushtasp xazinasidagi “Avesto” nusxasining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga “Aveston” ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorliada obidani asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan yetti mu’bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar.Ular Turonzaminda “avesto”ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar. Natijada “Gohlar” hamda “Vendidod”ning eng mukammal nusg’alarini xorazmlik uchta mu’bad og’zidan yozib olishadi. Sarchashmalarning guvohlik berishicha, zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki hokim farmonlari. Markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo’shni davlatlarga yo’llagan maktublarining nus’halari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan “dijnabisht” (arxivlar) mavjud bo’lgan. Samarqand dijnabishtida “Avesto”ning nodir nus’halaridan biri saqlangan10. Shundan so’ng Shopur ikki davrida mu’badlarning mu’badi Ozorpod Mehrospondon “Avesto”ning parokanda qismlarini to’playdi., unga ko’p nom, tushunchalarni keng sharhlovchi “Zend Avesto” kitobini yaratadi. Arablar istilosi davrida o’z e’tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o’rganadigan Koma ilmiy markazi ham mavjud. Ana shu ma’naviyat o’chog’ida Ardasher davrida ko’chirilgan “avesto” nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo’lyozmasi Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ham mavjud. Bundan tashqari “Avesto” XIX asrning o’rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz “Avesto”ning ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu xol Xorazmda o’ziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi. O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi. O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi. Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar. Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.

Download 123,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish